Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
13.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
naqd pul muomalasi bo‘yicha asosiy vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘lov vositasi sifatida 
banknotlar va tangalar ko‘rinishdagi naqd pul belgilarini muomalaga 
chiqarish va muomaladan qaytarib olish bo‘yicha mutloq huquqga ega.
Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ularni saqlash, 
muomaladan qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan 
pul belgilarini yangi pul belgilariga almashtirish vazifalarini bajaradi. 
Shuningdek, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarini saqlash 
maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini tashkil etadi va ular 
bo‘yicha pul mablag‘larining tarkibiy qismlarini, ya’ni banknot va 
tangalar ko‘rinishidagi qoldiq limitlarini belgilaydi. Tijorat banklari 
aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan 
o‘rnatiladi. 


236 
Markaziy bank Respublika banklarida pul muomalasini va kassa 
ishlarini tashkil etish hamda ularning buxgalteriya hisobini yuritish 
bilan bog‘liq barcha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi. 
Markaziy bank o‘zining asosiy maqsadini to‘la qonli bajarish
ya’ni pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy 
valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini 
muttasil o‘rganadi va tahlil qiladi hamda uni mustahkamlash uchun 
amaliy choralar ko‘radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari 
kassalari orqali o‘tganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan 
tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog‘liq faoliyatini 
tartibga soladi va nazorat qiladi. 
Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish 
maqsadida tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy 
bo‘lgan quyidagi talablar o‘rnatilgan: 
a)
kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi; 
b)
tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish 
tartibi; 
d)
tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘rnatish tartibi; 
e)
tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira 
pullarini tashkil qilish tartibi; 
f)
tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho‘t qilish tartibi; 
g)
xo‘jalik subyektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati 
tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi; 
h)
banknotlar va monetalarni to‘lovga yaroqlilik qobiliyatini 
aniqlash tartibi; 
i)
xo‘jalik subyektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi; 
j)
naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi; 
k)
kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi; 
l)
chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish 
tartibi.
Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) 
zimmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrida pul muomalasini tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan 
bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring yuritadi.
Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning 
qayta sanalishi, to‘lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to‘lov 
qobiliyatini yo‘qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda 
saralash, taxlash, tegishli ravishda o‘rab bog‘lash va qayta muomalaga 


237 
chiqarilishi kabi ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy 
bankning barcha muassasalari va tijorat bank bo‘limlariga doimiy 
ravishda tegishli ko‘rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining 
«yaroqli», «eskirgan» va «to‘lovga yaroqsiz» toifalar bo‘yicha 
mezonlarini ishlab chiqadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish