ERGASHEVA SAYYORA BIA84i
Joriy nazorat
3-variant
Mamlakatda pul-kredit siyosatini olib borish, pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarishda Markaziy bankning huquq va majburiyatlari.
Bank siri, uning oshkor qilinishi, oshkor qilinishini taqiqlash va muhofaza qilish.
To’lov tizimining sub’ektlari va ular o’rtasidagi munosabatlar.
Banki ishi kafedra mudiri: Omonov A.
JAVOBLAR ..
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
II. Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.
Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
Bank siri instituti bank huquqining uzviy qismi bo‘lib, banklar va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Bank huquqida bank siri institutining mavjudligi real hayot va qonunchilik talabi bo‘lib, usiz bank huquqi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Zero, bank bilan munosabatlarga kirishayotgan mijoz o‘z omonatlari, amalga oshirayotgan bank operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarning begonalarga oshkor bo‘lishidan manfaatdor bo‘lmaydi. Bunday holat mijozda bankka bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Shuning uchun, davlat bank siri muhofaza qilinishini qonunchilik bilan belgilab qo‘ygan.
Bank siri tushunchasiga ta’rifni qonunchilikdan olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi normalariga murojaat qiladigan bo‘lsak, banklar bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashni kafolatlashi belgilangan. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasi mijozlarning operatsiyalari, hisobvaraqlari va jamg‘armalariga oid ma’lumotlarning sirligini kafolatlash banklar zimmasida ekanligini mustahkamlagan. 2003-yilga kelib iqtisodiyotda bozor instrumentlarini ko‘proq joriy qilish, bank va mijoz munosabatlarining istiqbolliligini ta’minlash, fuqarolar qo‘lidagi mablag‘larni bank omonatiga tezroq jalb qilish kun tartibidagi masalaga aylanib bordi. Shu yili “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati belgilab qo‘yildi:
– mijozlarning operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga oid ma’lumotlar;
– mijozga bank xizmatlari ko‘rsatilishi tufayli ushbu mijozdan olingan ma’lumotlar;
– amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlarga oid ma’lumotlar (mijoz topshirig‘iga binoan yoki uning foydasi uchun amalga oshirilgan bo‘lsa);
– banklar o‘rtasidagi operatsiyalarda ma’lum bo‘lib qolgan, boshqa bankning mijoziga tegishli ma’lumotlar;
– jamg‘arib boriluvchi pensiya tizimidagi ma’lumotlar (pensiya badallari miqdori, summalar harakati, pensiya jamg‘armalari ishtirokchilari).
Mazkur 3 qonun hujjatida bayon etilgan “bank siri” ta’rifiga e’tibor qilsak, tadrijiy jarayonni ko‘ramiz, ya’ni tushuncha ta’rifi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilgan. Shunday qilib, bank tizimi xizmatidan foydalanuvchi mijoz va bank munosabatlari haqidagi ma’lumotlar maxfiy saqlanishi kerak, ayni paytda, bunday muhofaza ostidagi axborotlar bank sirini tashkil qiladi. Doktrinada ham shu mazmundagi ta’riflar berilgan bo‘lib, qonunchilik shu doktrinalar ustida qurilgani buni asoslaydi.
Bank sirini oshkor qilishdan tiyilish lozim. Bank siri qay tarzda oshkor qilinishi mumkin va buni kimlar amalga oshirishga qodir?
Bank sirini oshkor qilish turlicha yo‘nalishda yuz berishi mumkin. Masalan, bu turdagi ma’lumotlar OAVda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va Internet saytlarida e’lon qilinadi. Bank siri hisoblanmish ma’lumotlar og‘zaki tarzda tarqatib yuboriladi, buni yozma shaklda amalga oshirish ham mumkin. Bu vaziyatda uchinchi shaxslar bevosita yoki bilvosita bank siridan voqif bo‘lib qoladilar.
Bank sirining tasodifan oshkor bo‘lib qolishi kam hollarda yuz beradi. Aksar holatda bunday ma’lumotlarga erishish uchun harakat qilinadi. Tabiiyki, bundan g‘arazli maqsadlar ko‘zlanadi. Shundan kelib chiqib, uchinchi shaxslarning bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi uchun ularga bevosita yoki bilvosita imkoniyat yaratib berish ham bank sirining oshkor qilinishidir. Ba’zida esa bank siridan qonuniy xabardor bo‘lgan mansabdor shaxs o‘z kasb majburiyatlariga sovuqqonligi, ehtiyotsizligi tufayli maxfiy axborot saqlanish tartibi buziladi. Mazkur holatda bank sirining oshkor bo‘lib qolishi uchun sharoit yuzaga keladi. “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi buni ham bank sirining oshkor etilishi deb belgilagan. Biz uchinchi shaxslar haqida fikr yuritar ekanmiz, kimlar uchinchi shaxs ekanligini ham aniqlashtirib olishimiz kerak. Qonunchilikka ko‘ra quyidagi shaxslar – bank, uning mijozi(vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari barcha shaxslar uchinchi shaxs hisoblanadi.
Bank sirining oshkor qilinishiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirish mumkin emas. Bu qonunchilik bilan taqiqlangan, ya’ni xizmat vazifasini bajarish chog‘ida shaxs o‘ziga ishonib topshirilgan, ma’lum bo‘lib qolgan, qonuniy tartibda taqdim qilingan bu ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Shuningdek, ulardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaati yo‘lida foydalanish ham qonunan taqiqlangan. Shu o‘rinda bir jihatga e’tibor qaratishni ham unutmaslik kerak: “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi Markaziy bankka bir qancha vazifalarni yuklagan, jumladan, banklar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish, ularni nazorat qilishni ham. Markaziy bank bu vazifalarni bajarishi davomida bank siriga doir ma’lumotlardan boxabar bo‘lib qolishi mumkin. “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun Markaziy bankka bu ma’lumotlarni oshkor etmaslik va taqdim qilmaslik majburiyatini yuklagan (Ushbu Qonunning 6-moddasi).
Bank siri muhofaza qilinsagina, uning ahamiyati saqlanadi. Majozan aytganda, sir kimda bo‘lsa, o‘sha o‘ziga mahkam bo‘lishi lozim. Tabiiyki, bank sirining muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi. Bu kafolatning in’ikosi sifatida yuqorida tilga olingan Qonundagi choralarni ko‘rsatish joiz. Jumladan, bank rahbarlari va xodimlariga o‘z vazifalarini bajarishi orqasidan ma’lum bo‘lib qolgan axborotlarni oshkor qilish va g‘arazli niyatlarda uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi (7-modda). Bu norma bilan go‘yoki mazkur Qonunning 6-moddasidagi norma takrorlangandek ko‘rinadi, biroq shunga e’tibor qaratish kerakki, 6-moddada yuqoridagi harakatlarni bajarish taqiqlanadi. 7-moddada esa bu qilmishni bajarishi mumkin bo‘lgan subyektlarga urg‘u berilib, yuqoridagi norma mazmuni ochiladi. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, bank rahbari yoki xodimi ishdan bo‘shashi (bo‘shatilishi) sababli bank sirini oshkor qilmaslik majburiyatidan ozod bo‘lmaydi. Ya’ni, bank bilan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham u bank sirini oshkor qilmaslikka majbur. Ayni paytda, bank sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning keraklicha saqlanishi uchun tashkiliy va texnikaviy choralar ko‘rishga, tadbirlar qo‘llashga bank mas’ul sanaladi.
Bank sirini oshkor qilish taqiqlanishini tushundik, biroq qonunda belgilab qo‘yilgan shunday holatlar borki, bank siri muayyan vaziyatlarda ma’lum bir shaxslarga taqdim qilinadi. Bu qonuniy asoslarsiz bo‘lmaydi, albatta. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilanishicha, yuridik shaxsning bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar uning o‘ziga, prokurorga, sudlarga, jinoiy ish doirasida esa surishtiruv va tergov organlariga beriladi. Jismoniy shaxslarning bank siri doirasidagi ma’lumotlari uning o‘zi, sudlar, surishtiruv va tergov organlariga berilishi mumkin (38-modda). “Bank siri to‘g‘risidagi” Qonun esa bu holatlarni batafsil bayon qiladi.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun kerak bo‘lgan axborot (bank siri) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim qilinadi. Tabiiyki, buning uchun belgilangan tartibga amal qilinishi va zaruriy vaziyat (masalan, ommaviy qirg‘in qurolini sotib olishga urinish) mavjud bo‘lishi kerak. Shu qatorda, Hisob palatasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Adliya vazirligi, kredit byurolariga ham bank siriga doir axborot taqdim etilishi mumkin, lekin esda tutish kerakki, bunga faqat ushbu tashkilotlarga yuklatilgan vazifani bajarish doirasidagina va belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, bank sirini olishga haqli bo‘lganlar qatoriga davlat ijrochisi va davlat soliq xizmatchisi ham kiradi. Ular bank mijoziga soliq solish yoki unga nisbatan qo‘zgatilgan ijro ishi doirasidagina axborot olishlari mumkin. Shunday qilib, bank siriga kiruvchi ma’lumotlar ularni so‘ragan organga qonuniy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat shaklida taqdim qilinadi. Konvert yopiq va muhrlangan, elektron hujjat bo‘lganda esa himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborilgan bo‘lishi shart.
3. To‘lov tizimining a’zolari va to‘lov tizimidan foydalanuvchilar to‘lov tizimining subyektlaridir.
To‘lov tizimidan foydalanuvchilarga elektron to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar to‘lov tizimining a’zolaridir.
Qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslarga elektron to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, shu yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘lov tizimidan foydalanuvchilardir.
Banklararo to‘lov tizimi
Banklararo to‘lov tizimi banklar o‘rtasidagi elektron to‘lovlarni banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Bankning ichki to‘lov tizimi
Bankning ichki to‘lov tizimi bank filiallari va mijozlari o‘rtasida elektron to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to‘lov tizimi bilan o‘zaro harakatda bo‘lish uchun mo‘ljallangan.
Bankning ichki to‘lov tizimi qoidalari to‘lov tizimining a’zosi — bank tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |