Olkashunoslik


IX -X II asrlar tarixiga oid arab tilida



Download 6,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/139
Sana29.05.2022
Hajmi6,29 Mb.
#616230
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik.Ochildiyev F.B.

2. IX -X II asrlar tarixiga oid arab tilida
yozilgan manbalar
O'zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo‘lgan ta­
rixi ko p ro q va deyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan va 
bu an’ana keyin ham Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda 
yurtimiz aw al arab xalifaligi tarkibida, so‘ngra Somoniylar, Qoraxo- 
niylar, G aznaviylar. Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi. 
Arab tilida Vatanimiz tarixiga oid yozma manbalami mualliflaming 
kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh -
arab tilida ijod etgan yurtimizdan yetishib chiqqan tarixchi va olimlar. 
Bular Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud 
Koshg'any, Mahmud Zamaxshariy, Abu Said Sam'omy, Shihobuddin 
Muhammad Nisoviv va boshqalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona 
vatanga muhabbat alohida namoyon bo'ladi, bu, ayniqsa, Abu Rayhon 
Berunivning «Osor ul-boqiya» asarida xalqimiz qadimgi madaniyati 
to 'g ‘risidagi m a’lumotlarida alohida k o z g a tashlanadi.
Ikkinchi guruh - xorijlik olimlardan iborat bo'lib, ular yaratgan 
arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi, madaniyati, siyosiy-ijtimoiy ha­
yoti yoritilgan. Ushbu mualliflaming eng yiriklari Abulhasan Madoiniy 
(vaf. 840-v), Abulabbos al-Ya’qubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, 
Ibn Hurdodbeh (820-taxm. 913), Abu Ja’far Tabariy (839-923-y), 
Is'hoq al-Istaxriy (850-934-y.) va boshqalardir.
Mazkur muarrixlar yurtimiz hududini umummusulmon olami, arab 
xalifaligining bir qismi sifatida yoritganlar. Ular asosan arab xalifaligini 
ikki qismga, ya’ni arab va ajam - g ‘ayriarabga ajratib o ‘rganar edilar. 
Arablar tomonidan yurumizga berilgan nom Movarounnahr - daryoning 
u yog'idagi mamlakat mazmunini bildinivchi ju g ‘rofiy nom bizgacha 
yetib kelgan bo‘lib, asosan arab mualliflari asarlarida istifoda etiladi. 
Quyida arab tilida bitilgan eng muhim manbalar va ulaming muallif­
lari haqida qisqacha ma lumot keltiriladi. Qomusiy olim Abu Rayhon 
Berumy (973-1048) tabiiy va ijtimqiy fanlar bo'yicha 150 dan ortiq 
asarlar varatib, asosan tabiiy' fanlar sohasida ulkan kashfiyotlarga va
151


muvaffaqiyatlaiga erishgan bo‘lsa-da, o'zinmg ijtimoiy fan, ayniqsa, 
tarix to ‘g risidagi chuqur bilimlarini «Osor ul-boqiya an al-qumn al- 
holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») hamda «Hindis- 
ton» yoki «Kitab tahqiq molil-Hind min manqula fi-1-aql va-l-marzuma» 
(«Hindlaming aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan taiim otlarini tadqiq 
etish») va «Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm» («Xorazm haqi- 
dagi axborot haqida suhbatlar») nomli asarlari bilan tarix va madaniyat 
tarixiga katta hissa qo'shdi. Ayniqsa, b o ig u s i tarixchilar uchun «Osor 
ul-boqiya» har tomonlama namuna boiadigan qimmatli manbadir Asar 
1000-yili Juijon shahrida yozib tamomlangan. Unda qadimgi O rta 
Osiyo, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlammg is- 
lomiyatgacha bo‘lgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni 
hisoblash taqvim - xronologiya to‘g‘risida mukammal m a’lumot bera­
di. Ushbu asaming XIV asrda yaratilgan m o‘tabar qoiyozmasiga nodir 
rasmlar ishlangan va bu noyob san at obidasi Shotlandiya poytaxti Edin­
burg shahri universiteti kutubxonasida 161-raqam ostida saqlanmoqda. 
«Osor ul-boqiya»ning ruscha va o ‘zbekcha taijimalari Toshkentda 1957 
va 1968-yillari chop etildi. Kitob Yevropada «Xronologiya» nomi bilan 
mashhur. Biz asar to‘g ‘risida ortiqcha m a’lumotlarni keltirmadik. chun­
ki bizning vazifamiz qimmatli yozma manbalar to'g'risida umumiy tu- 
shuncha, bilim va yo‘nalish berishdir. Ushbu kitob to'g nsida talabalar 
mustaqil ish pavtida yoki laboratonya ishi jarayonida chuqurroq va keng 
bilimga ega boiishlari maqsadga muvofiqdir. Beruniyning Xorazm ta­
rixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana «Tarixi 
Xorazm» va «Mashohiri Xorazm» («Xorazmning mashhur kishilari») 
nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, uning ayrim lavhalari - parchaiari 
Abulfazl Bayhaqiyning 1056-yili yozib tamomlangan «Tarixi Bayhaq» 
va Yoqut Hamaviyning «Mu’jam ul-buldon» asarlarida saqlanib qolgan.
«Kitob ul-ansob» («Nasablar haqida kitob») nomli asaming mu- 
allifi mashhur geograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa’id Abdulkarim ibn 
Muhammad as-Sam’oniy (1113-1167-y.)djr. U Marvda, yirik qonun- 
shunos olim oilasida dunyoga keldi, Marv, Buxoro hamda Samarqand- 
da talisil ko'rdi, 1155-1156-yillari Movarounnahr va Xorazm bo‘ylab 
sayohat qildi, ma’lum muddat Nishopur, Isfahon, Bag‘dod, Halab, 
Damashq hamda Quddus (Iyerusalim) shaharlarida hayot kechirdi. 
Sam’oniy «Kitob al-ansob»dan tashqari vigirma jildlik «Marv tarixi»
152


nomli asaming ham ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha yetib kelma- 
gan ko‘rinadi. Taxminlarga ko ra, bu muhim asar Chingizxon yurishlari 
vaqtida kuvib ketgan boTishi mumkin. chunki o‘shanda Matvning eng 
katta va boy kutubxonasi bilan birga Sam’oniylar xonadomga tegishli 
bo'lgan ikki у ink kutubxona ham (Yoqut Hamaviy Sam’oniylar kutub- 
xonasini ko'rganligini aytadi) yonib ketganligi taxmm qilinadi. Bizga­
cha olimning faqat «Kitob al-ansob» asarigina yetib kelgan.
Ibn Hurdodbeh yoki Abulqosim Ubaydulloh Hurdodbeh (820- 
tax. 913-v.) asli eronlik b o iib , u oliy martabali mansabdor xonado- 
niga mansub edi. Otasi IX asr boshlarida Tabariston hokimi boigan, 
Daylam viloyatini bo'ysundirib, xalifaning diqqat-e’tiborini qozongan. 
Ibn Hurdodbeh Bag'dodda o qigan va keng m aium ot olgan. U xali- 
fa Mo'tamid (870-892-y.) davrida yuksak davlat lavozimlarida turgan, 
dastlab Nadim, so‘ng Eronning g'arbiy-shimoliy tarafida joylashgan 
Jibal viloyatida sohib barid va-l-xabar (pochta va razvedka boshligi) 
lavozimini egallagan. Ibn Hurdodbeh turli mavzuda, adab, tarix, geog- 
rafiyaga oid o ‘nga yaqin asar bitgan b o iib , ulardan eng muhimi «Kitob 
masolik ul-marnolik» («Yoilar va mamlakatlar haqida kitob») nomli 
asardir, u 846-yili yozib tamomlangan. Asaming qisqartirilgan tahriri 
bizgacha yetib kelgan va M. de Gue tarafidan 1889-yili chop qilin­
gan. Ruscha tajjimasi (taijunon Noila Velixanova) 1986-yili Bokuda 
chop etilgan. Kitob arab xalifaligi q o i ostidagi mamlakatlar, shaharlar, 
ulaiga boriladigan yoilar, shaharlar va mamlakatlar orasidagi masofa, 
aholidan undiriladigan soliq va jarimalaming miqdori haqida qimmatli 
m a’lumotlar keltirilgan.
Qadimgi S o'g'd shaharlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida 
joylashgan), Samarqand, Ustmshana, Shahriston (Ustrushana shahar­
laridan), qadimgi Shosh, Isfijob (Sayram) shaharlarida aholi o'rtasida 
muomalada b o ig a n pul birligi, Nuh ibn Asad (vaf. 842-y.) Va Ahmad 
ibn Asad (819-846-v.) davrida S o'g'd va Farg'onaning umumiy ahvoli, 
Movarourmahr va Farg'onada IX asrda istiqomat qilgan turkiy xalqlar 
haqidagi m aium otlar benihoya qimmatlidir. Ushbu m aium otlar Ibn 
Havqalga tegishlidir. U o'z davrining ko'zga ko'ringan yirik geograf 
olimi va sayyohi boigan. Olimning to i a ismi Abulqosim ibn Havqal 
an-Nasibiy boiib , nisbasiga ko'ra Shimoliy Mesopotamiyada joylash­
gan Nisibin shahridan chiqqan. Ibn Havqal 943-yildan boshlab savdo-
153


gar sifatida turli m am lakatlar- Markaziy Afrika, I span iy a. Italiya, Eron, 
Hindiston bo‘ylab sayohat qilgan. U Istaxriy bilan shaxsan uchrashgan. 
Uchrashuv vaqtida Istaxriy go'yoki undan 
o z
asaridagi xato va chal- 
kashliklami xalos qilish va qaytadan ishlashni iltimos qilgan.
«Men, - deb yozadi Ibn Havqal, - uning kitobidagi bir emas, bir 
necha xaritalarni tuzatdim, so‘ngra ushbu o ‘z kitobimni yozishga qa­
ror qildim. Istaxriy kitobida uchragan xatolami tuzatdim, kitobimga bir 
nechta (yangi) xaritalarni ilova qildim va ulami izohlab berdim. «Ibn 
Havqalning asan «Kitob ul-masolik va-l-mamolik» («Yoilar va mam­
lakatlar haqida kitob») yoki qisqacha «Kitob surat al-arz» («Yeming 
surati») nomi bilan mashhur b o iib , Hamadoniylardan Savfulla Ali I 
ga (945-967-y.) bagishlangan. Uni yozishda muallif sayohatlari vaq­
tida to‘plagan, savdogarlardan soiab-surishtirib yig‘gan materiallardan 
hamda Ibn Hurdodbeh. Al-Jayhoniy, Qudama asarlaridan foydalangan. 
Kitobda tavsiflangan har bir mamlakat va vilovatning xaritasi ham be­
rilgan.

Download 6,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish