Hayot faoliyati


Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar 
I 1817-1823 Osiyo, Afrika. Yevropa 
II 1826-1837 
Osiyo, Afrika, Yevropa, 
Amerika 
III 1846-1862 
Osiyo, Afrika. Yevropa. 
Amerika 
IV 1864-187 Osiyo, Afrika, Yevropa. 
V 1883-1896 Osiyo, Afrika. Yevropa. 
VI 1902-1925 Osiyo, Afrika, Yevropa. 
«SNolega» yunoncha tarnov degan so‘zdan olingan bo‘lib, 
vaboda ich ketishi yomg‘irdan so‘ng tarnovdan oqib tushayotgan 
suvni eslatadi. Vabo insoniyatga qadim zamonlardan 
ma’lum bo‘lib kelgan kasallik hisoblanadi va Osiyo qit’asi, 
«ayniqsa Ganga va Brammaputra daryosi o‘rtasidagi Hindiston 
yarim oroli xavfli o‘chog‘i, kasallikning «beshigi» hisoblanadi. 
Va
bo kasalligi tarixini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin. 
Birinchi 1817-
yilgacha bo‘lgan davri. Bu davrda vaboning xavfli 
o‘chog‘i Hindiston - Pokiston hududi hisoblangan. Ikkinchisi, 
159 
1926-
yilgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bu davrda vabo oltita hududda 
bir vaqtda qayd etilgan. 
Yettinchi pandemiya 1961-yildan to hozirgi kunga qadar 
davom etmoqda (3-
davr). Oldingi oltita pandemiyaning qo‘zg‘ 
atuvchisi Osiyo vabo vibrioni bo‘lgan. Yettinchi pandemiyaning 
qo‘zg‘atuvchisi vabo vibrionining El-Tor shtamidir. U 
avvalo Sharqiy Osiyo, O‘rta Sharq, Yaqin Sharq mamlakatlarida, 
so‘ngra Afrika qit’asida tarqalgan. 1965-yilda esa bu 
kasallik O‘zbekistonda, xususan Qaroqalpog‘istonda, Xorazm va 
Buxoro viloyatlarida qayd qilingan. 1970-yilga kelib Yevropa va 
Amerika mamlakatlariga tarqalgan. 1971-yilda vabo yer 
yuzasidagi 
36 ta davlatda ro‘yxatga olingan. 1992-yilda Hindistonda 
23 ming kishi vabo bilan kasallanib, undan 500 kishi vafot 
etgan. Bu kasallikning tarqalishi vaboning yangi vibrioni 0139 


147 
«Byengal» seroguruhi aniqlangan. 
Vabo 
ichak infeksiyalar guruhiga kirib, uni birdan bir 
manbayi odam hisoblanadi. Tashqi muhitga vibrionlar najas va 
qusuq massalari orqali tarqaladi, faqat og‘iz orqali yuqadi. 
Odamning kasallanishida yuqumli ajratmalar bilan ifloslangan 
sovuq holdagi oziq-
ovqatlar va qaynatilmagan suvni iste’mol 
qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Yoz faslida yuvilmagan ho‘l 
meva va sabzavotlarni iste’mol qilish oqibatida xastalanish xavfi 
yanada ortadi. Kasallik tarqalishida pashshalarning roli ham 
bor. Vabo bilan barcha yoshdagi odamlar kasallanishi mumkin. 
Vabo kasalligi mavsumiy bo‘lib, ko‘pincha yoz va kuz oylarida 
qayd etiladi. 
Vabo kasalligining eng ko‘p uchraydigan turi oshqozon 
yallig‘lanish turidir. Ingichka ichak yallig‘lanish turi ikkinchi 
o‘rinda turadi. Bu turdan so‘ng algid va vabo terlamasi turlari 
turadi. 
Kasallik asosan ingichka ichak yallig‘lanish belgilari bilan 
o‘tkir boshlanadi. Ich ketish og‘riqsiz kechadi. Lekin har bir 
ichi ketishdan keyin bemor kuchli darmonsizlik seza boshlaydi, 
bosh aylanishi va tashnalikdan shikoyat qiladi. Bemor ko‘zdan 
kechirilganda ko‘pincha teri qoplami rangsizlangan, kasallik 
og‘ir kechayotgan paytda esa ko‘kargan, sovuq ter bilan 
qoplangan 
bo‘ladi. Bemorning yuz ifodasi o‘zgaradi. Tomir urishi 
160 
tezlashib, og‘ir klinik kechishida ipsimon bo‘ladi, ba’zan tomir 
urishi aniqlanmaydi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, o‘pkada kuchsiz 
nafas eshitiladi. Xastalikning og‘ir turida bemor havo 
yetishmovchiligidan, 
ko‘krak qisilishidan shikoyat qiladi. Tilni oqish 
yoki 
kulrang karash qoplab, og‘ir zaharlanish bilan kechayotgan 
hollarda quruq bo‘lib qoladi. Qorin bir oz dam bo‘ladi jigar va 
taloq kattalashishi kuzatiladi. Xastalikning ingichka ichak 
yallig‘lanish turida axlat suyuq bo‘lsada, o‘z xususiyatini saqlab 
qoladi, 2-3 martadan 8-12 martagacha ich ketadi. 
Kasallikning oshqozon yalig‘lanish turida axlat tezda o‘z 
ko‘rinishini yo‘qotadi va guruch qaynatmasini eslatadi. Til 
quruq, qorin ichkariga tortilgan bo‘lib, ingichka ichak bo‘ylab 
quldirash kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik tez rivojlanadi, 


148 
bemorni chanqash bezovta qiladi, 2-3 kun ichida oshqozon 
yalig‘lanishi rivojlanadi. Sutkada 20 marta va undan ortiq ich 
ketishiga tez-
tez va ko‘p miqdorda qusish qo‘shiladi. Qusuqda 
avvaliga ovqat qoldiqlari bo‘lsa, keyin suvday bo‘lib, o‘t 
suyuqligi aralash namoyon bo‘ladi, bu ham o‘z navbatida 
suvsizlanishning yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Teri kulrang 
tusga kiradi, ko‘pincha sovuq yopishqoq ter bosadi. 
Burmalangan teri uzoq muddatgacha o‘z holiga qaytmaydi, qo‘l 
kaftlari kir yuvuvchi ayol kaftlarini eslatadi. Bemorning ahvoli 
og‘irlashadi. Qon bosimi pasayadi, yurak tonlari bo‘g‘iq holda 
bo‘lib, nafas olish tezlashadi. Tana harorati kasallik boshida 
normal bo‘lib, so‘ngra asta-sekin subnormalgacha (35-34°C) va 
undan ham pa
st tushadi. Kasallikning og‘irligi odatda 
organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish