Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

Kasbiy ustanovka
- shaxsning tanlagan kasbiga yoki muayyan hunarga ichki 
ruhiy tayyorligi bo‘lib, u bu kasbni nafaqat biladi, balki uni yoqtiradi, hayotda shu 
yo‘ldan borishga, uning qiyinchiliklarini qabul qilib, amalda bajarishga hozir bo‘ladi.
Lekin amalda har doim ham kasbiy ustanovka o‘zgarmas va doimiy 
bo‘lmasligi mumkin. Buning ham ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bo‘ladi. 
Masalan, bir kasb hunar o‘rniga yangi zamonaviy hunar turlari paydo bo‘lishi 
mumkin. Yoki biror kasbni tanlagan shaxs ma’lum vaqt o‘tgach undan boshqa bir 
132
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm.
pp
: 487. 


190 
kasbni yoqtirib qolishi yoki o‘zini shu jabhada ko‘rsata olmasligi mumkin. Shunday 
sharoitlarda shaxsning kasbiy motivatsiyasida o‘zgarishlar ro‘y beradi. U muayyan 
vaqt ishsiz ham qolishi mumkin.
Demak, u yangi kasb turini egallashga qaror qiladi.
Shaxsni qayta kasbga yo‘llash psixologiyada reorientatsiya deb ataladi. 
79-rasm 
Reorientatsiyaning psixologik jihatdan shaxsdan katta jur’atni talab qilgani 
bois ushbu jarayonda referent guruhning aniqligi va munosabatlarning aniq tiniqligi 
katta rol o‘ynaydi va reorientatsiyaning samarasini belgilaydi. Qayta hunarga 
o‘rganish yoki kasbni o‘zgartirish jarayonida shaxsning xarakterologik 
xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Masalan, u ilgari o‘qituvchilik qilgan 
bo‘lsa, endi idora yoki ofisda menejer yoki ish yurituvchi sifatida ishlashi uning 
xarakter xislatlaridagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Yoki rahbar lavozimida 
ishlagan odamning muayyan muddatdan keyin, oddiy xodim bo‘lib ishlashida ham 
jiddiy psixologik qiyinchiliklar bo‘ladi. SHu bois ham inson avvalo tanlagan 
yo‘nalishining fidoiysi sifatida o‘z ustida hamisha ishlab, takomillashish dasturlariga 
ega bo‘lishi yoki reorientatsiyada o‘zini-o‘zi tarbiyalash va takomillashtirishga 
oldindan psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak.
Xo’ja Samandar Termiziy yozganidek: “Azizim! Har kim biror ishning 
talabida qadam qo‘ysa, bu ishning qiyinchiliklariga chidashi kerak. Maqsad ka’basi 
sari yo‘lga chiqqan odam, zahmat sahrosidan cho‘chimasligi lozim”. 
Zero, Xadislarda ham shunday yozilgan: “Biror kasbu hunar orqasidan rizqu 
nasibaga ega bo‘lib yashayotgan odam, shu kasbini o‘zgartirmasun”. 
Lekin taqdir taqozosi bilan bunga majbur bo‘lgan xodimlarga psixologik 
konsultatsiya va psixologik reabilitatsiya xizmatlari yordam berishi mumkin. 
Korxona va tashkilotlar qoshida tashkil etilgan psixologik xizmatlar aynan kasbiy 
reorientatsiya masalalarida ham xodimlarga yordam ko‘rsatadi. Eng muhimi – shaxs 
dangasalik qilmasligi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi, izlanishi kerak bo‘ladi.


191 
80-rasm 
Reorientatsiya inson imkoniyatini 
qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, 
o‘zini-o‘zi kashf qilishi, boshqarishi, 
tashkillashtirish, baholash, refleksiyalash, 
identifikatsiyalash kabi shaxs fazilatlarini 
ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. 
Reorientatsiya (qayta kasbga yo‘llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini 
turmushga tatbiq etishga zarur shart - sharoit yaratadi, inson omilini qadrlashga, 
butun imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak - xohish 
ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko‘p profilli kasb-hunar egalari safini 
kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg‘usini jonlantiradi, zarur 
bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. 
Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya ishlari olib borilishi 
markazlashtirilgan. Maxsus xodimlar kompyuter
 
xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman 
bo‘yicha ixtisoslar bo‘yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro‘ihati (zaruriyati, 
ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat 
birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli ish bilan ta’minlash, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish 
bilan shug‘ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, 
o‘rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab 
qiladi, chunonchi: 


Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish