08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
30/232
Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi.
Isbot
qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
himoyachi, jamoat ayblovchisi,
jamoat himoyachisi,
shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning
vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar,
ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar,
xolislar,
shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan
tartibda dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq huquqlarni amalga oshiradilar
hamda majburiyatlarni bajaradilar.
87-modda. Dalillar to‘plash
Oldingi
tahrirga qarang.
Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini,
guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish;
yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish;
ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish;
murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun
namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish;
telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib
turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li
bilan to‘planadi.
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-651-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etishga haqli bo‘lib,
ular jinoyat
ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv,
dastlabki
tergov o‘tkazish va jinoyat ishini sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar:
ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan
yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga
va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar,
tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘planishi mumkin.
(87-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-
470-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Do'stlaringiz bilan baham: