XIV BOB. MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI
14.1. Markaziy bank mustaqilligining
mezonlari va zarurligi
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati hamda uni
mamlakat hududida bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish-
dagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o‘ziningn
rivojlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyot-
dagi bank tizimining birinchi pog‘onasida real o‘zgarishlar bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga
bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ldi. Mazkur muammoni tahlil
etishda asosiy e’tibor - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat
iqtisodiy siyosati yo‘nalishiga qaramligi, ya’ni aniqrog‘i bu tobelikning
darajasiga bog‘liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati milliy
iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa,
bunday bog‘liqlikni samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa
katta ahamiyatga egaki, bu bog‘liqlik Markaziy bank tomonidan
qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank
tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi metodlarni va yo‘na-
lishlarni tanlashda hamda qonun bo‘yicha Markaziy bank mustaqilligi
darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solish-
dagi o‘rni ko‘p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo‘nalishlarni ham
asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko‘rib
chiqish mumkin.
Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish mexa-
nizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan
iqtisodiy nazariyalar yo‘nalishlari o‘rtasida etarli darajada o‘xshashlik-
larni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda
(keynschilar tarafdorlari nazariyasi bo‘yicha) Markaziy banklarning
o‘rni kuchayadi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qo‘llash
kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi
va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida marka-
241
ziy banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan
foydalanishga o‘tishiga majbur bo‘ladilar. Markaziy bank shunday
vaziyatlarda o‘zining vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va
valyuta siyosatidagi muammolarni echish uchun Moliya Vazirligiga
beradi.
Biroq, g‘arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko‘r-
satadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rnini o‘zgarishiga
subyektiv omillar ham katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan,
hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Misol qilib, G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlar Markaziy bank-
larining rolini o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda bir
qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini shu
milliy bank tizimining boshqaruvida ko‘zga ko‘ringan hukumat va
halqaro doiralarda obro‘-e’tibori yuqori bo‘lgan moliya arboblari
boshqarganligini ta’kidlaydilar. Buning oqibatida o‘sha davrdagi milliy
valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi hukumatning iqtisodiy
chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qo‘llash mumkin
bo‘lgan edi.
U yoki bu Markaziy bankning o‘z faoliyatidagi mustaqillik dara-
jasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi)ga xolis
baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning musta-
qilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy
banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-
kredit siyosatini tanlash va o‘tkazishda davlat boshqaruv organlariga
ko‘proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi.
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu uning o‘z
instrumentlaridan o‘zi xohlagan yo‘nalishda va chegaralanmagan
miqdorda foydalana olishiga aytiladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklarini
turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi
xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
Umuman olganda markaziy banklarning mustaqilligini ustun-
ligini o‘rganish tadqiqotlarida subyektiv yoki obyektiv faktorlarga baho
berib ajratish mumkin. Masalan, subyektiv faktorlar sifatiga mamlakat
Markaziy banki bilan hukumat o‘rtasidagi o‘zaro rasmiy munosabat-
larni hamda Markaziy bank rahbarlarining hukumat doirasi bilan
bo‘lishi mumkin bo‘lgan norasmiy aloqalarni tanlab ko‘rsatishgan.
242
Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqilikning 4 ballik
tizimi tanlangan: 1-ballga - markaziy banklarning davlat boshqaruvidan
past darajada mustaqilligi, ya’ni to‘la qaramligi; 4-ballga - mustaqillik
darajasi juda yuqori bo‘lgan markaziy banklar kiradi.
73
Sanoati
rivojlangan
mamlakatlar
Markaziy
banklarining
mustaqilligini obyektiv faktorlariga baho berishda, masalan, quyidagi
mezonlarni kiritish mumkin:
Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda
davlatning ishtiroki;
bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning
faoliyat ko‘rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning
faoliyatini nazorat qilish shakli;
Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish
darajasi;
Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘rnatilgan
qonun bilan to‘xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo‘nalishi
bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga
solishning mavjudligi;
mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to‘g‘ri va
egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va
shakllari.
Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va
faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi mamlakatda
bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlash, shuningdek aholi va mijozlarning bank
tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi
qonunda “Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish
borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari
yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan
javobgar bo‘lmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majbu-
riyatlarni olmagan bo‘lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa”
74
, deya belgilab qo‘yilgan.
Xalqaro amaliyotda Markaziy banklarning mustaqilligi quyidagi
mezonlar asosida aniqladi:
73
Тожиев Р.Р., Жумаев Н.Х. Марказий банкнинг монетар сиёсати: Укув кулланма.Т.: ТДИУ,
2002. 30 б.
74
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида”
қонуни. 6 моддаси. 1995. 21 декабрь.
243
pul siyosatining ochiq e’lon qilingan maqsadlari mavjudligi;
hukumat
Markaziy
bank
bashorat
qilgan
inflyatsiya
ko‘rsatkichlarini qabul qilish tartibi;
Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki
boshqa organlar tomonidan aralashuv darajasi;
Markaziy bankka mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi.
Maqsadlarni belgilashda mustaqillik, agar asosiy maqsad yoki
pul-kredit siyosatining maqsadlari mamlakat qonunchiligida aniq
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, markaziy bank o‘z faoliyatini mustaqil ravishda
belgilashi mumkin.
Operatsion mustaqillik, markaziy bank o‘z-o‘zidan amalga oshi-
radigan oraliq va monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi,
bu esa pul-kredit siyosatining yakuniy maqsadlariga erishish orqali
milliy valyutaning barqarorligiga yo‘naltiriladi. Markaziy bankning
pul-kredit siyosatining maqsadlarini mustaqil ravishda belgilash va
operativ mustaqillikka erishish huquqi sifatida joylashtirilishi, moyil
hukumatning pul-kredit siyosatiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini
kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin.
Monetar siyosat vositalarining mustaqil bo‘lishi, o‘z maqsad-
lariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning
to‘liq mustaqilligini nazarda tutadi. Bu pul-kredit siyosati sohasida
tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga topshirish
uchun hukumat (asosiy) va markaziy bank (agent) o‘rtasida bir xil
kelishuvni tuzish deganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |