77-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik
qiladigan holatlar
Jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari
ushbu Kodeksning
76-moddasida
nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishda ishtirok
etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim.
78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga
monelik qiladigan holatlar
Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning
76-moddasida
nazarda tutilgan
holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga
xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli
emas va rad qilinishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning o‘z kasbiga noloyiqligi ayon bo‘lib
qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy
gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud
xodimi bo‘lsalar, rad qilinishlari lozim.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Materiallari ishning qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan taftish yoki o‘zga idoraviy tekshiruv o‘tkazgan
shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas.
Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish bo‘yicha ekspert qilib
tayinlanishi mumkin.
79-modda. Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar
vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning
vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) ilgari shu ish bo‘yicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga
qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh,
ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
(79-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
2) ushbu ishning tergovida yoki sudda ko‘rilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan
sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik
munosabatida bo‘lsa yoxud yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida u bilan bitim tuzgan protsess
ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxs bilan qarindoshlik
munosabatida bo‘lsa;
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida bo‘lsa, quyidagi hollar bundan
mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili bo‘lsa yoki o‘zi ishlaydigan va
fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan
muassasaning vakili sifatida qatnashsa;
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
27/232
4) o‘z himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki o‘zi vakillik
qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga
manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki muqaddam shunday
yordam ko‘rsatgan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |