Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga kirish



Download 0,53 Mb.
Sana08.01.2021
Hajmi0,53 Mb.
#55067
Bog'liq
CHB

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga kirish


Buxgalteriya hisobining professionallashuvi - bu buxgalteriya ishlarining ushbu sohada ma’lum professional bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan bajarilishi hamda mamlakat darajasida buxgalteriya hisobining muammolari, jumladan standartlashtirish, buxgalterlarning professional malakasini oshirish, ushbu professiyaning axloq qoidalarini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan notijorat va nodavlat tashkilotlarning faoliyat yuritishi.

Buxgalteriya hisobining xalqaro integratsiyalashuvi. Xalqaro sarmoyadorlar, kreditorlar va menejerlarning xalqaro biznes faoliyatlari to’g’risida axborotlarga bo’lgan extiyojini qondirish maqsadida milliy buxgalteriya hisobi tamoyillari va standartlaridagi umumiy va ilg’or tajribalarni mujassamlantirish asosida ishlab chiqilgan buxgalteriya hisobining xalqaro o’lchovlari va tamoyillariga o’tish jarayonidir.

Buxgalteriya hisobi bo’yicha xalqaro tashkilotlar. Buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiyalashuvi jarayoni, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini ishlab chiqish hamda buxgalteriya hisobining xalqaro muammolari bilan shug’ullanuvchi notijorat professional tashkilotlar.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona – bu qatnashchilaridan biri albatta xorijiy investor bo’lgan, xorijiy investitsiyaning aktsiya (hissa, pay)lar yoki ustav kapitalidagi hissasi 30 foizdan va miqdori qonunchilikda belgilangan summadan kam bo’lmagan va ustav kapitalini o’z vaqtida shakllantirgan huquqiy shaxs.

xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar

o’z sarmoyasini kiritishi bo’yicha yengilliklar tug’diradi

xorijiy investorlar ular bilan erkin tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari predmeti

xalqaro standartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari

shu mablag’lar manbalari

xo’jalik faoliyati



moliyaviy natijalari

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob’yektlari

< yuqoridagilarning harakari bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik

foyda va zararlar

daromad va xarajatlar

kapital

majburiyatlar

moddiy va nomoddiy aktivlar

Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf olinishi kutiladigan resurslardir.

Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi.

Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning aktivlardagi bo’lgan ulushi.

Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir.

Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.

Foyda faoliyat natijalarini o’lchashda yoki boshqa ko’rsatkichlarni, ya’ni investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda kabilarni asosi sifatida foydalanadi. Foydani o’lchash bilan bevosita bog’liq elementlar – bu daromadlar va xarajatlardir.

Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta’sischilar tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir.

Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko’payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir.

EʼTIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish