Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

“Standart modellari”
quyidagilardan 
iborat: 
1-bosqich. Inqirozni o‘z ichiga oladi. 
2-bosqich. Bankni restrukturizatsiyalash. 
3-bosqich. Yo‘qotilgan aktivlarni boshqarish

1-bosqichning
asosiy yo‘nalishi vaziyatni stabillashtirish va 
jamoatchilik ishonchini tiklashdan iborat. Bunda bank likvidliligini 
ta’minlashga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda tezkor ravishda likvidlilikni 
ta’minlashga yordam ko‘rsatish va ortiqcha likvidlilik sterilizatsiya 
qilinishi kerak. Shuningdek, inqiroz sabablarini aniqlash va ularni hal 
etish kerak. 1-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-
tadbirlar quyidagilardan iborat: 
- omonatchilar manfaatlarini himoya qilish;
- ishonchli makroiqtisodiy siyosatni tashkil etish;
- kapital chiqib ketishini cheklash bo‘yicha choralarni belgilab 
olish; 
- faoliyatini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan muassasa-
larni tugatish; 
- o‘rta muddatli restrukturizatsiya dasturini qabul qilish; 
- ishonchni tiklash uchun siyosat yuritishda shaffof bo‘lish; 
- agarda yuqorida ko‘rsatilgan choralarning barchasi samarasiz 
yakun topsa, oxirgi chora sifatida administrativ (ma’muriy) choralarni 
qo‘llash kerak. 
2-bosqichning
asosiy yo‘nalishi byudjet xarajatlarini minimal-
lashtirish orqali sektorlar davomiyligi va samaradorligini tiklashdan 
iborat. Bunda institutsional va huquqiy tuzilmalar banklar ustuvorligini 
ta’minlaydigan qonunchilik hujjatlari, aktivlar transferi va ularni 
baholashni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar hamda buxgalteriya 
hisobi va audit qoidalarini qabul qilishlari kerak. 2-bosqichda amalga 
oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat. 
Banklar 
diagnostikasida:
- bir xil mezonlarni qo‘llash;


316 
- o‘rta muddatli maqsadlarni ko‘zlash (foyda olish imkoni 
bo‘lgan);
- maxsus auditorlar rolini ko‘chaytirish kerak. 
Barqaror va yetarli darajada kapitallashuv darajasiga ega 
bo‘lmagan banklar: 
- vaqtinchalik restrukturizatsiya rejasini ishlab chiqish, xususiy 
kapitalni jalb qilish; 
- intensiv hisobot va monitoring yuritishni nazorat qilish kerak. 
Nobarqaror va to‘lov layoqatliligiga ega bo‘lmagan banklar: 
- tugatilishi yuzasidan qisqa muddatda bir qarorga kelish; 
- tugatilishi yuzasidan rozilik beruvchi yuqori tashkilotga 
murojaat qilish; 
- depozitlar ishonchli bankka o‘tkazib berilishi kerak.
Shuningdek, banklar kapitallashuvida davlat mablag‘laridan 
foydalanishni amalga oshirish kerak. 
3-bosqichning
asosiy yo‘nalishi harakatsiz (taqdim etilmagan) 
kreditlarga ruxsat berishdan iborat.
Inqirozdan keyingi davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: 
- yoppasiga kafolatlar berishdan voz kechish; 
- administrativ (ma’muriy) choralardan voz kechish; 
- davlat (hukumat) mulkidan chiqish; 
- inqirozning ikkinchi to‘lqinidan himoyalanish maqsadida 
korporativ restrukturizatsiyalashni davom ettirish lozim.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar bilan bir qatorda, banklar uchun 
yuqori qarzdorlik va ular vakolatlarining ortishi ayrim siyosiy 
kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Qarz barqarorligi inflyatsiya, YaIM o‘sish darajasi va byudjet 
defitsitiga bog‘liqdir. Uni quyidagi formula orqali keltirib o‘tamiz. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish