74
tushuncha apparati va terminologiyasi doimo aniqlashtiriladi,to‗ldiriladi va yangi
mazmun bilan boyitib boriladi.
Tadqiq qilinayotgan sohada ko‗pgina mutaxassislar
logistikaning iqtisodiy
jihatiga ustivorlikni beradilar va uni «...unga konkret ehtiyojlar mavjud bo‗lgan
zaruriy miqdordagi mahsulotni belgilangan vaqtda va belgilangan joyda eng kam
xarajatlar bilan olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat turlari jamlanmasi»
sifatida ta‘riflaydilar [2, 13-bet]. Shu bilan birgalikda logistikani keng ma‘noda
talqin qilish tarafdorlari bugungi kunda u o‗zining tor ta‘riflanishi chegaralaridan
tashqariga chiqqanligi va tashkilotda strategik boshqarish va rejalashtirishda katta
ahamiyat kasb etishini e‘tirof etadilar.
Masalan, B.A. Anikin logistikani ularning boshlang‗ich
manbasidan oxirgi
iste‘molchigacha moddiy oqimlar va axborot oqimlarining harakatini makon va
zamonda (kenglik va vaqtda) rejalashtirish,
tashkil qilish, boshqarish va nazorat
qilish to‗g‗risidagi fan sifatida ta‘riflaydi.
S.A. Uvarov, L.B. Mirotin va V.I. Sergeev logistikani ma‘lum bir mikro-, mezo-
yoki makroiqtisodiy tizimning oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun
moddiy oqimlar, xizmatlar oqimlari va ular bilan bog‗lanadigan axborot va moliya
oqimlarini boshqarish va optimallashtirish to‗g‗risidagi fan sifatida ta‘riflaydilar.
Terminologik lug‗atda quyidagi ta‘rif keltiriladi: logistika – bu xomashyo va
materiallarni ishlab chiqarish
korxonasiga yetkazib berish, xomashyo, materiallar
va yarim fabrikatlarga korxonaning
ichida ishlov berish, tayyor mahsulotni
iste‘molchilarning manfaatlari va talablariga muvofiq ularga yetkazib berish,
tashish, omborlarga joylashtirish, shuningdek tegishli axborotni uzatish, saqlash va
ishlov berish jarayonida amalga oshiriladigan moddiy va moddiy bo‗lmagan
operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish, boshqarish to‗g‗risidagi fandir.
Iqtisodiyotda logistikaning yangi ilmiy yo‗nalish
sifatida rivojlanishida
tadqiqotchilar bir nechta bosqichlarni ajratadilar. Zamonaviy logistikaning
evolyusiyasi va uning bosqichlari logistik zanjirni tarkib toptiruvchilarning
integratsiya
darajasi, shuningdek boshqariladigan oqimlarning turlari bilan
farqlanadi, bu 3.1 jadvalda aks ettirilgan.
75
3.1-jadval.
Logistika evolyusiyasining bosqichlari va ularning xarakterli chizgilari [1, 17-bet].
Bosqichning vaqt
tavsifi va uning
nomi
Logistikaning bosqichda amalga
oshiriladigan funksiyalari
Oqimlar
ning
turlari
Boshqarish
konsepsiyasi
1920-1950 yillar
(fragmentlash
(bo‗laklarga
ajratish))
Moddiy-texnik
ta‘minot;materiallarni xarid qilish
bosqichida o‗rash va omborlarga
joylashtirish ishlarini tashkil
qilish; tashish
Moddiy
Moddiy-
texnik
ta‘minotni
boshqarish;
materiallar
menejmenti
1950-1970 yillar
(oyoqqa turish)
Moddiy-texnik
ta‘minot;materiallarni xarid qilish
bosqichida o‗rash va omborlarga
joylashtirish ishlarini tashkil
qilish; taqsimotni boshqarish
(sotishni rejalashtirish,
sotiladigan zahiralarni
boshqarish, buyurtmalarga ishlov
berish); tashish; marketing
Moddiy
Material
menejmenti,
jismoniy
tavsimlash
1970-1990 yillar
(rivojlanish)
Moddiy-texnik ta‘minot;
taqsimotni boshqarish; tashish;
ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish; o‗rash va omborlarga
joylashtirish ishlarini tashkil
qilish; marketing; sifatni
boshqarish
Moddiy,
axborot
Logistika
1990 yillardan
hozirgi kungacha
(integratsiyalanish)
Moddiy oqimni boshdan-oyoq
boshqarish; axborot oqimlarini
boshqarish; moliyaviy oqimlarni
boshqarish; majmuaviy logistik
servis
Moddiy,
axborot,
moliyav
iy,
servis
Logistika;
yetkazib
berishlar
zanjirlarini
boshqarish
Zamonaviy rivojlanish bosqichida (1990 yillardan boshlab) logistika nazariyasi
va uni mikro- va makrologistik tizimlarda qo‗llash amliyotini chuqur tadqiq qilish
o‗z o‗rniga ega. Bu bosqich yangi logistik konsepsiya SCM (supply chain
management) – yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning paydo bo‗lishi va
faol
tarzda
foydalanilishi,
shuningdek
logistik
xizmatlar
bozorining
transformatsiyasi, iqtisodiyotda tarmoq ishlab
chiqarish-tijorat va savdo
tuzilmalarining shakllanishi va shiddat bilan rivojlanishi, yangi tipdagi logistik
vositachilar - 3PL-, 4PL- va 5PL-provayderlarning
vujudga kelishi bilan
76
tavsiflanadi [3, 12-bet]. Zamonaviy logistikaning o‗ziga xos xususiyati iqtisodiy
kelishuvlar va mijozlarga qaratilishga asoslangan faoliyat bo‗lib hisoblanadi. 3.1
rasmda [4, 32-bet] logistika resurslarining shakllanish jarayoni keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: