Asosiy qoidalar


-modda. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

80-modda. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi
Ushbu Kodeksning 
76 — 79-moddalarida 
ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya,
xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat
birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki
fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar
o‘zlari bunday qilmasalar, ular shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi
tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki
jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish chog‘ida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan,
sud majlisida esa, sud tomonidan ham qo‘yilishi mumkin.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala ko‘rilguniga qadar tushuntirish berishga haqli.
Sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz
ko‘rib chiqiladi. Ovozlar teng bo‘linganda sudya rad qilingan hisoblanadi. Ko‘pchilik sudyalarni yoki
sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala to‘la tarkibdagi
sud tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ishni yakka o‘zi ko‘rayotgan sudyani rad qilish
masalasini uning o‘zi hal qiladi.
Prokurorni rad qilish masalasi ishni tergov qilish chog‘ida yuqori turuvchi prokuror tomonidan,
sud majlisida esa, ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini rad qilish masalasi ishni ko‘rayotgan sud tomonidan
hal etiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan
nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning,
fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi ishni tergov qilish chog‘ida surishtiruvchi yoki
tergovchi tomonidan, sud majlisida esa, ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Xolisni rad qilish masalasi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi.
Ishni tergov qilish chog‘ida qo‘yilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
tomonidan yigirma to‘rt soat ichida hal etiladi. Rad qilish sud majlisida qo‘yilgan bo‘lsa, bu masala
shu majlisda darhol hal etiladi.
Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu
Kodeksning 
76

79-moddalarida 
ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi rad etmasa, uni
rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki
qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi.
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘n
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish