Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Ikkinchi bosqich
1993 yil noyabrdan 1994 yil iyun oyiga to‘g‘ri 
keladi. Ushbu davrda, ya’ni 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga oraliq 
«so‘m – kupon»lar kiritildi.
1993 yil 15 noyabrdan boshlab Rossiyaning nominali 5000 va 
10000 bo‘lgan rubllari muomaladan chiqarildi. Bu pullar Jamg‘arma 
bank muassaslarigagina topshirilishi kerak edi. Shu bilan birga, bu 
kupyuralarni bank muassasalarida qiymati past bo‘lgan kupyuralarga 
almashtirish ta’qiqlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 
noyabrdagi «Iste’mol bozorini himoyalash va respublikada pul 
muomalasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar 
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dekabrdan boshlab sobiq 
SSSR Davlat bankining 1961 – 1992 yillar namunasidagi 200, 500 va 
1000 rubllik pul biletlarining muomalada to‘lov vositasi vazifasini 
bajarishi to‘xtatildi. 
Bu kupyuralar 25 ming rublgacha bo‘lgan tovarlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar haqi tarzida hamda Jamg‘armabank muassasalari tomonidan 
doimiy turar joy ro‘yxatida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolaridan 1993 yil 1 dekabrgacha qabul qilindi. Fuqarolarning 
Jamg‘armabank muassasalariga qo‘yadigan omonatlarining cheklangan 
summasi kupyuralar qiymatidan qat’i nazar 200000 rubl miqdorida 
belgilandi. Ushbu miqdordan oshgan summalar 1993 yil 4 dekabrgacha 
alohida maxsus foizsiz hisobvaraqlarga kiritildi. 
Mazkur qarorda 1961 – 1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 
10, 25, 50 va 100 rubl bo‘lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to‘lov 
vositasi sifatida muomalada bo‘lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl 
qiymatidagi kupyuralar 1993 yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10 va 
25 rubl bo‘lgan kupyuralar esa, 1994 yil 1 yanvargacha muomalada 
bo‘ldi. Ushbu banknotlarni 1993 yil 6 dekabrdan boshlab Jamg‘ar-
mabank muassasalari tomonidan omonatlarga qabul qilish to‘xtatildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 
noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida “so‘m – kupon”lar-


122 
ning muomalada bo‘lish tartibini yanada takomillashtirish chora – 
tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi hududida 
1993 yil 15 noyabrda muomalaga chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 
50, 100, 200, 500, 1000, 5.000, 10.000 bo‘lgan so‘m – kuponlar 
qonuniy to‘lov vositasi hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Bunda, Rossiya 
Davlat bankining 1993 yil namunasidagi barcha qiymatdagi bank-
notlari dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘m – 
kuponlar bilan bir qatorda cheklovlarsiz to‘lov vositasi sifatida qabul 
qilindi. 
Shu tarzda, 1993 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi 
hududida quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo‘ldi: so‘m – 
kuponlar, sobiq SSSR Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo‘lgan 
kupyuralari va Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi 
kupyuralari. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 
aprelda qabul qilingan “Pul muomalasini mustahkamlash va “so‘m – 
kupon”ning xarid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan 
chora – tadbirlari to‘g‘risda”gi qarori pul muomalasini barqaror-
lashtirish, so‘mning xarid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart – 
sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq
1994 yil 15 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida 
Rossiya banki banknotalarining muomalada bo‘lishi hamda yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan turli to‘lovlarga qabul qilinishi ta’qiqlab 
qo‘yildi
35
.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish