Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan 
iborat: 

 
o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; 

 
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; 

 
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: 

 
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, 
tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli 
degan ishonch bo‘lishi kerak; 

 
shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar 
yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak; 

 
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa 
kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik; 

 
pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga 
imkoniyat yaratish va ko‘maklashish. 
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot 
jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan 
holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. Shaxsga 
yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
O‘quvchi noma’lum echimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi 
yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi sub’ekt-
ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi. SHuning 
uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo‘naltirilgan 
texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. 
130
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 485,486. 


186 
 
Inson faolligida anglanilgan maqsad mavjudligi to’g’risida mulohaza yuritish 
uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga murojaat qilishga to’g’ri keladi. 
Faoliyatning motivlari, ro’yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni qayta 
ishlash anglanilgan yoki anglanilmagan, ba’zan anglanilganlik noto’kis, hatto u 
noto’g’ri bo’lishi mumkin. Jumladan, maktabgacha yoshdagi bola o’yin faoliyatiga 
nisbatan ehtiyojini goho anglaydi, xolos; boshlang’ich sinf o’quvchisi o’quv 
motivlarini hamisha ham anglash qurbiga ega bo’lmaydi; o’smir ham xulq 
motivlarini noto’kis va noto’g’ri anglashi mumkin; hatto voyaga etgan odam ba’zan 
xulq motivini noo’rin xaspo’shlashga intiladi.
Bundan tashqari, hatto faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirish, uni ro’yobga 
chiqarish uchun qaror qabul qilish, mahsulini taxminlash, xulosa chiqarish ham 
anglanilganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ro’yobga chiqaruvchi 
harakatning aksariyati ong tomonidan boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish, 
kuy chalish, kitob o’qish, telefon qilish odatiy hodisadir. Shuni ta’kidlab o’tish 
lozimki, faoliyatning jabhalarini ongda aks darajasi va mukammalligi uning 
anglanilganligi ko’rsatkichi mezoni hisoblanadi.
Lekin faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko’lamli bo’lishiga 
qaramasdan, maqsadni ko’zlash (anglash) uning ustuvor belgisi vazifasini bajaradi. 
Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok etmasa, unda u ixtiyorsiz (impulsiv) xatti-
harakatga aylanib qoladi va bunday holat ko’pincha hissiyot bilan boshqariladi. Jahl, 
g’azab (affekt), kuchli ehtiros holatlari yuz bergan odam ixtiyorsiz harakat qiladi.
Biroq xatti-harakat ixtiyorsizligi uning anglanilmaganligini bildirmaydi, 
aksincha bunda inson motivining shaxsiy jabhasi anglanilgan bo’ladi, uning ijtimoiy 
mazmuni esa qamrab olinmaydi. Voqelikka nisbatan munosabatning muhim shakli 
sifatidagi faoliyat inson bilan uni qurshab turgan olam orasida bevosita aloqa 
o’rnatadi. Tabiatga, narsalarga o’zga odamlar ta’sir ko’rsatishi ham faoliyatning 
qudrati bilan ro’yobga chiqadi. Inson faoliyatda narsalarga nisbatan subyekt sifatida, 
shaxslararo munosabatda esa shaxs tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini 
yuzaga chiqarishga musharraf bo’ladi. Buning natijasida ikkiyoqlama bog’lanish 
uzluksiz harakatga kirishishi, to’g’ri va teskari aloqa o’rnatishi tufayli inson 
narsalarning, odamlarning, tabiat va jamiyatning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida 
ma’lumot to’playdi. Har xil xususiyatli o’zaro munosabatlar negizida faoliyat 
subyekti uchun narsalar subyektlar sifatida, odamlar esa shaxs timsolida aks eta 
boshlaydi. 
Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga 
mo’ljallangan, nisbatan tugallangan qismi, tarkibi harakat haqida yuqorida to’xtalib 
otganmiz. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati, holati, fazoviy 
joylashuvini o’zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami bilan, balki 
muayyan sa’y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik yasamoqchi bo’lsa, 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish