Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
qayta moliyalash siyosati tarixidan 
Markaziy bank mustaqillikning dastlabki yillarida o‘zining 
qayta moliyalash stavkasidan inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy 
qurollardan biri sifatida foydalandi. Milliy valyuta muomalaga 
kiritilgan paytda qayta moliyalash stavkasi yiliga 150 foizni tashkil 
etar edi. Ammo milliy valyutani muomalaga kiritilgungacha bo‘lgan 
davrda inflyatsiyaning inertsiya kuchi shu darajada katta ediki, tezda 


217 
qayta moliyalash stavkasining bu darajada yetarli emasligi ma’lum 
bo‘lib qoldi. Inflyatsiyani kamaytirish borasida yanada qat’iyroq 
siyosat yuritish maqsadida Markaziy bank 1994 yil oktyabr oyidan 
boshlab qayta moliyalash stavkasini 150 foizdan 225 foizgacha 
ko‘tardi. 1995 yil fevral oyida 250 foizgacha oshirilgan bo‘lsa, mart 
oyidan boshlab 300 foiz etib belgilandi*.
Inflyatsiya darajasining anchagina kamaytirilishi Markaziy 
bankning qayta moliyalash stavkasini ham asta – sekin tushirib 
borishi uchun zamin yaratdi. 1996 yili qayta moliyalash stavkasi 50 
foizni tashkil etgan bo‘lib, keyinchalik pasayib borish tendensiyasiga 
ega bo‘lgan. Xususan, 2003 yil 16 iyulda 24%, 2003 yil 10 
sentyabrda 20%, 2004 yil 5 iyulda 18%, 2004 yilda 12 yanvarda 16%, 
2006 yil 15 iyulda 14%, 2011 yil 1 yanvarda 12% belgilandi**.
 

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov tahriri 
ostida. T.: «O‘zbekiston» nashriyoti, 2001y. 59 – 60 – betlar. 
** O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining e’lon qilingan 
ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
 
Ochiq bozordagi siyosati.
 
Markaziy bankning ochiq bozordagi 
siyosati – bu davlatning obligatsiyalari, xazina veksellari va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarini yuridik va jismoniy shaxslarga sotishi va sotib 
olishi bilan bog‘liq operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va 
o‘zining qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini 
pasaytiradi. Bu o‘z navbatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini 
mustahkamlash va inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.
Markaziy bank sotilgan qimmmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish 
orqali muomaladagi pul massasining oshishiga va tijorat banklarining 
qo‘shimcha pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga zamin 
yaratadi. 
Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa muddatli obligat-
siyalarini va o‘zining obligatsiyalarini muomalaga chiqarish orqali 
ochiq bozordagi operatsiyalarini amalga oshiradi. Markaziy bank 
ushbu operatsiya orqali tijorat banklarining likvidliligiga va qimmatli 
qog‘ozlarning 
foiz 
stavkasiga 
ta’sir qiladi. Markaziy bank 
obligatsiyalari va davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish iqtisodiyotda 
pul massasini kamaytiradi, ularni muomaladan qaytarib sotib olish esa 
teskari natijani beradi.


218 
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari orqali pul – 
kredit siyosatini amalga oshirishning samarali usullaridan biri hisob-
lanib, mamlakatning pul va fond bozoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, 
shuningdek, milliy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy bank va hukumat tomonidan chiqariladigan qimmatli 
qog‘ozlar eng avvalo ta’minlanganligi va foizining nisbatan yuqoriligi 
ularning jozibadorligini oshiradi va yuridik hamda jismoniy shaxslarni 
sotib olishga undaydi.
Shuningdek, ushbu qimmatli qog‘ozlarga fond bozorlarida 
talabning yuqoriligini ta’minlashga erishish, ularni sotib oluvchilarning 
likvidli aktivlarining hajmini ortishiga xizmat qiladi. Shu bois, 
investorlarda qo‘shimcha mablag‘larga zaruriyat tug‘ilganda ularni 
fond bozorlarida qiyinchiliklarsiz sotish orqali talabini qondirish 
imkoniyatiga egadirlar.
Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar o‘zining zaif jihat-
lariga ham ega. Birinchidan, iqtisodiyotda inflyatsiyaning mavjudligi 
yuridik va jismoniy shaxslarda davlatning va Markaziy bankning 
qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga bo‘lgan manfaatdorligini tushirib 
yuboradi. Ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlarning qaytarish muddati yetib 
kelganda ularga to‘lanadigan foizlar bilan qaytarib sotib olinishi 
mamlakatda dastlabki pul massasini ortishiga olib keladi, qimmatli 
qog‘ozlarga 
to‘lanayotgan 
foizlarning 
hajmi 
tovarlar 
bilan 
ta’minlanmagan bo‘lsa iqtisodiyotda baho va inflyatsiya darajasining 
oshishiga zamin yaratadi.
Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlardan tushgan 
mablag‘lar asosan davlatning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
vazifalarini bajarishga va byudjet taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi. 
Davlat byudjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash manbasi 
bo‘lgan qisqa muddatli obligatsiyalar (DQMO) 1996 yil mart oyidan 
muomalaga chiqarildi.
Markaziy bank 1998 yil yanvardan boshlab ikkilamchi bozorda 
davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotish va sotib olish 
operatsiyalarini o‘tkaza boshladi
71

Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari «O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat qisqa muddatli 
obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish to‘g‘risida» 
71
Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов тахрири остида. Т.: Ўзбекистон, 2001. 
62 б. 


219 
muvaqqat Nizom, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
yuridik shaxslar uchun obligatsiyalarini chiqarish va ular muomalasi 
to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy 
shaxslar uchun obligatsiyalarni chiqarish va ular muomalasi 
to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
banklarga lombard krediti berish tartibi to‘g‘risida nizom» va boshqa 
me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish