Bayoniy
yoshligidan yaxshi tar-
biya topdi, keng m a’lumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o ‘rgandi,
adabiyot, tarix, tibb va musiqa ilmlarini egalladi. Shu bilan birga xat-
totlik ilmini ham yaxshi o‘rgandi. U, ayniqsa, xatlaming rayhoniy, suls,
kufiy va shikasta turlari bo‘yicha mohir xattot, musiqa ilmida, ayniqsa,
tanbur va g ‘ijjak chalishda mahoratli sozanda bo‘lib vetishdi. Bayoniy
mumtoz adabiyotni, xususan, she'r ilmini ham puxta egalladi, o z za-
monining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz she’riyatning barcha
turlarida ijod qildi. O'zidan bir she’riy to plam va devon qoldirdi.
4. Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxiv
materiallarining ahamiyati
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv material-
lari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlami
yoritishda va o ‘lkashunoslikni o ‘rganishda a ra v hujjatlarining о 'm i
juda muhim.
Arxiv yunon tilidan olingan bo‘lib, «archivum» - xizmat joyi de
gan m a’noni bildiradi. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo‘llanish
164
m a’nosi butunlay boshqacha. Arxiv - bu idoralar, korxonalar va tashki-
lotlar. shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan
muassasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar,
jamoat va davlat xo'jaliklari. ayrim shaxslaming ko‘p yillik faoliyati
haqidagi m a’lumotlar va hujjatlar saqlanadi. 0 ‘lka tarixini o ‘rganishda
bu hujjatlaming ahamiyati kattadir.
Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan
m a’lumotlami hayotga tatbiq etish murakkab ish hisoblanadi. Hozirgi
kunda 0 ‘zbekiston Respublikasi rahbariyati arxiv hujjatlarini har to-
monlama o ‘rganib, tarix, inson va jamiyat darslarida fovdalanish va
yoshlami shu vo‘l bilan har tomonlama yetuk, aqlan rivojlangan qilib
tarbiyalash vazifasini o ‘z oldiga qo‘ymoqda.
Yozuvning vujudga kelishi doimiy ravishda arxiv ishining takomil-
lashib borishiga sabab bo‘Iadi. Mutaxassislaming fikricha, yozuvning
paydo bo‘lishida hukmron doirada va mahalliy jamiyatda axborotlarga
ega bo‘lish, uni yetkazish yoki boshlang‘ich holatini tiklash ehtiyojla-
rining ortib borishi sabab bo'lgan. Yozuv paydo bo‘lmasdan oldin dav
latlar o ‘rtasidagi muloqotlar og‘zaki tarzda olib borilgan. Hukmdorlar-
ning xabarlari maxsus choparlar (elchi) tomonidan og‘zaki usulda yet-
kazilgan. Buning natijasida choparlar tomonidan ortiqcha yoki ayrim
so‘zlaming unutib qoldinsh hollari ko‘p uchrab turgan. Buning natija
sida axborot va xabarlami toTiq, haqqoniy yetkazishning imkoniyatla-
ri cheklangan. B ш day axborot almashinuvlar tomonlaming bir-birini
o ‘zaro to‘laqonli tushunmasliklaiini keltirib chiqargan. 0 ‘rta Osiyodagi
eng qadimgi yozuvlardan biri oromiy yozuvi hisoblanib, bu yozuv aha-
moniylar davrida keng tarqalganini ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra O 'rta Osiyo hududida mil. aw . Ill asrdan
boshlab uch xil yozuv tarqalganligi ta’kidlangan 1. Oromiy yozuvi;
2. Yunon grafikasidagi yozuvlar (turk va yunon-baqtriya); 3. Hind
yozuvlari (Kharoshthi brahmi). XX asming 90-yillariga qadar 0 ‘rta
Osiyo davlatlaridagi ish yuritish va arxiv ishi haqida m a’lumotlar kam
edi. Mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida
Parfiya va Xorazmda hujjatshunoslik va ish yuritish mavjud bo‘lganligi
aniqlandi. Shuningdek, Shimoliy Afg‘onistondan, Janubiy Baqtriyadan
Baqtriya yozuviga asoslangan 100 dan ortiq hujjatlar topildi Hujjatlar
orasida shartnomalar, savdo-sotiq, ijara, qullikdan ozod qiluvchi hujjat-
165
lar mavjud hamda Kushonlar imperiyasiga oid turli xildagi m a’lumotlar
bayon qilingan.
M a’lumotlarga ko‘ra bu hujjatlar mil. avv. 342, milodiy 81-yillar-
ga tegishli boigan. 1948-1949-yillarda Yangi Nisodan parfiyaliklarga
tegishli sopolga bitilgan vozuvlar topilgan (mil avv. II asr). Nisodan
topilgan sopoldagi vozuvlar qimmatli manba hisoblanib, Parfiya davla
tining butun xronologik davrini yoritib beradi.
Bizga m aium ki, Xorazm hududidan ham qadimgi yozuv namu
nalari topilgan. Mill. avv. IV asming oxirida Xorazm Ahamoniylar
davlati tarkibiga kiritiladi va oromiy vozuvi bu yerda rasmiy yozuv
sifatida joriy qilinadi. Ahamoniylar imperiyasi qulagach. mil. avv. Ill
asming boshlarida oromiy xati asosida Xorazm yozuvi paydo boiadi.
S.P. Tolstov tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida
Tuproqqal'adan sopolga bitilgan yozuvlar topildi. Tupraqqal’adan 140
ta yozuv namunasi topilgan b o iib , shundan 122 tasi qora tush bilan
teriga yozilgan, 18 tasi esa taxtachalarga bitilgan. M aiumotlarga ko‘ra,
yog‘ochdagi yozuvlami uch gurnhga b o iish mumkin.
Birinchisida ozod va uy qullari haqidagi m aium otlar berilgan
b o iib , uning a ’zolari katta oilalarga taalluqliligi uy ro yxatiga kiri-
tilgan.
Ikkinchi guruh taxtachalarga yozilgan m aium otlar xo‘jalikka
oid yozuv b o iib , ulaming 4 tasi uncha katta boim agan boiaklarda
gildirak va aravalarga yozilgan.
Uchinchi guruhda yettita tayoqcha boiib , ularda mulk egaliklari-
ning ismlari yozilgan.
0 ‘rta Osiyoni arablar bosib olgandan so ng arab yozuviga oiildi.
Arab xalifaligida davlat g ‘aznasiga oid hujjatlar, shuningdek, diniy aha-
miyatdagi va qozilik hujjatlarini saqlaydigan bino vazifasini masjidlar
bajargan. 0 ‘z o ‘mida, m aium bir boshqaruv tizimidagi devonlar vu
judga kelishi bilan ular faoliyatiga oid hujjatlar ham to ‘plana borgan.
Masalan, devoni al-borid (pochta xizmati) devoni xalifalik vaqtida hu-
kumat hujjatlarini choparlar orqali belgilangan manzilga yetkazish bi
lan shug‘ullangan. Bunday faoliyat natijasida poytaxtdan viloyatlarga,
viloyatlardan poytaxtga ]о “natilgan hujjatlaming nusxalari, shuningdek,
soliq va soliqqa oid qog'ozlar devonda to‘planib borilgan. Abbosiylar
davrida devonlar boshqaruvi mukammal darajaga yetganligi kuzatila-
166
di. Hujjatlar asosan pergament va papiruslarga yozilgan, ba'zi hollarda
Xitov qog'ozlariga bitilgan.
IX asming oxiri - XI asrlarda O rta Osiyoda mahalliy Toxariylar,
Somoniylar, Xorazmshohlar va Qoraxoniylar davlatida rasmiy til arab
tili o mida fors va turk tillaridan foydalanilgan. 0 ‘rta asrlardagi kutub-
xona va arxivlarda elchilar, sayohatchilar va boshqalar tomonidan yozib
qoldirilgan m a’lumotlar saqlangan.
Amir Temur davrida ham saroy tarixchilari mavjud bo‘lgan. Ular
voqealar va xabarlar yilnomasini tuzishgan. Hujjat va qoiyozmalammg
ko pchilik qismi saroy qoshidagi kutubxonalarda saqlangan. Amir
Temur kutubxonasida istilochilik yillarida to‘plangan juda ko‘p nodir
kitob va qo lyozmalar kam saqlangan. M a’lumotlarga ko'ra, Temummg
onasi Kesh shahrida kutubxona tashkil qilgan. Keyinchalik u Samar-
qandga ko‘chirilgan. Kutubxona maxsus binoda joylashgan bo‘lib, unda
qo‘lyozma va hujjatlar sandiq va shkaflarda saqlangan.
1931-yilda Buxoro arxivi ycrtoiasidan «qushbegi arxivi» topilgan.
Buxoro muzeyi xodimi M. Hakimov arxiv hujjatlarini quyidagi guruh-
larga ajratgan: moliyaviy masalalarga oid hujjatlar; Buxoro amirligi va
Rossiya hukumati o'ltasidagi yozishmalar; amir xazinasidan xarajatlar
uchun hujjatlar; xon iy davlatlar bilan diplomatik aloqalarga oid huj-
jatiar; Buxoro amirligidagi yer-suv munosabatlariga taalluqli hujjatlar:
turli xil yozishmalarga oid hujjatlar.
1930-yil boshlarida Mug" tog‘laridagi yodgorlik xarobalaridan
Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80
dan ortiq qo'lyozma hujjatlari topildi. Tarixdan m a’lumki, Buxoroda
IX -X asrlarda Abu Ali ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bo‘lgan.
O rta Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida, keyincha
lik Oltin O rdada. Temuriylar, Ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi.
O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi o ‘zbek xalqining huj-
jatli madaniyat yodgorliklari saqlanadigan yirik arxiv xazinasidir. Bu
yerda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfhomalar bo‘lib, ular
XIII-XIX asrlarga oiddir.
Xonliklaming XIX asrgacha boigan hujjatlaii, afsuski, bizgacha
yetib kelmagan. Ular o‘zaro feodal umshlar, vayronagarchiliklar nati
jasida yo‘q b o iib ketgan. Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro
amirligining Qushbegi aixivi qisman saqlangan. Ularda XIX asrga oid
167
hujjatlaming bir qismi saqlangan. 0 ‘rta Osivoni chor Rossiyasi bosib
olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asming ikkinchi - XX asr
hujjatlari to i a saqlangan.
Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o'ziga xosdir. Chorizm
bu xonliklami bosib olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876-
yil Peterburgga - imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu hujjatlar
1930-yilning oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foyda-
lanilmay keldi. Keyin Qo‘qon, Xiva arxivlari ekanligi aniqlanib, keng
foydalanila boshlandi.
Qo‘qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968-yilda «Каталог
архива Кокандских ханов XIX века» nomli m a’lumotnomasini e ’lon
qildi. 1962-yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy
davlat arxiviga olib kelingan. Xiva xonlari arxivi hujjatlarini birinchi
bo‘lib 1939-yilda olim P. Ivanov o'rganib chiqib, ular to ‘g ‘risida xabar
beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining markaziy davlat arxivida Qo qon.
Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston
general-gubematorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek,
O'zbekistonmng oktabr to‘ntarishidan keyingi davr, sobiq Ittifoq davri
tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Unda bir milliondan ortiq
yig‘ma jildlar bor boiib, u 0 ‘rta Osiyodagi eng katta arxiv hisoblanadi.
Arxiv hujjatlari yozma v a o g ‘zaki shaklda boiishi mumkin. Og‘zaki
tarixiy hujjatlar har xil texnika vositalari bilan yozib yoki tasvirlab oli
nadi. Hujjatlar maxsus joylarga, sohalarga va xronologik sanalarga ajra-
tilgan. 0 ‘zRMDAda XIX asming ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha
boigan juda ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general-gu-
bematorligiga qarashli, hozirgi 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston,
Qirgiziston va qisman Qozogiston respublikalari hududidagi viloyat-
lar, uyezdlar, volostlar, muassasa, korxona va tashkilotlaming tarixiy
faoliyatiga doir barcha hujjatlar ushbu markazi}7 arxivda mujassamlash-
gan.
0 ‘zRMDA hujjatlarida Turkistondagi chor hukumatining olib bor-
gan mustamlakachilik siyosati, ms xalqi bilan 0 ‘rta Osiyo, shu jumla
dan о ‘zbek xalqining madaniy aloqalari, chor buijua apparati olib bor-
gan siyosat to ‘g ‘risidagi boy materiallar 0 ‘rta Osiyo xalqlari tarixini
har tomonlama chuqur oiganishda bebaho manba b o iib xizmat qiladi.
168
Arxiv Turkiston oikasidagi chor hukumatining m a’muriy tashkilotlari
faoliyatlariga oid boiib, unda mahalliy aholining ayanchli ahvoli, cho-
rizmning shafqatsiz zulmi. chorizm amaldorlarining xatti-harakatlari va
ularga qarshi xalqning kurashi o ‘z aksini topgan.
0 ‘rta Osiyo xonliklari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliya-
tiga doir hujjatlar deyarli yo‘q b o iib ketgan. Ayrim hujjatlar harbiy
to‘qnashuvlar davomida yo‘q qilib yubonlgan Akademik V.Bartoldning
so‘zlariga ko‘ra, bosib olgan joylardan xonliklaming kutubxonala-
ri va arxiv hujjatlarini saqlab qolish uchun hech qanday chora-tadbir
ko‘rilmagan. ular O ita Osiyo xonliklarining madaniyati va tarixiy yod-
gorliklarini saqlab qolishga umuman ahamiyat bermaganlar.
1917-yilgacha arxiv ishlari yaxshi y o ig a qo‘yilgan. Undan keyin
saqlanib qolgan hujjat esa 0 ‘zbekiston markaziy davlat arxivining max
sus boiim larida talab darajasida saqlanmagan.
1917-yilgi oktabr voqealariga qadar hujjatiar har bir idora va tash-
kilotlaming o ‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda b o iib , hujjatlar bir
joyda yigilm agan va markazlashmagan edi. Oktabr to ‘ntarishidan keyin
Turkiston RSFSR tarkibida muxtor respublika sifatida faoliyat ko‘rsata
boshladi. Rossiva hukumati chiqargan qonunlar Turkiston uchun ham
tegishli edi. Shuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918-yil 1-iyunda
«Arxiv ishini qayta ko'rish va markazlashtirish to ‘g ‘risida» dekret qa-
bul qildi. Bu dekretda asosan barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi.
1919-yil 15-noyabrda Turkiston Respublikasi Maorif xalq komis-
sarligi qaroriga binoan arxiv ishlari Markaziy Bosh boshqarmasi tuzildi
va V. Kucherboyev boshqarma boshligi etib tayinlandi.
Davlat arxiv boiim i 8 ta seksiya va 4 ta boiim dan iborat edi.
1-boiim - m a’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalami birlashtiradi);
2-boiim - harbiy seksiya;
3-boiim - maorif va iqtisodiyot;
4-boiim - tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalari.
Davlat arxiv jam g‘armasida 1917-yildan oldingi arxiv hujjatlarigi-
na emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham to‘plana bosh-
landi. Tashkilotlarda hujjatlai 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxiviga
topshirilishi belgilandi. Bu qoida 1921-yil 30-sentabrdan kuchga kirdi.
Joylarda viloyat arxiv jam g‘armalari tashkil qiiindi. Masalan, 1920-yil
martda Farg'onada, 1920-yil iyunda - Samarqandda, shu yilning no-
169
yabrida - Yettisuvda, 1921-yil martda Kaspiyortida ana shunday arxiv
jamg armalan tashkil etildi.
M aium ki, 1924-yili O 'rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro,
Xorazm respublikalari)da milliy davlat chegaralanrshi o'tkaziladi. Na-
tijada RSFSR, 0 ‘zbekiston va Turkmaniston respublikalan, Tojikiston
ASSR ( 0 ‘zR tarkibida), Qozog‘iston ASSR va Qirgiziston muxtor vi-
loyati tashkil qilindi. Buning natijasida O zRning o ‘z arxiv tashkilotlari
vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |