Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
XIII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA 
UNING TARKIBI
 
13.1. O‘zbekiston bank tizimining tashkil
topishi va rivojlanishi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo‘g‘in-
dan tashkil topadi. 
Bank tizimi
– 
bu ma’lum tarixiy davr ichida 
shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul – 
kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muas-
sasalar majmuidir
. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan 
davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat 
bo‘lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sharoiti va 
tarixiy shakllanishiga qarab o‘ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat 
yuritadi.
O‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, 
ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. 
Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) 
va emission bo‘lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikro-
kredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi 1987 – 
1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to‘g‘ri keladi. 
O‘sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan 
Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o‘zgartirish orqali, 
iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan 
banklarni tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan 
islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: 

ikki pog‘onali bank tizimini tashkil etish; 

davlatning ixtisoslashgan banklarini xo‘jalik hisobi va o‘zini 
o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif 
etish, zamonaviy hisob – kitob shakllarini va kredit munosabatlarini 
amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir. 


230 
Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va bank-
larni qayta qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat 
ko‘rsatishida, kredit va hisob – kitob munosabatlarida ayrim o‘zga-
rishlar sodir bo‘ldi. Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega 
bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurs-
larini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida 
o‘z mavqiyeni deyarli yo‘qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi 
davrida 1988 – 1989 yillarda banklarni isloh qilishning ikkinchi 
bosqichi boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aksiyadorlik tijorat 
banklari vujudga kela boshladi.
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamla-
katda xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog‘onali bank 
tizimi tashkil topishi yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yildi. «1991 yilning 
o‘zidayoq «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonun qabul 
qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, eski Davlat bankining respublika idorasi 
bazasida mustaqil O‘zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va 
unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie berildi»
72
.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning dast-
labki yilarida o‘z faoliyatini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonun asosida amaga oshirdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, etmish 
yildan ortiq markazdan rejalashtirish sharoitida faoliyat yuritib kelgan 
bank tizimining maqsadi, majburiyati, vazifalari va ishlash tartibi 
yangidan tashkil etilgan ikki pog‘onali bank tiziminikidan tubdan farq 
qilar edi. Shu jihtdan ham uning bazasida tashkil etilgan bank tizimi 
oldida juda katta va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan, mam-
lakatda iqtisodiy jarayonlarni to‘xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti 
sharoitiga asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish, 
muomalaga milliy valyutani joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari 
bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan hisob – kitoblarni amalga 
oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil 
etilishi, uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit 
muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bog‘liq 
vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro 
bank andozalariga o‘tib bormoqda. 
 
72
Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов таҳрири остида. Т.: Ўзбекистон, 2001. 
34 б.


231 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish