77
Logistikaning resurslarigi
moddiy
ishlab chiqarish vositalari, jumladan,
tashish, omborlarga joylashtirish, o‗rash, yukka qayta ishlov berish
vositalari,
axborot vositalari, moddiy bo‗lmagan resurslar va odam resurslari (xodimlar)
kiradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va aylanmaga yangi resurslarning jalb
qilinishi, yangi mahsulotlar va tarmoqlarning paydo bo‗lishi bilan ularning
o‗rtasidagi differensiatsiya ham chuqurlashgan (resurslar nuqtai-nazaridan).
Resurslarning bir qiymatliligi, biroq ularga erishishning
bir xil emasligi
almashinish zaruratiga olib keladi, shu sababli ishlab chiqarish omillariga
erishishdagi farqlar – almashinishning asosi va shartlari bo‗lib hisoblanadi.
Transport vositalari va logistik texnologiyalarning rivojlanishi dunyoni yaxlit
kenglikka
aylantirgan, biroq jahon bozorining rivojlanish sharti bo‗lib faqatgina
transport sohasidagi rivojlanish emas, balki aloqa sohasidagi rivojlanish ham
xizmat qilgan. Jahon bozorining har bir ishlab chiqaruvchi uchun erishiluvchanligi
keyingi mehnat taqsimoti va resurslarning differensiatsiyasiga ko‗maklashgan.
3.4. Xalqaro logistikaning spetsifikasi, uning predmeti va uslubiyati
Xalqaro logistikaningg fanlararo bilimlarning
spetsifik sohasi sifatidagi
mohiyati to‗g‗risida gapirganda, «logistika», «yetkazib berishlar zanjirlarini
boshqarish (SCM)» va «xalqaro logistika» atamalirining talqin qilinishidagi
amaldagi farqlarga e‘tibor qaratish muhim bo‗ladi.
Ularning qiymatlari
to‗g‗risidagi kelishmovchiliklar adabiyotlarda hozirgi kungacha ham uchraydi,
xususan, ko‗pgina mutaxassislar SCM atamasini hozirgacha ham «logistika»
atamasining sinonimi yoki uning o‗rnini bosuvchi atama sifatida qo‗llaydi, bu
unchalik ham to‗g‗ri emas.
Shu bilan birgalikda bu terminologik muammoni hal qilishga bo‗lgan ilmiy
yondashuv 1998 yilda Krenfild logistika va transport instituti (Buyuk Britaniya)
tomonidan taklif qilingan. Unda logistika bilan yetkazib berishlar zanjirlarini
boshqarish o‗rtasidagi asosiy farq zanjir turli firmalarni birlashtirishida emas, balki
logistika butun yetkazib berishlar zanjirini strategik
boshqarish sifatida
mahsulotlarning turli assortiment ro‗yxatlari, buyurtma berish, ishlab chiqarish,
taqsimlash jarayonlarini qamrab olishidan iborat ekanligi ta‘kidlanadi. Bunda
78
yetkazib berishlar zanjiri (supply chain) tovarlarning
xomashyo va materiallar
bosqichidan tayyor mahsulotni oxirgi iste‘molchiga yetkazib berishgacha bo‗lgan
ko‗chishi va qayta shakllanishi bilan bog‗lanadigan, shuningdek bularning barchasi
bilan bog‗lanadigan axborot oqimlari bilan bog‗lanadigan barcha tashkilotlar va
faoliyat turlarini birlashtiradi.
«Logistika»va «xalqaro logistika» atamalari o‗rtasidagi asosiy farqqa keladigan
bo‗lsak, P.B. Sheri va T.S. Larsonning fikriga ko‗ra, keyingisi xalqaro yetkazib
berishlar zanjirining barcha punktlaridagi qarorlar jamlanmasi bo‗lib hisoblanadi.
Bu jamlanma faoliyatni global ko‗lamlarda amalga oshirishning asosini yaratadi
[5, 9-bet].
Umuman olganda xalqaro logistika alohida davlatlar o‗rtasida
tovar va
axborot oqimlarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayoni bo‗lib
hisoblanadi. Unga shuningdek xalqaro darajada moddiy oqimlarni – ya‘ni quyidagi
turlardagi oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi:
– tashqaridan keladigan oqimlar – yetkazib beruvchilar va yondosh
korxonalardan (sheriklardan) keladigan oqimlar;
– korxonaning ichki bo‗linmalari o‗rtasidagi oqimlar (xomashyo, materiallar,
yarim fabrikatlar, ehtiyot qismlarning harakati ko‗rinishida);
– iste‘molchilarga yo‗naltirilgan tayyor mahsulot, tovarlar va xizmatlar oqimlari.
Zamonaviy terminologik lug‗at-spravochnikda «xalqaro logistika (xalqaro
biznesdagi logistika)» tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan: bu vujudga kelish
nuqtasidan boshlab oxirgi iste‘molchigacha makon va zamonda milliy chegaralarni
kesib o‗tadigan oqimlarning (moddiy, moliyaviy, axborot va boshqalar) harakatini
rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarishdir [6, 146-bet].
Xalqaro logistikaning asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: