287
berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning
asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlarni ijaraga berish,
asosiy
usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va ta’minotni
faollashtirish hisoblanadi.
Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok
etadi:
ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‘lajak lizing beruvchiga
tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs;
lizing
beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib
oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum
muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga
beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida
etarli darajada moliyaviy
mablag‘ga ega bo‘lgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari,
korxonalar maydonga chiqadi;
lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga
asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga
chiqadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan
shartnomaga ko‘ra, lizinga olingan mashina va jihozlarning shartnoma
muddati tugagandan so‘ng lizing beruvchiga
qaytariladi yoki lizing
oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos bo‘lgan shartnoma
hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujassam-
lashadi. Shu bois, lizing so‘zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.
Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra,
kredit munosabatlariga xos
bo‘lib, kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‘zida aks
ettirsada, kredit sifatida to‘liq e’tirof etilmaydi. Chunki, kreditor va
qarzdor kapital sifatida pul mablag‘i bilan emas,
balki ishlab
chiqaruvchi jihozlar vositasida o‘zaro munosabatga kirishadi. Shu bilan
birga, lizing kredit hisoblanib, unda kreditning barcha tamoyillari o‘z
aksini topadi, shu jihatdan lizing qiymat shaklidagi kredit ko‘rinishida
emas, balki tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud bo‘lib,
ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
– lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlarni
sotib olish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar
etishmovchiligi
yoki mavjud emasligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qimmat va
288
zamonaviy mashina va jihozlarni sotib olish bilan bog‘liq
muammo-
larni echishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni
tashkil etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini
olishda muhim rol o‘ynaydi;
– ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va
jihozlarni sotish bilan bog‘liq muammolar bartaraf
etilishi natijasida
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi;
– lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‘lari samarali
manbalarga joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda
olish imkoniyati vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: