189
kelishga juda katta ahamiyat bermoqdalar. Bunda yuqori texnologiyalar va axborot
vositalaridan boxabarlik ham katta rol o‘ynaydi.
Sub’ektiv omillar
guruhi ham juda ahamiyatli bo‘lib, ular ko‘proq tashqi
omillardan ko‘ra insonning o‘ziga bog‘liq.
Masalan, agar bir insonda ilk yoshlikdan biror hunar turi bilan shug‘ullanishga
ishtiyoq va qiziqish bo‘lgan bo‘lsa, bunga oilada ham sharoit bo‘lib, genlarida ya’ni,
avlodida ham kimlardir shu ish turi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, albatta, bu xolat
uning kasbiy mahorati muttasil oshib borishi uchun muhim turtki bo‘ladi. U o‘z
ishidan og‘ib yoki aynib ketmaydi.
Aksincha, o‘z farzandlarini ham keyinchalik shu faoliyatga undaydi, uning
qiyinchiliklari kabi sabablar ham fikridan qaytara olmaydi. Ishda mabodo xatolarga
yo‘l qo‘ysa ham uni o‘zi, o‘z sabri-qanoati bilan tuzatishga imkon topadi,
tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqaradi, kasbidan voz kechmaydi. Shu sababli ham
sub’ektiv omillar kasb psixologiyasi uchun muhim hiosblanadi.
Aytilishicha, 1992-yildan oldin Britaniya universitetlari turli kasb
yo’nalishlarida kerakli ma’lumotning o’qitilishi uchun nomigagina kurashishgan.
O’sha yo’nalishlarda pedagog o’z mahoratini namoyish qilish va bu uchun
mukofotlanish imkoniyatining mavjud emasligi ko’plab davlat muassasalarida
muammo bo’lgan.
Ba’zi lavozim talablarini o’rganib chiqqach, tadqiqot guruhi quyidagi
xulosaga keldi: Uzoq muddatli o’zgarishlar yo’lga qo’yilgan va lavozim talablari
aniqlik kiritish maqsadida kodlashtirilgan (talablarga ma’lum raqamlarga
biriktirilgan).
Ish yuzasidan bosim ostida ishlaydigan akademiklar, masalan maqola chop
etishga majbur bo’lish yoki sheriy uslubdan ortiqcha foydalanishga majbur
bo’ladigan o’qituvchila dars o’tishga ko’p vaqt ajratish kerak emas degan fikrda
bo’lishlari mumkin. Baxtimizga, hozirgi kunda o’qitish va tadqiqot o’rtasidagi
bog’liqlikdan ko’pchilik xabardor, chunki universitetlar kadr va ma’lum fanlar
bo’yicha o’qituvchi yetishtirish kerakligini juda yaxshi bilishadi. Hozirda baxs
asosan individual o’qitish-tadqiqot profillari orasidagi farq haqida.
132
Psixologlar kasbga nisbatan psixologik tayyorlikni, kasbiy ustanovkalarning
barqarorligini motivlarning anglanganligini muhim omil, deb hisoblaydilar. Chunki
kasbga, biror ish hunarni bajarishga, inson avvalo ruhan tayyor bo‘lishi, keyin
mutaxassislik sir-asrorlarini egallashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: