Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

arzon pullar 
siyosati
ni qo‘llashi mumkin. Bunday siyosatning maqsadi kredit foiz 
stavkalarini pasaytirish orqali iqtisodiyotga pul taklifi va investitsiyalar 
hajmini oshirishga qaratilgan, bu albatta mamlakatda iqtisodiy o‘sish 
va bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiyotda 
pul taklifini oshishi kredit foiz stavkalarini pasayishiga olib keladi, 
bunday sharoitda Markaziy bank ko‘pchilik hollarda davlatning 
qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi, majburiy zaxira normasi va qayta 
moliyalash stavkasi (hisob stavkasi) darajasini pasaytirishi lozim. 
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hollarda Marka-
ziy bank 
qimmat pullar siyosati
ni qo‘llaydi, buning asosiy maqsadi 
umumiy xarajatlar va umumiy taklifni qisqartirishga qaratiladi. Bunda 
Markaziy bank tijorat banklarning ortiqcha pul mablag‘larini 
sterilizatsiya qilish maqsadida davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotadi, 
majburiy zaxira va hisob stavkalari normasini oshiradi. 
Pul – kredit siyosatining qator usullari mavjud bo‘lib, ularning 
asosiylari quyidagilardan iborat: 
 – tijorat banklariga nisbatan o‘rnatilgan majburiy zaxira 
siyosati; 
 – tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi); 
 – ochiq bozordagi siyosati;


214 
 – valyuta va depozit siyosati. 
Iqtisodiy adabiyotlarda va xalqaro bank amaliyotida Markaziy 
banklarning pul – kredit siyosati monetar siyosat, monetar instru-
mentlar tarzida ham yuritiladi. Biroq, Markaziy bankning pul – krediti 
siyosati qanday tarzda yuritilishiga qaramasdan, ularning maqsadi bitta 
masalaga, ya’ni mamlakat milliy valyutasining barqarorligini 
ta’minlashga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyoti va xo‘jalik yuritish tajribasidan ma’lum-
ki, milliy valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda 
inflyatsiya darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining 
pasayishiga olib keladi va aksincha. Ya’ni, inflyatsiya darajasining 
pasayishi esa mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi.
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga 
salbiy ta’sir etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlash uchun pul – kredit siyosati usullarini amali-
yotga joriy etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul – kredit siyo-
sati “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qo-
nunning 23 – moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetar 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ishlab chiqiladi.
Xususan, ushbu siyosat:
– iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko‘rsatkichlarini;
– muomalada bo‘lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan 
asoslangan chegaralarini;
– pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq maqsadli ko‘rsatkich-
larini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o‘zgarishini;
– valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini;
– pul – kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq 
maqsadli asosiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish