4.
Professional va kasbiy mahoratga
erishishning ob’ektiv hamda sub’ektiv
omillari. Reorientatsiyaning psixologik
jihatlari.
187
avval munosib material tanlaydi, ularni o’lchaydi, unsurlarini sanaydi, randalaydi,
qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz beradi, oshiq-moshiq
qoqadi, kesaki o’rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va hokazo. Keltirilgan misoldan
ko’rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq-qo’llari, boshining tutishi sa’y-
harakatlari bilan birga «tanlash», «ishlov berish», «o’rnatish» amal qismlari
majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa’y-harakatning harakatdan farqli tomonlari
uning aniqligi, maqsadga yo’nalganligi, epchilligi, uyg’unligi singari belgilarida o’z
ifodasini topadi. Inson faoliyatida narsalarni o’zlashtirishga yo’naltirlgan sa’y-
harakatlardan tashqari:
tananing fazoviy holati;
qiyofaning saqlanishi (tik turish, o’tirish);
v) joy almashish (yurish, yugurish);
g) aloqa vositalari sa’y-harakatlari qatnashadi.
Odatda, aloqa vositalari tarkibiga:
ifodali sa’y-harakatlar (imo-ishora, pantomimika);
ma’noli ishoralar;
nutqiy sa’y-harakatlar kiritadi.
Talaba bilan shug’ullanishning turli usul va darajalari mavjud.
Birinchidan, talabalar ilm olsih borasida o’z-o’zlaridan minnatdor bo’lishlari
lozim. Guruhdagi ayrim talabalar bilan suxbatlashish orqali ular bilan aloqani
o’rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, darsni boshlashdan oldin talabalar
bilan gaplashib oling. Ular dars tugagach ma’lum savollar yuzasidan sizga qanday
murojaat qilishlarini bilishlari kerak. Ularga do’stona va iliq munosabatda bo’ling.
Ikkinchidan, quyida e’tirof etib o’tiladigan ayrim usullar, ma’ruza qiziqarli,
ishtiyoq bilan olib borilishi hamda yaxshi tashkil etilishi lozimligi bilan belgilab
beriladi. Ma’ruza davomidagi diqqat markaz didaktik usul kabi ma’lum muammoni
o’z ichiga olishi mumkin. Ma’ruza davomida talabalar 20 daqiqagina muddatda
passiv o’rganuvchi sifatida diqqatni jamlashlari mumkinlig ko’p olimlar tomonidan
qayd etib o’tilgan (Stuart va Rutherford, 1978). Shu sababli ularni chal’gitish
hamda lirik chekinish qilib turish muammoni ijobiy hal etishi mumkin.
Uchinchi va ehtimol eng asosiy jihat talabalar bilan shug’ullanishni
ta’minlashda ularning ma’ruzada faol ishirok etishlarini shakllantirish lozim.
Quyida keltirib o’tiladigan takliflar katta guruhlarda talaba bilan shug’ullanish
muammosini hal qiluvchi ayrim yo’nalishlarni aks ettiradi. Bu yo’nalishlar keys
stadilarda ham anmoyon etilgan.
131
Psixologik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, faoliyat shaxslararo munosabatlar
tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo’ladi. Faoliyatda inson shaxsi, uning
xususiyatlari aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam shaklini tarkib toptiradi.
Ong bilan faoliyat birligi printsipiga asoslanish orqali shaxs kamol topadi,
shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtiradi, o’zaro ta’sir
yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi o’yin, ta’lim, mehnat, sport
va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga
131
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm.
pp: 64
.
188
oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala (kommunikatsiya) vositasida
ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi
natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
78-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |