72
yetti ajoyib mo‘jizalarining 4 tasi turli tusdagi favqulodda vaziyatlar
oqibatida vayronaga aylangan. 2004-yilning dekabrida
Hind okeani
da yuz bergan zilzila natijasida paydo bo‘lgan
sunami 230 mingdan ortiq kishini nobud bo‘lishiga olib kelgan.
Suvning shu xususiyati okean va yirik dengizlardan uzoq
bo‘lgan mintaqa malakatlariga, shuningdek, mamlakatmizga
ham sel, suv toshqini kabi xavfla
rni paydo qilib, og‘ir
oqibatlarga olib kelgani ma’lum.
Tasavvur etishingiz uchun 2011-yilning martida Yaponiyadan
uncha uzoq bo‘lmagan suv ostida yuz bergan zilzila va
uning oqibatlarini keltirishning o‘zi yetarli, deb bilamiz. Xonsyu
oroli yaqinida yuz bergan zilzila natijasida Okean ostida
uzunligi 380 va kengligi 190 km bo‘lgan yoriq paydo bo‘ldi.
Aynan shu yoriqning paydo bo‘lishi natijasida o‘ziga xos
chuqurlik vujudga keldi. Oqibatda juda katta massaga ega
bo‘lgan suv har tarafdan bu chuqurlikka oqib keldi va bir
necha
daqiqalar ichida ulkan suv minorasini barpo etdi. «Suv
minorasi» tezda orqaga qaytib, baland to‘lqin hosil qildi va
katta tezlik bilan Tinch okeani sohillariga urildi. Yaponiyaning
Fukusima shahri bu ulkan suv to‘lqinini o‘ziga qabul qilishga
majbur bo‘ldi. Bu ulkan suv to‘lqini Yaponiya uchun juda katta
yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi.
80
Ma’lumki, sel – arabcha so‘z bo‘lib, shiddatli tog‘ oqimi,
yaponcha yasunami
– tog‘ to‘lqini ma’nosini beradi. Sel
sekundiga 2-4 m. tezlikda harakat qilad
i. Sel o‘z oqimiga ko‘ra
o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda tuproq, qum, tosh va boshqa
jinslarni olib ketadi. Shu sabab, tiniq suvning vazniga nisbatan
2-3 baravarga ortadi.
Sel qachon, qay vaqtda, qanday kuch bilan kelishini
oldindan aytish ancha mushkul. Shu sabab, xalqimiz selni
tabiatning o‘ta xatarli, falokat keltiradigan, kutilmagan ofati,
deb bejiz aytmaydi. Chunki, u kun ochiq, jazirama issiq bo‘lib
paytida ham paydo bo‘lishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Sel toshqinlari juda katta hududdagi
qishloq xo‘jaligi
ekinlarini nobud qiladi, ko‘plab yerlarni ko‘mib tashlaydi,
ko‘prik hamda ko‘plab gidrotexnik inshootlarni qo‘porib, aholi
yashaydigan punktlarni yuvib ketadi, asfalt va temir yo‘llariga
73
shikast yetkazib izdan chiqarib tashlaydi.
Mamlakatimizning janubiy hududlari hamda umumiy
hududining 90 %dan ortig‘i tog‘liklardan iborat bo‘lgan Qirg‘iziston
va Tojikiston Respublikalarida juda katta sel kelish xavfi
saqlanib kelmoqda.
Mutaxassislar selni keltirib chiqaruvchi omillarni quyidagilar,
deb
bilishadi: muntazam jala quyishi va kuchli yomg‘
irlar yog‘ishi yuz berayotgan sellar 85 %ni, tog‘ qorlarining
erishi 4 %ni, tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv
havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi 1,3 %ni va boshqa
sabablar 9,7 %ni tashkil qilishi mumkin. Mamlakatmizda sel va
suv toshqinlari mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, u ko‘proq martiyul
oylarida yuz beradi. Ayniqsa, aprel-may oylarida ularning
ko‘plab yuz berish xavfi yanada ortadi.
Qishqi yog‘ingarchilik me’yoridan ortiq bo‘lgan yerlarda sel
toshqinlari ko‘proq kuzatiladi. Aksincha yog‘in kam bo‘lgan
yillarda esa toshqin kam yuz beradi. Toqqa yaqin va tog‘li
hududlarda qor-
yomg‘irlar tushgan yillari sel toshqinlari havo
haroratiga hamda yong‘ingarchilik miqdoriga qarab har xil
bo‘lishi mumkin.
81
O‘zbekistonning toqqa yaqin va adir
zonalaridagi kichikkichik
soylardagi jala va yomg‘irlardan hosil bo‘lgan sel
toshqinlari o‘zi bilan ko‘p miqdorda mayda tuproqlarni olib
keladi, shiddat bilan o‘tib, katta yemirish kuchiga ega bo‘ladi
(3-rasm).
3-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: