Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
VI BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA 
UNING ELEMENTLARI
 
6.1. O‘zbekiston pul tizimining tashkil
topishi va rivojlanishi 
 
O‘zbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta 
so‘mning muomalaga joriy etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Milliy 
valyuta so‘m muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan holda 
mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini shartli ravishda 
uchta 
bosqichga
guruhlash orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
Birinchi bosqich
.
Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil 
sentyabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Ushbu davrda O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita 
bog‘liq edi. Chunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi 
muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya 
rubli bilan amalga oshirilar edi. Bu davrda pul – kredit tizimi o‘z 
boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi.
“Mustaqillikning birinchi yillarida O‘zbekiston hukumati siyosiy 
va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ikki o‘zaro ziddiyatli, 
biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan 
siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy 
qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki 
sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari uchun o‘ziga xos xususiyat 
edi”
32

Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining 
birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi: 
– banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan 
ta’minlashdagi muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki “rubl 
zonasida”gi mamlakatlarga berayotgan har bir rublini 25 foizi 
miqdorida to‘lov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 100 rublning 25 rublini 
qaytarib olib qolish sharti bilan mablag‘ bergan bo‘lsa, asta sekin bu 
to‘lov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga, jumladan, oziq – 
ovqat mollari va paxtaga ehtiyojning kuchayganligi sababli o‘zidan 
32
Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. Т.: O‘zbekiston, 2001. 33 b. 


119 
olib kelayotgan mablag‘ni 100 foiz tovar bilan ta’minlash shartini 
qo‘ydi. Ya’ni O‘zbekiston o‘zi olib ketayogan qadrsizlangan qog‘oz 
pullar o‘rniga jahon bozorida qiymati oltin bilan o‘lchanadigan paxta 
tolasi berishga majbur bo‘layotgan edi
33
;
– sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida iqtisodiy munosabat-
larning uzilishi bilan bog‘liq, shuningdek, hisob – kitoblarni amalga 
oshirishda vujudga kelgan muammmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan 
bo‘lsada, uning tarkibiga kirgan respublikalar o‘rtasidagi mavjud 
iqtisodiy aloqalarni birdan to‘xtatib qo‘yishning imkoniyati mavjud 
emas edi. Bu o‘z navbatida pul mablag‘lari bilan bog‘liq hisob – 
kitoblarni tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal 
qilgan rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob – 
kitob ishlarining izdan chiqishi ushbu ishlarni amalga oshirishni 
qiyinlashtirib yubordi. Shu bois ham, 1993 yil may oyidan mamlaka-
timiz Markaziy banki milliy valyutasini joriy etgan MDH mamlakatlari 
va O‘zbekiston o‘rtasidagi tuzilgan bitimlarni qayta ko‘rib chiqib, 
tijorat banklariga Markaziy bank vakillik hisobvarag‘ini chetlab o‘tib, 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisob – kitoblarni olib borishi ta’qiqlandi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit 
siyosatini amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil 
topishining birinchi bosqichida buning imkoniyati mavjud emas edi
chunki muomalaga chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki 
tomonidan amalga oshirilib, ularni tartibga solish imkoniyati mavjud 
emas edi. 
Yuqorida qayd etilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank 
tizimida, balki barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham 
qator ijtimoiy – iqtisodiy muammolar vujduga kela boshladi. Natijada 
ular 1992 yilning may – iyun oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini 
muomalaga kirita boshladi.
Quyidagi jadvalda milliy valyutalarni muomalaga kiritgan 
mamlakatlar va ularning sanasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Buning natijasida, o‘z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda 
sobiq Ittifoqning 1961 – 1992 yillar namunasidagi rubllar qadrini 
yo‘qotgan “oddiy qog‘oz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, 
bu jarayon mamlakatimiz iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda 
katta hajmda chetga oqib ketishi ro‘y berdi. 
33
Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. Т.: O‘zbekiston, 2001. 38 b. 


120 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish