JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
615
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev,-
“…Bugungi
kunda «Farzandlarimiz bizdan
ko‘ra
kuchli, bilimli,
dono
va albatta baxtli
bo‘lishlari
shart!» degan hayotiy
da’vat
har birimizning, ota-onalar va keng
jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam
o‘rin
egallagan. YOshlarimiz haqli ravishda
Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni
zimmasiga olishga qodir
bo‘lgan, bugungi
va ertangi
kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor
bag’ishlaydi…”
1
-
deb bolalarimizga yuksak ishonch bildirdi.
Shunga ko’ra har bir bolani e’tiborli, mas’uliyat bilan voyaga yetkazish ota
-ona va ustozlar zimmasiga
yuklanadi.
Har qanday faoliyat ham ijtimoiy xarakterga ega va kishilar
o‘rtasida
muloqot
bo‘lishini
talab
qiladi. Aynan kattalar bilan
bo‘ladigan
muloqot tufayligina bola
ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtiradi,
bu tajribani
o‘zlashtirish
davomida esa u psixik jihatdan rivojlanadi. Demak,bolaning
kattalar bilan muloqoti
–
bola psixik rivojlanishining muhim omilidir.
Muloqot kishilarning har qanday
o‘zaro
ta’siri
emas, balki shunday
o‘zaro
ta’sirki,
bu jarayonda uning
har bir qatnashchisi aktiv
bo‘lib,sub’yekt
sifatida, shaxs sifatida namoyon
bo‘ladi.
Muloqot
insonning
o‘ziga
xos ehtiyojini,
boshqa zaruriyatlar
–
oziq-ovqatga, issiqlikka, taassurotlarga,
aktivlikka,
xavfsizlikka
intilish
kabi
ehtiyojlardan
farqlanuvchi
ehtiyojni
qondirishga
qaratilgan.Muloqotga
bo‘lgan
ehtiyoj
o‘zini
va boshqa kishilarni shaxs sifatida anglashga,
ya’ni
boshqa kishilarga va
o‘z
-
o‘ziga
baho berishga qaratilishida ifodalanadi. SHuning uchun bunda oxirgi
psixik mahsulot boshqa
kishining va
o‘zining
obrazi
bo‘lib,
shu tufayli inson faoliyatini regulyatsiya
qiladi.
Bolada muloqotga
bo‘lgan
ehtiyojni 4 ta
ko‘rsatkich
asosida
ko‘rish
mumkin:
1.
Kattalarga qiziqishi va ularga diqqat
e’tiborida.
2.
Bola tomonidan kattalarni baholashni ifodalovchi emotsional munosabatida.
3.
Bolaning
o‘zini
namoyon qilishi, kattalarga qobiliyat va malakalarini
ko‘rsatishga
qaratilgan
holatlarida.
4.
Kattalarning bolaga qilgan munosabatlariga
ko‘rsatadigan
reaksiyalarida.
Muloqot bolaning dunyoga kelishi bilan darhol vujudga kelmaydi, balki asta-sekin tarkib topa borib,
bola 2
oylik
bo‘lganida
namoyon
bo‘ladi.
Muloqot normal rivojlanishga ega
bo‘lgan
barcha bolalarda,
normal tarbiya sharoitlarida mavjud
bo‘ladi.
Go‘daklik
davri muloqot uchun tayyorgarlik bosqichi
bo‘lib,
bu davr davomida chaqaloq kattalarni ajratishni
o‘rganadi.
Diqqatni katta kishiga qarata olish
–
tarkib topayotgan muloqotning belgisi
bo‘lib
xizmat qiladi.
2
haftaligida;
kattalar
ko‘ziga
nigohini qaratadi (bu bola aktivligidan darak beradi), kattalar
ta’siriga
javoban jilmayadi (1 oyligining oxirida), turli xil harakatlarni bajaradi, kattalar bilan
emotsional aloqani davom ettirishga
(cho‘zishga)
intiladi.
1
Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini
birgalikda
barpo etamiz
”
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining qo’shma
majlisidagi nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 y.13
-bet