Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

iY
/ 2F 
bunda: 
N – bankka tashriflar soni; 
F – har bir tashrifning xarajatlari qiymati; 
Y – qo‘ldagi naqd pullar miqdori (aniq kassa qoldiqlari); 
i – omonat bo‘yicha to‘lanadigan bank foiz stavkasi. 
Bunga ko‘ra, bankka tashriflar soni oshgan sari xarajatlar 
ko‘payadi va odamlar qo‘lidagi pul miqdori oshib boradi, ayni paytda 
esa bankdan olinishi mumkin bo‘lgan foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 
kamayib boradi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida bizning Respublikada ham 
boshqa barcha sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mamlakatlar qatori 
muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sobiq “SSSR Davlat banki” 
qo‘llagan kassa rejasini tuzish usuli bilan aniqlanib keldi. Ma’lumki, 
ma’muriy buyruqbozlik boshqarish usuliga asoslangan sotsialistik 
jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va pulli hizmatlar narhi hamda 
unga asosiy qarama – qarshi ko‘rsatgich bo‘lgan ish haqi miqdori 
deyarli o‘zgarmasdi. Bu esa, bank kassalaridan beriladigan va kelib 
tushadigan naqd pullar miqdorini aniq belgilash imkonini berardi. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari to‘la shakllanib ulgurmagan 
sharoitda bizning Respublikada ham kassa aylanmalarini homcho‘t 
qilish orqali naqd pul muomalasini tartibga solish usulidan 
foydalanilmoqda. Tijorat banklari kassa aylanmalarini xom – cho‘ti 
faqat choraklik davrlar uchun qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pulga bo‘lgan 
talab va taklifni o‘rganish maqsadida statistika organlaridan olingan 
ma’lumotlarga asosan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- xalq iste’mol mollarining umumiy hajmi, turlari bo‘yicha ishlab 
chiqarilishi, chiqarilayotgan mahsulotlar aholi talablariga mos bo‘lishi 
borasida doimiy monitoring olib boradi, tayyor sanoat mahsulot-


225 
larining qoldig‘ini, savdoning ahvoli va tovar zahiralarining holatini, 
chakana savdo tarmog‘idagi tovar zahiralari tarkibini tovar aylanma-
sining mo‘ljaldagi hajmining bajarilishini tahlil qiladi; 
- aholining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji qanday 
qondirilayotganini o‘rganadilar hamda ana shu o‘rganish natijalaridan 
aholining to‘lovga qobil talabini qondirishni yaxshilash yuzasidan 
takliflar ishlab chiqadi; 
- pul muomalasining holatini hamda uning tavsiflovchi ko‘rsat-
kichlarni tahlil qilish asosida tegishli idoralar bilan birgalikda pul 
muomalasini barqarorlashtirish, tashkilotlarning naqd pulga bo‘lgan 
ehtiyojlarini uzluksiz qondirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib, 
joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga qo‘yadilar. 
Bundan tashqari, Markaziy Bank hududiy Bosh Boshqarmalari

- tegishli hududda pul muomalasini tashkil etadilar va amalga 
oshiradilar; 
- pul muomalasining ahvolini, naqd pul emissiyasining hududiy 
taqsimlanishini o‘rganadilar, banklarning kassa aylanmasini tahlil 
qiladilar, pul muomalasining holatini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni jam-
laydilar va tartibga soladilar; 
- kassa resurslarini tartibga soladilar, tashkilotlarning naqd 
puldagi hisob – kitoblarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash 
choralarini ko‘radilar; 
- banklarning pul muomalasi sohasidagi ishlarini tahlil qiladilar 
va o‘rganadilar.
Shu bilan birgalikda, naqd pulga bo‘lgan talabni qisqartirish 
maqsadida tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob – kitoblarni 
rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radi.
Ushbu tadbirlar albatta naqd pulga bo‘lgan mutloq talabni aniqlash 
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Lekin, amaliy jihatdan pulga, xususan 
naqd pulga bo‘lgan talab xo‘jalik subyektlari va aholining naqd pulga 
bo‘lgan aniq ehtiyojlarini hisob – kitob qilish orqali belgilanadi. 
Barcha naqd pul oqimlari harakati bank kassalaridan boshlanib yana 
bank kassalariga qaytish bilan yakunlanadi. Bu esa, bank kassalari 
orqali o‘tadigan pul oqimlarini o‘rganish natijasida yaqin kelajakdagi 
naqd pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini yaratadi. 
Lekin, bozor munosabatlari shakllanib borgan sari eski usul bilan 
naqd pul muomalasini boshqarish o‘z samarasini yo‘qotib bormoqda. 
Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar bahosi va ish haqi 


226 
miqdorining o‘zgarib turishi sababli zarur naqd pul miqdorini aniq 
belgilash mumkin emas. 
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi “Pul – kredit ko‘rsatkichlarini 
tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘-
risida” 63 – sonli qaroriga asosan jami pul massasi ustidan samarali 
nazoratni amalga oshirish maqsadida pul agregatlarining zamonaviy 
usullari amaliyotga joriy qilina boshlandi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish