Asosiy qoidalar


-modda. Davlat sirlarini qo‘riqlash



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

89-modda. Davlat sirlarini qo‘riqlash
Davlat sirlari bo‘lgan hujjatlar yoki narsalarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish va unga doir
boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan
yoxud sud ajrimiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi bunday harakatlarni o‘tkazish vaqti, joyi va boshqa
shartlarini shu hujjatlar yoki narsalarni saqlash uchun javobgar bo‘lgan korxona, muassasa yoki
tashkilot rahbari bilan kelishib oladi.
Bunday harakatlarni yuritishda ekspert, mutaxassis, xolis sifatida faqat davlat sirlari bo‘lgan
hujjatlar va narsalar bilan tanishishga ruxsat berilgan shaxslar ishtirok etadilar.
90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish
Ma’lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi
bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin.
Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida
surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu
shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilish
joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va
ularning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi
ishtirokchilari tasdiqlashni so‘ragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi
ko‘rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad
etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari,
shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar
kiritiladi.
91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar
Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv,
kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va
axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
32/232
dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun mutaxassislarni jalb
etishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo‘llangani,
foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha
tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar,
videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova
qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan
izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida
surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari
bilan tasdiqlaydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart:
1) o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;
2) tintuv;
3) ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;
4) tergov eksperimenti;
5) shaxsni ushlash;
6) himoyachidan voz kechish;
7) shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish.
(91-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda to‘rtinchi qismining 
5


va 
7-bandlarida 
nazarda tutilgan protsessual
harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga
olingan holda amalga oshiriladi.
(91-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish