Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

siyosiy mustaqilligi

ta mezon bo‘yicha baholanadi

1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi. 
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi. 
3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a’zolari Hukumat-
ning ishtirokisiz tayinlanadi. 
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq 
boshqaradi. 
5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakil-
larining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q.


245 
6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomo-
nidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi. 
7. Markaziy bankda qonun bo‘yicha ustuvor maqsadlardan biri 
sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati 
bo‘lishi kerak. 
8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qol-
ganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonun-
chilik me’yorlarining mavjudligi. 
GMT indeksi bo‘yicha Markaziy bankning 
iqtisodiy mustaqilligi
 
7ta mezon bo‘yicha baholanadi

1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining 
mavjud emasligi. 
2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beri-
ladi. 
3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma’lum muddatga 
beriladi. 
4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi. 
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi 
ishtirokchisi hisoblanmaydi.
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi 
ishtirokchisi hisoblanmaydi.
6. Markaziy bank o‘zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat 
bilan kelishmasdan, o‘rnatadi. 
7. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan 
javobgardir. (Bu holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball 
o‘zlashtiriladi yoki boshqa davlat organi bilan birgalikda amalga 
oshirilsa 1 ball qo‘yiladi). 
Har bir mezon 2 ta o‘lchamga ega, ya’ni 0 va 1 ball bilan 
baholanadi. 
0 – mustaqillik darajasi past; 
1 – mustaqillik darajasi yuqori. 
Siyosiy va iqtisodiy mustaqillik indekslari bo‘yicha to‘plangan 
ballar qo‘shilib, umumiy mustaqillik indeksi aniqlanadi. 
Umumiy mustaqillik indeksining eng yuqori darajasi 15 ballga 
teng. 
Shundan: 
siyosiy mustaqillik – 8 ball 
iqtisodiy mustaqillik – 7 ball.


246 
Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi: 
1)
MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi; 
2)
MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi; 
3)
Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari 
a’zolarining ulushi;
4)
Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko‘ra 1 dan 5 
gacha baholanadi.
Bundan tashqari, MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini 
tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishida ham ko‘zga 
tashlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini 
tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumatning 
aralashishi, bank boshqaruvida hukumat vakillari ishtirok etishi hamda 
hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chega-
ralanganligi kabilar ularning mustaqil qaror qabul imkoniyatini 
bermaydi.
Hozirgi davrda dunyo bo‘yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng 
yuqori bo‘lgan Markaziy bank – bu Yevropa Markaziy bankidir 
(EMB). Xususan: 

EMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va yevrohudud 
hukumatlariga umuman bo‘ysunmaydi;

EMB baholar barqarorligiga javob beradi;

EMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o‘zgartirilishi 
mumkin emas.
EMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta 
ko‘rib chiqish natijasida o‘zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab 
jarayon bo‘lib, barcha ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi.
AQSh FZTning ham siyosiy mustaqillik darajasi yuqoridir. 
FZT Boshqaruvchilar kengashi a’zolari 14 yilga tayinlanadi. 
AQSh Prezidenti faqat 2 muddatga (8 yil) saylana oladi. FZT Prezi-
denti nomzodini AQSh Prezidenti Senatga taqdim etadi, shuningdek 
FZT pul-kredit siyosatini amalga oshirishda mustaqildir. 
Ammo FZTning siyosiy mustaqillik darajasi EMBnikidan past, 
chunki FZTga Kongress ta’sir ko‘rsata oladi.
Kanada va Angliya Markaziy banklarining siyosiy mustaqillik 
darajasi bundan ham pastdir. 
Kanada Markaziy bankining Direktori Hukumat tomonidan tas-
diqlanadi. Pul-kredit siyosati instrumentlarini mustaqil tanlay olmaydi. 


247 
Kanada Markaziy banki va Hukumati o‘rtasida kelishmovchilik 
yuzaga kelsa, Moliya vazirligi direktiva chiqarish huquqiga ega va 
Markaziy bank uni bajarishga majbur. 
Ammo hozirga qadar Moliya vazirligi bironta ham direktiva chi-
qarmagan. Chunki, direktiva yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish