Asosiy qoidalar


-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va
reabilitatsiya etilishi lozim:
1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy
hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa.
84-modda. Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun
asoslar
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay
turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti:
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘lsa;
2) e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo‘lsa;
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa;
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘lsa;
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga
kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud
ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘lsa;
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atiladigan hollarda uning shikoyati
bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 
325-moddasida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
29/232
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan
yoshga to‘lmagan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
8) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining 
tegishli moddasida shaxsning
o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan
moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati
bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan bo‘lsa.
(84-moddaning birinchi qismi 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
418-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 
1

2

3
va 
8-bandlarida 
nazarda tutilgan hollarda, agar
ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari
talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish
uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining o‘z harakatlari ahamiyatini anglay olmaydigan
yoki ularni boshqara olmaydigan darajada buzilishi yuzaga kelgan shaxs to‘g‘risidagi jinoyat ishi
ushbu Kodeksning 
61-bobida 
belgilangan tartibda aybdorlik haqidagi masala hal qilinmasdan
tugatiladi.
(84-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 
66 -moddasida 
nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu
Kodeksning 
62-bobida 
belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal
qilinmasdan tugatilishi mumkin.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuniga
muvofiq
to‘rtinchi qismi bilan to‘ldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning aybliligi haqidagi masalani hal
qilmay turib tugatilishi mumkin, basharti:
1) ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rib chiqish paytiga kelib, qilmish ijtimoiy xavflilik
xususiyatini yo‘qotgan yoxud vaziyat o‘zgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmay
qolgan deb e’tirof etilsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir
etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan,
jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa;
(84-modda beshinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-
277-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat
sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo
komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiq bo‘lsa.
(84-modda beshinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-
446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish