72
Logistikada mintaqalarning qo‗shilishi boshlangan.
U yangi mintaqalarga
tarqalishda davom etadi, biroq zamonaviy tendensiya saqlanadi – Evropadagi
logistik korxonalar narxlar va o‗zlarining tijorat takliflarini yangi
mamlakatlarning sharoitlariga moslashtiradi.
Savdoda distribyusiya tizimi o‗zgaradi. Evropa logistika tarmog‗i yangi
mamlakatlarga ham tarqaladi. Yangi sotish yo‗llari va logistika markazlarini
yaratishga qo‗shimcha investitsiyalar yo‗naltiriladi.
Hozirgi kunda, masalan,
O‗zbekistonda
Evropadagi
namunalar
bo‗yicha
logistika
parklari
yaratilmoqda, ular A klassdagi omborlarning talabini qoplaydi. Bunda
yuklarni multimodal tashishlarni tutashtirish asosiy masala bo‗lib qolaveradi.
Temir yo‗llardagi o‗zgarishlar. Evropadagi temir yo‗llar tizimni boshqarish
va sheriklar bilan kooperativ munosabatlarda etakchilikka intilishi lozim.
yangi narx shakllantirish tizimlari hisobiga temir yo‗llarning o‗zgarishlarga
reaksiya ko‗rsatish tezligi ortishi lozim.
3.3.LOGISTIKANING MOHIYATI VA MANBALARI, UNING
RIVOJLANISH EVOLYUSIYASI
Logistika
tushunchasi uzundan-uzoq tarixga ega, u o‗zining evolyusion
ibtidosini Qadimgi Yunoniston va Rim Imperiyasi davrlaridan oladi. ―Logistika‖
atamasi etimologik (tilshunoslik) pozitsiyasidan logos (fikrlash), logismos
(hisoblash,
fikrlash, rejalashtirish), logo (o‗ylash, fikrlash), logistica (hisoblash
san‘ati) kabi yunoncha ildizlarga ega.
Aksariyat tadqiqotchilar shunday fikrga kelganlarki, ―logistika‖ so‗zining o‗zi
Qadimgi Yunonistondan kelib chiqqan. Qadimgi yunonlar uchun logistika ―sanoq
san‘ati‖ yoki ―hisoblash, fikrlash san‘ati‖ ni bildirgan, xo‗jalik faoliyati, savdo va
moliyaviy faoliyatni nazorat qiladigan yuqori davlat arboblari esa logistlar deb
atalgan. Arximedning guvohlik berishicha (taxminan eramizdan oldingi 287-212
yillar) Qadimgi Yunonistonda 10 ta logist bo‗lgan [1, 11-bet].
―Logistika‖ atamasi Rim imperiyasida ham qo‗llanilishga ega bo‗lgan. Bu erda
undan oziq-ovqatni taqsimlash qoidalari sifatida foydalanilgan,
oziq-ovqatlarni
73
taqsimlash bilan shug‗ullanadigan davlat xizmatchilari esa ―logistlar‖ yoki
―logistiklar‖ deb atalgan.
Zamonaviy tadqiqotchilarning qayd qilishicha, ―logistika‖ atamasidan
foydalanish inson faoliyatining asosan uchta sohasiga tegishli bo‗ladi: matematika,
harbiy soha va iqtisodiyot.
Matematikada logistika antik davrlardayoq sof ―nazariy‖ matematikaga
qarama-qarshilik sifatida hisoblash va geometrik o‗lchashlar san‘ati
sifatida
tushunilgan va matematik logikaning sinonimi bo‗lib hisoblangan. ―Logistika‖
atamasi ―matematik logika‖ ma‘nosida Leybnits tomonidan qo‗llanilgan,
keyinchalik esa logistikani matematik logika sifatida tushunish 1904
yilda
Jenevada bo‗lib o‗tgan faylasuflar kongressida mustahkamlangan.
Logistika bevosita amaliy qiymatni undan harbiy sohada foydalanish (harbiy
logistika ko‗rinishida) tufayli qabul qilgan. Vizantiya imperatori Donishmand Lev
VI (865–912) davrida logistikaning vazifalari armiyani harbiy anjomlar bilan
ta‘minlash, uning oziq-ovqatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini o‗z vaqtida va to‗laqonli
qanoatlantirish, har bir harbiy yurishga tayyorgarlik ko‗rishdan iborat deb
hisoblangan. Vizantiya imperiyasi armiyasida maxsus lavozim –
logist lavozimi
bo‗lgan.
Logistika bo‗yicha ilmiy ishlarning birinchi muallifi fransuz generali baron
Antuan Anri Jomini (1779–1869) bo‗lgan deb hisoblanadi, u logistikani
«qo‗shinlar harakatining amaliy san‘ati» sifatida ta‘riflagan va 1812 yilda
Napoleon armiyasini qurol-yarog‗, o‗q-dori, oziq-ovqat, qo‗nalg‗a bilan
ta‘minlashni rejalashtirishda bu fanni birinchi bo‗lib amaliyotda qo‗llagan. U
logistika faqatgina tashishlarni emas, balki masalalarning anchagina keng doirasi –
rejalashtirish, boshqarish va ta‘minot, qo‗shinlarning joylashish joyini aniqlash,
shuningdek ko‗priklar va yo‗llar qurish va hokazolarni o‗z
ichiga olishini
ta‘kidlagan.
Harbiy logistika va matematik logika
Do'stlaringiz bilan baham: