Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


 Jahon xo‗jaligining globallashuvi xalqaro logistikaning oyoqqa turish



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

3.5. Jahon xo‗jaligining globallashuvi xalqaro logistikaning oyoqqa turish 
omili sifatida 
Xalqaro logistikaning rivojlanishi, logistik vazifalarning qo‗yilishi va 
ularning samarali hal qilinishi jahon bozoridagi tendensiyalarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
bog‗liq bo‗ladi. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti doimo rivojlanib boruvchi 
globallashish va ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi kuchli raqobat sharoitlarida 
ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi yo‗lidan bormoqda. Bugungi kunda 
globallashish tendensiyasi jahon makrologistika tizimlarining rivojlanishida yaqqol 
ko‗zga tashlanadi. Bu tendensiya bir tomondan, yirik transmilliy korporatsiyalar 
(TMK) va moliya-sanoat guruhlari (MSG) uchun xarakterli bo‗lgan tayyor 
mahsulotni sotish bozorlari, ishlab chiqarish, moddiy-texnik ta‘minot, ishchi kuchi, 
kapitalning globallashuvini, ikkinchi tomondan esa – davlatlararo makrologistik 
transport-logistika, telekommunikatsiya, distribyusiya tizimlarining yaratilishi va 
rivojlanishini aks ettiradi.


83 
Kompaniyalarni jahon bozoriga chiqishga undaydigan sabablar juda ko‗plab 
topiladi. O‗sishga bo‗lgan intilish va raqobat kurashida jon saqlab qolish 
kompaniyalarni xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga majbur qiladi. Shu bilan 
birgalikda texnologiyalar va ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlanishi ham 
ularga xo‗jalik faoliyatini globallashtirishni osonlashtiradi.
Keyingi yillarda ko‗pgina yirik kompaniyalarning vakillari global bozor 
tomonidan taqdim qilinadigan imkoniyatlarni tadqiq qilish zarurligini anglab 
etdilar. Masalan, ko‗pgina firmalar logistikani samarali qo‗llash va moddiy 
resurslarni samarali boshqarishni tashkil qilish uchun xorijiy xomashyo 
manbalarining potensialini baholash zarurligini tushunib etdilar. Tayyor 
mahsulotni eksport qilish va xorijdagi bozorlarga suqilib kirish jarayonida butun 
jahonga yoyilgan global (xalqaro) logistika tizimlari va tarmoqlarini tashkil qilish 
zarurligi ravshan bo‗lib qolgan [9, 8-bet]. 
Bir paytning o‗zida yirik kompaniyalar yangi tovarlarni sotish bozorlari va yangi 
xomashyo manbalarini qidirishda marketing tadqiqotlarini o‗tkazish sohasini 
geografik jihatdan kengaytirmoqdalar. Bir qator xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar 
global logistik konsepsiyalarni joriy qilishda unumdorlik, samaradorlik va 
differensiatsiyani oshirish hisobiga raqobat ustunligini qo‗lga kiritish imkoniyatini 
ko‗rmoqdalar [5, 10 bet]. 
Globallashish fenomenini izohlaydigan sabablarni tahlil qilish oltita majmuaviy 
omilni ajratish imkonini beradi, ularning qisqacha tavsifi 3.2 jadvalda keltirilgan. 
Jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy globallashish jarayonlarini chuqurroq 
tushunish uchun uning tarixini ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ikkinchi 
jahon urushi tugagandan keyin ko‗pgina mamlakatlarning iqtisodiyotining 
rivojlanishi iqtisodiy o‗sish va ko‗tarilish tendensiyasi bilan tavsiflanadi, jahon 
savdosi va logistika sohasidagi sarf-xarajatlar doimo o‗sib borgan. Xalqaro savdo 
hajmlarining o‗sish sur‘atlari jahon ishlab chiqarishining o‗sish sur‘atlaridan ikki 
martaga oshiq bo‗lgan, shu munosabat bilan 1950 yildan boshlab xalqaro savdo 
eksporti hajmi qariyb 10 martaga oshgan, jahon tovar ishlab chiqarish hajmi esa – 
taxminan 5 martaga oshgan.


84 
3.2 jadval. 
Biznesning globallashuvini shartlaydigan omillar [9, 9-bet]. 
Omil 
Qisqacha tavsifi 
Iqtisodiy 
Kapitalning katta konsentratsiyalanishi va 
markazlashuvi, transmilliy kompaniyalar va moliya-
sanoat guruhlarining o‗sishi, xalqaro kooperatsiya va 
mehnat taqsimoti, xalqaro marketing, elektron 
savdolar, xalqaro logistika 
Siyosiy 
Davlat chegaralari tobora shaffoflashib boradi, 
odamlar, tovarlar va kapitalning ko‗chishi uchun 
tobora ko‗proq erkinlikni taqdim qiladi 
Xalqaro 
Globallashishning dinamikasi globallashish 
jarayonini rag‗batlantiradigan yirik xalqaro 
voqe‘liklar bilan bog‗lanadi: 
Evropa Ittifoqining tashkil qilinishi (Evropa 
hamjamiyatlarining 1985 yilda Lyuksemburgda 
bo‗lib o‗tgan konferensiyasi), u tovarlar, odamlar, 
xizmatlar va kapitalning xalqaro harakatida 4 ta 
erkinlikni e‘lon qilgan Evropa aktini qabul qilgan 
(1987 yilda kuchga kirgan) 
1986 yilda Punta-del-Esteda bo‗lib o‗tgan GATT 
konferensiyasi, 8 yil davom etgan Urugvay 
muzokaralari raundini boshlab bergan (asosan 
tariflarni pasaytirish va savdodagi cheklashlarni 
bartaraf qilish bo‗yicha) 
Germaniyaning birlashi, Iqtisodiy Hamkorlik 
Kengashining tugashi, ―sovuq urush‖ ning tugashi va 
boshqalar 
Texnik 
Zamonaviy transport vositalari, axbort tizimlari va 
texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiyalar, 
avtomatlashgan qayishqoq ishlab chiqarishning 
rivojlanishi axborot, texnologiyalar, tovarlar, 
mablag‗larning tezda yoyilishi uchun misli 
ko‗rilmagan imkoniyatlarni yaratadi 
Jamoatchilik 
An‘analar, ijtimoiy aloqalar va urf-odatlarning 
zaiflashishi odamlarning geografik, ma‘naviy va 
emotsional jihatdan safarbarligini oshiradi
Liberallashish 
Ko‗pgina mamlakatlarda bojxona, savdo, soliq 
qonunchiligining liberallashishi,transportni tartibga 
solish iqtisodiy faoliyatning baynalminallashuvi 
tendensiyasini kuchaytiradi 
Xalqaro savdo-sotiqning barqaror o‗sishiga quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatgan: 


85 
– xalqaro mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning baynalminallashuvining 
rivojlanishi; 
– ilmiy-texnik revolyusiya, u tufayli asosiy kapital yangilangan, iqtisodiyotning 
yangi tarmoqlari paydo bo‗lgan va eskilarini rekonstruksiyalash tezlashgan; 
– jahon bozorida transmilliy korporatsiyalarning faol tarzdagi faoliyati; 
– xalqaro savdoning tariflar va savdo to‗g‗risidagi Bosh Kelishuv (GATT) 
tadbirlari vositasida tartibga solinishi (liberallashishi); 
– ko‗pgina mamlakatlarda savdoning liberallashuvi, importga miqdoriy 
cheklashlarni bekor qilish va bojxona to‗lovlarini sezilarli darajada pasaytirishni 
ko‗zda tutuvchi erkin iqtisodiy zonalarning tashkil qilinishi; 
– savdo-iqtisodiy integratsiyalanish jarayonlarining mintaqaviy to‗siqlarni 
bartaraf qilish, umumiy bozorlar va erkin iqtisodiy zonalarni yaratishni ko‗zda 
tutadigan rivojlanishi; 
– sobiq mustamlaka mamlakatlarining siyosiy mustaqillikni qo‗lga kiritishi va 
ulardan ba‘zilarining tashqi bozorga yo‗naltirilgan iqtisodiyot modeliga ega 
bo‗lgan yangi sanoatlashgan mamlakatlarga aylanishi [5, 13-bet]. 
XX asrning ikkinchi yarmida tashqi savdoning dinamikasidagi notekislik yaqqol 
ko‗zga tashlanib qolgan, u jahon bozoridagi kuchlar nisbatiga ta‘sir ko‗rsatgan. 
AQSH o‗zining ustivorlik holatini boy bera boshlagan: 1950 yilda unga jahon 
eksportining 1/3 qismi to‗g‗ri kelgani holda, 1990 yilga kelib bu ko‗rsatkich 1/8 ni 
tashkil qilgan. G‗arbiy Evropa xalqaro savdoning bosh markaziga aylangan, uning 
eksporti AQSH ning eksportiga qaraganda qariyb 4 martaga oshiq bo‗lgan.
1992 yilda Evropa Ittifoqi (EI) bojxona to‗lovlarini bekor qilish, mehnat va 
kapitalning erkin harakati, shuningdek evro asosidagi yagona pul tizimini ko‗zda 
tutadigan yagona iqtisodiy kenglikka aylangan. Shimoliy Amerika erkin savdo 
zonasining ishtirokchilari – AQSH, Kanada va Meksika o‗rtasida etarlicha jips 
integratsiya kuzatiladi. Sobiq ittifoqning parchalanib ketgandan keyin aksariyat 
sobiq Respublikalar umumiy iqtisodiy kenglikning elementlarini ta‘minlaydigan 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligiga (MDH) a‘zo bo‗lgan [10, 287-bet]. 


86 
Jahon savdo-iqtisodiy bloklarining tashkil topishi erkin savdo zonalarining 
yaratilishi bilan bir paytda sodir bo‗lgan. Jahon bankining ma‘lumotlariga ko‗ra, 
XX asrning 90-yillarida jahon savdosining taxminan 42 % i erkin zonalar doirasida 
amalga oshirilgan, ularning orasidan ko‗proq ahamiyatga molik bo‗lganlari Evropa 
erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST), Evropa Ittifoqi (ES), Shimoliy Amerika erkin 
savdo zonasi (NAFTA), Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 
(ATES) va boshqalar bo‗lib hisoblanadi. Ularda bojxona tariflarining o‗rtacha 
stavkasi odatdagi savdo tizimlariga qaraganda 3 % va undan ham ko‗proqqa 
pastroqni tashkil etadi. [10, 289-bet]. 
XX asrning oxirgi choragida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida, 
jumladan, xalqaro tovar almashinish sohasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 
roli oshgan. Jahon Bankining ma‘lumotlariga ko‗ra, 2020 yilga borib jahon 
savdosining 40% dan oshig‗i Tinch okeani havzasiga to‗planadi.
Global bozorda integratsiya darajasining o‗sishi, xususan, ko‗p sonli transmilliy 
korporatsiyalarning yaratilishi biznes tizimiga, avvalambor distribyusiya sferasiga 
global logistika zanjirlari va kanallarini joriy qilish zaruratini dunyoga keltirgan. 
Logistik menejment sohasi bo‗yicha G‗arbdagi etakchi mutaxassislar D. Bauersoks 
va D. Klossning fikriga ko‗ra, logistikada zamonaviy globallashishning 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish