Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

Shartli belgilar 
I-resurslarning turlari (lt ning zvenolari bo‗yicha) 
II-logistik tizim resurslarining kenglik (makon) tarkib toptiruvchisi 
1-asosiy mablag‗lar 
2-aylanma mablag‗lar 
3-investitsiyalar 
4-tasniflar 
5-bilimlar 
6-faollik 
7-qurilish aktivlari 
8-o‗zining texnologiyalari 
9-mavqe aktivlari, ―gudvill‖
3.1-rasm. Logistik tizim resurslarining shakllanishining o‗ziga xos 
xususiyatlari. 


77 
 
Logistikaning resurslarigi 
moddiy ishlab chiqarish vositalari, jumladan, 
tashish, omborlarga joylashtirish, o‗rash, yukka qayta ishlov berish vositalari, 
axborot vositalari, moddiy bo‗lmagan resurslar va odam resurslari (xodimlar) 
kiradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va aylanmaga yangi resurslarning jalb 
qilinishi, yangi mahsulotlar va tarmoqlarning paydo bo‗lishi bilan ularning 
o‗rtasidagi differensiatsiya ham chuqurlashgan (resurslar nuqtai-nazaridan). 
Resurslarning bir qiymatliligi, biroq ularga erishishning bir xil emasligi 
almashinish zaruratiga olib keladi, shu sababli ishlab chiqarish omillariga 
erishishdagi farqlar – almashinishning asosi va shartlari bo‗lib hisoblanadi. 
Transport vositalari va logistik texnologiyalarning rivojlanishi dunyoni yaxlit 
kenglikka aylantirgan, biroq jahon bozorining rivojlanish sharti bo‗lib faqatgina 
transport sohasidagi rivojlanish emas, balki aloqa sohasidagi rivojlanish ham 
xizmat qilgan. Jahon bozorining har bir ishlab chiqaruvchi uchun erishiluvchanligi 
keyingi mehnat taqsimoti va resurslarning differensiatsiyasiga ko‗maklashgan. 
3.4. Xalqaro logistikaning spetsifikasi, uning predmeti va uslubiyati 
Xalqaro logistikaningg fanlararo bilimlarning spetsifik sohasi sifatidagi 
mohiyati to‗g‗risida gapirganda, «logistika», «yetkazib berishlar zanjirlarini 
boshqarish (SCM)» va «xalqaro logistika» atamalirining talqin qilinishidagi 
amaldagi farqlarga e‘tibor qaratish muhim bo‗ladi. Ularning qiymatlari 
to‗g‗risidagi kelishmovchiliklar adabiyotlarda hozirgi kungacha ham uchraydi, 
xususan, ko‗pgina mutaxassislar SCM atamasini hozirgacha ham «logistika» 
atamasining sinonimi yoki uning o‗rnini bosuvchi atama sifatida qo‗llaydi, bu 
unchalik ham to‗g‗ri emas.
Shu bilan birgalikda bu terminologik muammoni hal qilishga bo‗lgan ilmiy 
yondashuv 1998 yilda Krenfild logistika va transport instituti (Buyuk Britaniya) 
tomonidan taklif qilingan. Unda logistika bilan yetkazib berishlar zanjirlarini 
boshqarish o‗rtasidagi asosiy farq zanjir turli firmalarni birlashtirishida emas, balki 
logistika butun yetkazib berishlar zanjirini strategik boshqarish sifatida 
mahsulotlarning turli assortiment ro‗yxatlari, buyurtma berish, ishlab chiqarish, 
taqsimlash jarayonlarini qamrab olishidan iborat ekanligi ta‘kidlanadi. Bunda 


78 
yetkazib berishlar zanjiri (supply chain) tovarlarning xomashyo va materiallar 
bosqichidan tayyor mahsulotni oxirgi iste‘molchiga yetkazib berishgacha bo‗lgan 
ko‗chishi va qayta shakllanishi bilan bog‗lanadigan, shuningdek bularning barchasi 
bilan bog‗lanadigan axborot oqimlari bilan bog‗lanadigan barcha tashkilotlar va 
faoliyat turlarini birlashtiradi.
«Logistika»va «xalqaro logistika» atamalari o‗rtasidagi asosiy farqqa keladigan 
bo‗lsak, P.B. Sheri va T.S. Larsonning fikriga ko‗ra, keyingisi xalqaro yetkazib 
berishlar zanjirining barcha punktlaridagi qarorlar jamlanmasi bo‗lib hisoblanadi. 
Bu jamlanma faoliyatni global ko‗lamlarda amalga oshirishning asosini yaratadi 
[5, 9-bet]. 
Umuman olganda xalqaro logistika alohida davlatlar o‗rtasida tovar va 
axborot oqimlarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayoni bo‗lib 
hisoblanadi. Unga shuningdek xalqaro darajada moddiy oqimlarni – ya‘ni quyidagi 
turlardagi oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi:
– tashqaridan keladigan oqimlar – yetkazib beruvchilar va yondosh 
korxonalardan (sheriklardan) keladigan oqimlar; 
– korxonaning ichki bo‗linmalari o‗rtasidagi oqimlar (xomashyo, materiallar, 
yarim fabrikatlar, ehtiyot qismlarning harakati ko‗rinishida); 
– iste‘molchilarga yo‗naltirilgan tayyor mahsulot, tovarlar va xizmatlar oqimlari. 
Zamonaviy terminologik lug‗at-spravochnikda «xalqaro logistika (xalqaro 
biznesdagi logistika)» tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan: bu vujudga kelish 
nuqtasidan boshlab oxirgi iste‘molchigacha makon va zamonda milliy chegaralarni 
kesib o‗tadigan oqimlarning (moddiy, moliyaviy, axborot va boshqalar) harakatini 
rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarishdir [6, 146-bet]. 
Xalqaro logistikaning asosiy 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish