85
Chesbrough
&
Rosenbloom
(2002)
Biznes model - texnik
salohiyatni iqtisodiy
qiymat bilan birlashtirgan evristik mantiq.
Magretta
(2002)
Biznes modellari – “korporatsiyalar ortidagi
mantiqni tushuntiradigan hikoyalar. Yaxshi
biznes model Piter Drakerning azaliy
savollariga
javob beradi: Iste’molchi kim? Mijozning
qiymati qanday? Shuningdek,
u har bir menejer
berishi kerak bo‘lgan savollarga javob beradi: biz
bu biznesda qanday qilib pul ishlashimiz
mumkin? Qanday qilib biz iste’molchilarga
ma’lum bir narxda qiymat yetkazib berishimizni
tushuntirib beradigan iqtisodiy mantiq nima?
Morris va
boshqalar
(2005)
Biznes model – ma’lum bir bozorda barqaror
raqobatbardosh
ustunlikni
yaratish
uchun
venchur strategiyasi, arxitektura va iqtisodiyot
sohalarida o‘zaro bog‘liq yechimlarni qanday hal
qilish kerakligi haqida qisqacha ma’lumotdir ...”.
Biznes model oltita asosiy tarkibiy qismlarni o‘z
ichiga oladi: 1)
qiymatni namoyish etish; 2)
mijozlar; 3) ichki jarayonlar; 4) vakolatlar; 5)
tashqi joylashishni aniqlash; 6) biznes model va
shaxsiy investitsiya omillari.
Jonson va
boshqalar
(2008)
Biznes model – birgalikda
qiymatni yaratadigan
va yetkazib beradigan to‘rtta o‘zaro bog‘liq
elementlardan iborat:
1)
elementlar iste’molchilarga taqdim etadigan
qiymat;
2)
foyda keltiradigan formulalar; 3) asosiy
resurslar; 4) asosiy jarayonlar.
86
Casadesus-
Masanell &
Ricard,
(2010)
Biznes model – bu firma faoliyatining mantig‘i,
uning manfaatdor tomonlari (biznesga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir
qilishi mumkin
bo‘lgan shaxslar yoki tashkilotlar) uchun qiymat
yaratish operatsiyalarini amalga oshirish usuli, ...
bu firma strategiyasining aksidir.
Teece
(2010)
Biznes model – iste’molchi uchun qiymat
taklifini
qo‘llab-quvvatlovchi
mantiqni,
ma’lumotlarni va boshqa dalillarni shuningdek,
ushbu qiymatni yaratish uchun kompaniyalarning
foydali daromad va xarajatlari tarkibini aniq
belgilaydi.
Iqtisodchi Derek Abellning mantig‘iga binoan, biznes
modelni kompaniyaning quyidagi uchta o‘zaro bog‘liq savollariga
beradigan javoblarining yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqish mumkin:
1. Bizning maqsadli iste’molchimiz kim?
2.
Maqsadli
iste’molchilarimizga qanday tovarlarni
(xizmatlarni) taklif qilishimiz kerak va ular boshqalardan nimasi
bilan ajralib turishi kerak?
3. Buni maksimal samaradorlik bilan qanday qilishimiz
mumkin?
Muayyan kompaniya nuqtai nazaridan optimal biznes
modelini yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat:
1) biznesning muvaffaqiyati biznes modeli haqida o‘ylashdan
emas, balki haqiqiy iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirish
imkoniyati haqida o‘ylashdan boshlanishini o‘z ichiga oladi;
2) ikkinchi bosqich shablonni ishlab chiqish hisoblanadi. Shu
asosda yuqoridagi imkoniyatni amalga oshirgan kompaniya qanday
qilib rejalashtirilgan foyda darajasiga erishishi mumkinligi
to‘g‘risida tushuncha hosil bo‘ladi.
3) uchinchi bosqich allaqachon faoliyat yuritayotgan
kompaniyalarga tegishli: u dastlabki ikki bosqichda ishlab
chiqilgan vazifalarni amalga oshirish uchun amaldagi modelni
qanchalik o‘zgartirish kerakligini tushunishdan iborat. Uch
87
bosqichning taklif qilingan ketma-ketligini
quyidagicha sxematik
tasvirlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: