Olkashunoslik


X III-X IV asrlar tarixiga oid fors va turkiy



Download 6,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/139
Sana29.05.2022
Hajmi6,29 Mb.
#616230
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   139
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik.Ochildiyev F.B.

3. X III-X IV asrlar tarixiga oid fors va turkiy
o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar
Fors tilidagi tarixiy manbalar.
«Buxoro tarixi», «Tarixi Narshaxiy» 
va «Tahqiq ul-viloyat» («Buxoro viloyati tahqiqi») nomlari bilan mash­
hur b o igan bu asarda Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan 
shahar va qishloqlaming ju g io fiy holati, aholisining VII-X asrlardagi 
ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir. Kitob 
muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959-y.) deb ataladi. Uning 
to iiq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Hattob 
ibn Shariq b o iib , X asrda ijod qilgan buxorolik yirik tarixchi sifatida 
mashhurdir. Tarixchi Sam’oniyning m a’lumotiga qaraganda, Narshaxiy 
asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlogidan. Nar­
shaxiy o‘z asarini 944-yilda vozib tugatgan. «Buxoro tarixi» asarining 
Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128-yilda 
faig‘onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr 
al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima qilingan. 
Oradan taxminan 50 yil oigach, 1178-vili kotib Muhammad ibn Zu­
far ibn Umar «Buxoro tarixi» tomonidan ikkinchi marta tahrir etildi 
Shuni ham koisatish lozimki, «Buxoro tarixi» asarining bizgacha yetib
154


kelgan nusxalarida 1178-1220-villardagi voqealar bayoni uning tarkibi­
ga kiritib yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi 
marta nom aium muharrir tomonidan toidirilgan ko'nnadi. «Buxoro 
tarixi» O zbekistonnmg arablar tomonidan bosib olinishi, bu hududda 
islom dinming tarqatilishi hamda mamlakatning Somoniylar hukmron- 
ligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir.
Bu asaming forsiy matni 1892, 1894, 
1904 va
1939-yilIarda Parij, 
Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o‘zbek tillariga 
(1897, 1954, 1966-yillari) taqima qilingan. «Hudud ul-olam» fors tili- 
da yozilgan (982-y.) birinchi ju g ‘rofiy xarakterdagi asardir. Kitobning 
to ia nomi «Hudud al-olam min Mashriq ila-1 Mag‘rib»dir («Sharqdan 
G ’arbga qarab joylashgan mamlakatlaming chegaralari»). Asar mual- 
lifi nomaium. U Guznono (Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismida 
joylashgan qadimgi viloyat) hokimlaridan (Farug'iniylar) biriga atab 
yozilgan. «Hudud ul-olam» asari muqaddima va 59 bobdan iborat. 
Uning 1-dan 7-gacha b oig an boblarida yeming tuzilishi, dengizlar, 
orollar, togiar, daryolar, ch o i-u biyobonlar hamda dunyoning inson 
yashaydigan to ‘rtdan bir qismi - rub’i maskun va unda istiqomat qi- 
luvchi xalqlar, rub'i maskunning mamlakat hamda viloyatlariga taqsim- 
lanishi haqida umumiy mulohaza yuritiladi.
8- dan 59-gacha bo igan boblarida sharqdan g ‘arbga qarab joylash­
gan mamlakatlar, ulaming xalqi, o csha mamlakatlarda ishlab chiqari- 
ladigan asosiy matolar, ayrim o ‘rinlarda esa savdo-sotiqning umumiy 
ahvoli xususida so‘z boradi.
Nizomulmulk Saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yi­
rik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Hasan 
ibn Ali ibn Is hoq at-Tusiy (1018-1092-y.) b o iib , Saljuqiy hukmdor- 
lar Sulton Alp Arslon (1063-1073) hamda Sulton Malikshoh 1 laming 
bosh vaziri b o ig an va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol 
o'ynagan. U saltanatdagi tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat 
tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish 
uchun harakat qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluv- 
chi, ya’ni Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag‘dodda «Ni- 
zomiya» atalmish musulmon huquq maktabiga asos solgan.
Nizomulmulk qalamiga mansub «Siyosatnoma» asarining bosh­
qa nomi «Siyar al-muluk» («Podshohlaming turmushi»)dir. Kitob
155


1092-yilcla yozib tugallangan. U 51 ta bobdan iborat b o iib , unda dav­
lat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo shin tuzilishi, mansablar va 
ularga amaldorlami tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyatining muammo- 
lari xususida fikr yuritiladi. Asarda 0 ‘zbekiston tarixiga oid muhim va 
qimmatli m aium otlar bor. Somoniylar zamonida turk g ‘ulomlarining 
davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o ‘mi, Turkiston xonlari, Qo- 
raxoriiylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlaming ijtimoiy ahvoli, So- 
moniylar xizmatida b oigan amirlar unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh 
(1017-1032) bilan Ahmad ibn Hasan (Sulton Mahmud G ‘aznaviyning 
vaziri) o ‘rtasidagi yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bun- 
dan tashqari, karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo zg'oloni ha­
qida ham ayrim diqqatga sazovor m aium otlar mavjud. «Kitob al-qand 
fi tarixi Samarqand» («Samarqand tarixi haqida qand kitob») nom­
li asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos va faqih Najmuddin Abu Hifs 
Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Luqmon an-Nasafiv (1068-1142) 
dir. U musulmon qonunshunosligiga oid «Manzumot an-Nasafiva 
fi-l-xulofiyot» («Kelishmovchiliklar haqida Nasafiyning she’riy asari»), 
«Aqoid an-Nasafiy» («Islom) aqidalariga an-Nasafiy sharhi»), shariat 
y o i-y o ‘riqlari va «Qur om karim» sharhiga bagishlangan «Al-yavoqit 
fi-l-mavoqit» («Qulay vaqtlar xususida yoqutlar»), «Zallat al-qoriy» 
(«Qorilaming xatolari haqida») va ta sa w u f xususida «Risolayi Naj- 
miya» kabi bir necha kitoblar yaratgan. Nasafiyning tarix fani uchun 
eng muhim asari «Kitob al-qand fi tarixi Samarqand»dir. Uning yana 
bir nomi «Kitob al-qand fi m a’rifati ulamoyi Samarqand» («Samarqand 
olimlarini tanish borasida qand kitobi») ham mashhurdir. Ushbu asarda 
0 ‘zbekistonning islomgacha b oigan tarixi, uning arab istilochilari to­
monidan bosib olmishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori atiqalari 
haqida m a’lumot keltirilgan. «Kitob al-qand fi tarixi Samarqand»ning 
arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Nasafiyning shogir- 
di Abulfazl Muhammad ibn Abdujalil ibn Abdumalik ibn Haydar as- 
Samarqandiy (XII asr) ushbu asaming qisqartiriigan fors tilidagi tahri- 
rini yaratgan.
«Tarixi jahonkushoy» nomli yirik tarixiy asami yaratgan tarix­
chi XIII asrda yashab o ‘tgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. 
Uning to iiq ismi Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al- 
Juvayniydir. U 1226-yilda G ‘arbiy Xurosonning Juvayn hududiga qa-
156


rashli Ozodvor qishlog‘ida badavlat va nufuzli siyosiy arbob oilasida 
tug'ilgan.
Alouddin Otamalik Juvayniy 0 ‘rta Osiyoning XIII asrdagi ijtimoiy- 
siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi asari bilan shuhrat qozongan. Kitob 
1260-yilda yozib tugallangan.
«Tarixi jahonkushoy» asari uch qismdan iborat: 1) M o'gullar, 
ulaming Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon 
(1246-1249-y.) davrigacha, shuningdek, Jo‘jixon, Chig‘atoyxon va 
uning avlodlari tarixi;
2) Xorazmshohlar va Xurosonning m o‘g ‘ul hukmdorlari davridagi 
(1258-yilgacha) tarixi;
3) Eronning 1256-1258-yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shu­
ningdek, Ismoiliylaming diniv-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati 
(1090-1258-y.) tarixi. Ismoiliylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonada 
topilgan asarlar. xususan, Ismoiliylaming ko zga ko‘ringan namoyanda- 
laridan Hasan Sabohning (taxminan 1055-1124-y.) hayoti va faoliyati 
haqida hikoya qiluvchi «Sarguzashti sayyidno» («Sayidimizning sargu- 
zashtlari») nomli kitob asosida yozilgan.
O rta Osiyo va 0 ‘zbekiston tarixi uchun «Tarixi jahonkushoy»ning
I—II qismlari alohida qiymatga ega hisoblanadi. Asaming Xorazm va 
Xorazmshohlar tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha yetib kelmagan. 
Juvayniyning ushbu asari «Mashorib at-tajorib va g'avorib al-g‘aroyib» 
(«Imtihonni salqinlashtirish joyi va ajoyib narsalaming yuqori daraja- 
si»), Faxriddin Roziyning (1210-yilda vafot etgan) «Javome’ ul-ulum» 
(«Ilmlar majmuasi») kitoblari asosida yozilgan. Movarounnahr va Shar­
qiy Turkiston tarixi, shuningdek, Mo‘g ‘uliston haqidagi xabarlar asosan 
muallifhing shu mamlakatlarga qilgan sayohatlari vaqtida to ‘plangan 
m a’lumotlar asosida yozilgan. Jome’ ut-tavorix» («Tarixlar majmua­
si») asarining muallifi mashhur qomusiy olim, tarixchi, tilshunos, tabib 
va yirik davlat arbobi Rashiduddin Fazlulloh ibn Imomuddavla Abul- 
xayr Hamadoniydir. Rashiduddin tarixda o ‘zining yirik asarlari bilan 
ham nom qoldirdi. Ilohiyot ilmining ayrim masalalariga bag‘ishlangan 
«Al-majmuot ar-Rashidiva» («Rashiduddinning majmualari»), tabbi- 
yotga oid «Al-osor va-l-ihya» («Tirik narsalaming qoldiqlari»), «Bayon 
al-haqoiq» («Haqiqatlar bayoni»), qurilish masalalariga bag‘ishlangan 
«Asila va ajiba» («Ajib va asil narsalar») va nihoyat, jahon tarixini
157


o'z ichiga olgan «Jome ut-tavorix» asari ham uning qalamiga mansub 
asarlar jumlasidandir. Olimning bizning zamonamizgacha to iiq yetib 
kelgan birdan bir asari ana shu «Jome ut-tavorix» b o iib , u o‘rta asr 
tarixnavisligining o‘ziga xos noyob asari hisoblanadi. Bu kitob o ‘rta 
asrlar Sharq tarixchiligida yangi an’anani boshlab bergan asardir. Unda 
umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi bilan birga, G ‘arb 
mamlakatlari. Xitoy hamda Hindiston tarixini ham yoritishga intilgan-u, 
Sharq mamlakatlari tarixini umumjahon tarixining bir qismi, deb hisob- 
lagan.
«Jome ut-tavorix» asari 1301-1311-yillar orasida G ‘ozonxonning 
(Qozon xon) topshirigi bilan yozilgan. Asar uch qismdan iborat:
1) M o‘g ‘ullar va ular asos solgan davlatlar - Ulug‘ yurt, ya’ni 
M o'g uliston va Elxoniylar davlati hamda m o‘g ‘ullar asoratiga tushib 
qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, 0 ‘rta Osiyo va Yaqin hamda O ita
Sharq mamlakatlari xalqlarining m o‘g"ul istolosigacha boigan qisqa- 
cha tarixi;
2) Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiyotdan avvalgi tarixi, 
Arab xalifaligi va uning tarkibida tashkil topgan G ‘aznaviylar impe- 
riyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati tarixi; Xitoy, qadimgi 
yaliudiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston tarixi;
3) Yer kurrasi hamda yetti iqlim mamlakatlarining geografik hola- 
ti. Afsuski, asaming so‘nggi, uchinchi qismi saqlanmagan. Q oivozm a 
1318-yilda Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan 
vaqtlarda yo‘qolgan boiishx mumkin. «Jome ut-tavorix» asarining, ay­
niqsa, turk-mo‘g ‘ul xalqlan tarixini o ‘z ichiga olgan qismi Markaziy 
Osiyo xalqlari tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. Kitobning 
O rta Osiyo, Eron va Kavkazorti xalqlarining XIII asr boshlaridagi ijti- 
moiy-siyosiy hayotiga oid qismlari ham nihoyatda qimmatlidir
Mavlono Nizomiddin Shomiy (yoki Mavlono Nizomiddin Shan- 
biy, Shanbi G ‘ozoniy) Tabrizning shimoli-g‘arbiy tarafida, undan ikki 
mil masofada joylashgan joyda tugilgan. U «Zafamoma» asari bilan 
mashhur boigan. 1402-yilda Amir Temur unga o‘zining tarixini aniq 
va sodda tilda yozib berishni buyurgan. Nizomiddin Shomiy bu asami 
1402-1404-yillar orasida yozib tamomlagan. Asar jahongiming hoki- 
miyat tepasiga kelishi (1370-yil)dan to 1404-yilgacha b o ig an voqca- 
larni o ‘z ichiga oladi. «Zafamoma» asari haqiqatan ham sodda tilda.
158


ravon uslubda yozilgan, daliliy m aium otlarga boy. Lekin Amir Te­
mur hayoti mazkur asarda birmuncha. Sharofiddin Aliga nisbatan kam 
ideallashtirilgan. Asar 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, Yaqin va 0 ‘rta Sharq 
mamlakatlarining XIV asming ikkinchi yarmi va XV asr boshlaridagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixini o ‘rganishda muhim va ishonchli manbalardan 
biri hisoblanadi. Nizomiddin Shomiy o ‘z asarini yozishda Ali Yazdiy- 
ning «Ro‘znomayi g'azavoti Hinduston», Amir Temuming uyg‘ur ko- 
tiblari tomonidan yaratilgan «Tarixi xoniy » va boshqa saroyda bitilgan 
kundaliklardan fovdalangan.
«Zafamoma»da Nizomiddin Shomiyning ikkita tahnn mavjud: 
1) 1404-yili Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taq- 
dim etilgan nusxa; 2) Mironshohning o‘g ‘li Mirzo Umarga. (1404-yil 
26-martda Amir Temur «Halokuxon taxti»ni, ya’ni G ‘arbiy Eron hamda 
Ozarbayjonni in’om qilgan) pavtida taqdim qilingan. U yuqorida qayd 
etib o ‘tilgan birinchi nusxadan deyarli farq qilmaydi. Asar «Zafamo- 
ma» deb alaladi. «Zafamomayi Temuriy», «Fathnomayi sohibqironiy», 
«Tarixi jahonkushoyi Temuriy» yoki «Zafamoma» nomi bilan mash­
hur bo‘lgan asami o ‘z davrining yirik tarixchisi Sharofiddin Ali Yaz- 
diy yozgan. U asli Eronning Yazd viloyatidagi Taft qishlog‘idan bo iib , 
turli fan sohalarini egallangan edi. Shuning uchun ham Alisher Navoiy 
uni «Sharaf davla va din», ya’ni din va davlat sharafx deb ta’riflagan. 
Sharofiddin Ali Yazdiy Fors viloyatining hokimi Temuriy Ibrahim Sul­
ton (1415-1435-y.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan homiysi boim ish 
mazkur shahzodanigina emas, balki Shohmxning ham zo‘r hurmat- 
e’tiborini qozongan edi. Sharofiddin Ali Yazdiy 1442-yilda Shohmx­
ning nabirasi va Sultoniya, Qazvin, Ray hamda Qum hokimi Sulton 
Muhammad (1442- 1446-y.)ning taklifi bilan Qumga keldi va shahzoda- 
ning xizmatiga kirdi. Sulton Muhammad 1446-yilda Shohmxning og‘ir 
kasalligidan foydalanib, isyon ko‘tardi, Hamadon hamda Isfahonni bo­
sib oldi, Sherozni qamal qildi. Shohmx unga qarshi qo‘shin tortdi.
Sulton Muhammad Shohmx bilan ochiq jang qilishdan qo‘rqib 
toqqa qochdi. Shohrux Sulton Muhammad bilan yaqin b o ig an kishi- 
lami, shuningdek, mahalliy sayyidlardan birmunchasini isyonda ish­
tirok etishda ayblab hibsga oldi va ko‘plarini o iim g a mahkum qildi. 
0 ‘shanda hibsga olinganlar orasida Sharofiddin Ali Yazdiy ham bor edi. 
Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug‘bekning to ‘ng‘ich o ‘g ii) aralashu-
159


vi bilan Sharofiddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. Shahzoda uni 
Samarqandga. otasi huzuriga jo n a tib yubordi. Sharofiddin All Yazdiy 
Samarqandda bir yil istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug bekning ilmiy 
izlanishlarida ishtirok etgan boiishi kerak. Shohrux vafotidan (1447-y.) 
keyin 1449-yilda Sharofiddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton 
Muhammadning ruxsati bilan yana o ‘z vatani Taftga qaytib bordi 
va umrining oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharofiddin Ali Yazdiy 
1454-yilda vafot etdi.
«Zafarnoma» asosan Nizomiddin Shomiyning shunday nomli asari 
asosida z o i badiiv mahorat bilan yozilgan. Lekin Sharofiddin Ali Yaz­
diy Nizomiddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealaming ba zilariga 
yangi tarixiy manbalar asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va da­
lillar bilan boyitdi. Amir Temuming shaxsiyati va uning faoliyatidagi 
qarama-qarshiliklar, y a’ni bir tomondan qattiqqoi ekanligi, ikkinchi to- 
monlan esa Movarounnahrdagi tarqoqlikka barham berib, markazlash- 
gan davlatga asos solganligi birmuncha to ‘g ‘ri va haqqoniy yoritilgan. 
Sharofiddin Ali Yazdiy asarining z o i qimmati shundaki, unda Mo‘g ‘ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin 0 ‘rda, Elxoniylar davlati, 
Chig‘atoy ulusi, shuningdek Movarounnahming Chingizxon zamoni- 
dan to Temur davlatining paydo boiishigacha bo ig an ijtimoiy-siyosiy 
tarixi qisqa tarzda yoritib berilgan. Asarning bu qismi «Tarixi jahon- 
gir» yoki «Muqaddimayi Zafarnoma» nomi bilan ataladi va 1419-yilda 
yozib tamomlangan. «Zafarnoma» asarining asosiy qismi, muallifi ng 
dastlabki rejalaaga ko ra, uch qism - maqoladan iborat b o im o g i, bi­
rinchi qismda. Amir Temur tarixi, ikkinchi qismda Shohrux Mirzo tarixi 
va nihoyat,, uchinchi qismda ushbu asar yozishning tashabbuskori Ib­
rahim Siiltonning davrida o ig a n voqealar bayon etilishi moijallangan 
edi. Lekin biz hozir asarning birinchi qismigagma egamiz, xolos 
UniMg ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Ehtimol. ikkinchi va 
uchinchi qismlari yozilmay qolgan b o is a kerak. «Zafarnoma» asari­
ning asosiy qismi 1425-yilda \ ozib tamomlangan. «Zafarnoma» asari­
ning muqaddimasi termasi va 10 yilgi Movarounnahr voqealaii bayoni
O. Bo‘riyev tomonidan taijima qilinib, 1996-vili nashr qilindi. Kitobning 
0 ‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o rganishdagi il­
miy ahamiyati juda katta Keyinchalik yaratilgan tarixiy asarlarga bu 
kitobning ta’siri yaqqol seziladi.
160



Download 6,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish