222
talab va taklifni tartibga solish mexanizimi sifatida qo‘llanilmoqda.
Fanda bu usul monetarizm (pulning miqdoriy nazariyasi)
nomi bilan
mashhur bo‘lib ketgan.
Bunda shuni qayd etib o‘tish lozimki, klassik – dastlabki mone-
tarizm asoschilari muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini asosan
muomaladagi mavjud tovarlar qiymati va turli pulli to‘lovlar
yig‘indisidan kelib chiqqan holda aniqlashga uringanlar.
Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari
muomaladagi pul miqdorini belgilovchi yangi obyektiv omillar
vujudga kela boshlagan. Ayniqsa, pul muomalasi banklar tomonidan
tartibga solina boshlangandan so‘ng pulga bo‘lgan
talab va taklif
banklarning ssuda foizlari darajasiga ko‘proq bog‘lanib borishi
kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan pulga bo‘lgan talab
va taklifni boshqarish bilan bog‘liq yangi zamonaviy monetarizm
vujudga kelgan.
Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul
miqdorini aniqlash bo‘yicha olimlar tomonidan bugungi kungacha
yaratilgan barcha nazariyalarni taxlil qilib chiqish mumkin emas.
Lekin, Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy
naqd pul siyosatining negizini chuqurroq
tushunish uchun ularning
ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Masalan, ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623 – 1687) muomala
uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdori aholining bir haftalik pul
daromadlari, yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning yarmi va barcha
eksport qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining
yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan.
Ingliz faylasufi J. Lokka (1632 – 1704)
muomala uchun zarur
bo‘lgan naqd pullar miqdorini ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara
haqining to‘rtdan bir qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan
bir qismlarining yig‘indisi sifatida topishni taklif qilgan.
Ingliz iqtisodchisi R. Kantilon (1680 – 1734) muomala uchun
zarur bo‘lgan naqd pullar miqdori mamlakatdagi mavjud mahsulotlar
qiymatining to‘qqizdan bir qismi yoki yer ijarasi uchun to‘lanadigan
haqning uchdan bir qismiga teng bo‘lishi lozimligini e’tirof etadi.
Shotland iqtisodchisi A. Smitt (1723 – 1790) ushbu ko‘rsatgichni
aniqlash mumkin emas deb hisoblagan bo‘lsa ham, lekin ko‘pgina
olimlar uni yillik umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining
223
beshdan, o‘ndan, yigirmadan va o‘ttizdan bir qismiga teng bo‘lishini
ta’kidlaganlarini eslatib o‘tadi.
Agar, e’tibor berilgan bo‘lsa yuqorida sanab o‘tilgan
nazariyalar
klassik, ya’ni dastlabki monetarizmga taalluqli ekanligini sezish qiyin
emas.
Zamonaviy monetarizm nazariyasining ilk namoyondalaridan
bo‘lgan ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842 – 1924) muomala uchun
zarur bo‘lgan naqd pullar miqdori aholining qo‘lida pul ushlab turish
istagi va ulardan daromad ololmaslik xavfi bilan o‘lchanishini o‘rtaga
tashlagan. Yoki, A. Marshall fikricha odamlar qo‘lidagi ortiqcha naqd
pullardan hech qanday naf ololmaslik hissi muomala uchun zarur bo‘l-
gan naqd pul miqdorini belgilashda asosiy omil bo‘lib hizmat qiladi.
Miqdoriy pul nazariyasining yorqin namoyondalaridan bo‘lgan
mashhur ingliz olimi J. Keyns (1883 – 1946) ilk bor muomala uchun
zarur pul miqdorini bank foizlari darajasi bilan bog‘liq
ekanligini
aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning fikricha bank foizlari stavkasi
tushib ketsa, odamlar pullarini banklarda saqlashdan ko‘ra o‘z
qo‘llarida ushlab turishni ma’qul ko‘radilar va muomalada pulga
bo‘lgan talab oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi ko‘tarilsa, odamlar
qo‘lidagi pullarini daromad olish maqsadida banklarga qo‘yishdan
manfaatdor bo‘ladilar va muomalada pulga bo‘lgan talab pasayib
ketadi. Ko‘rinib turibdiki, J. Keynsning pulga bo‘lgan talabni aniqlash
ta’limoti uchun “foizlar nazariyasi” asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shundan kelib chiqqan holda J. Keyns, muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori mamlakat milliy boyligining o‘ndan bir qismidan
tortib to ellikdan bir qismigacha bo‘lgan oraliqda o‘lchanishi mumkin
deb hisoblagan. J. Keynsning bu fikrini inkor qilib bo‘lmasada,
lekin
uning nazariyasiga ko‘ra muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pulning
aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi.
Shu sababli, naqd pul muomalasini samarali boshqarish usullarini
qidirish bo‘yicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi
olimlar tomonidan pul miqdorini aniq ko‘rsatkichlariga erishish
bo‘yicha bir qancha yangi nazariyalar yaratildi.
Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va
J. Tobinlar tomonidan bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yaratilgan
“portfel tanlovi” nazariyasidir.
Ushbu nazariyaga asosan bitimlarni amalga oshirish uchun naqd
pulga bo‘lgan talab odamlarning kassa shaklida (qo‘lida) saqlanadigan
224
naqd pullar bo‘yicha vujudga keladigan alternativ xarajatlarini (bank
foizlari sifatida olinishi mumkin bo‘lgan daromadlarini yo‘qotilishi
nazarda tutilmoqda) hisobga olgan holda aniqlanadi. Yoki, mualliflar
yil davomida baholar barqaror va xarajatlar bir xil bo‘lgan
hollarda,
odamlar rejalashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun qancha naqd
pullarni o‘z qo‘lida saqlab turishlari maqsadga muvofiq ekanligini
aniqlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan va uni quyidagi
formula orqali ifodalashgan:
N=
Do'stlaringiz bilan baham: