Empatiya – o‘zga insonning qarashini qabul qila olish,
uni tushuna olish layoqati
Empatiya – bu vaziyatni, o‘zganing nuqtai-nazari va his-tuyg‘ularini
tushuna olish qobiliyati va buni sezdirish.
Empatiyaning turlari:
Kognitiv empatiya
Emotsional empatiya
222
Emotsional bezovtalik
HR-menedjerlar xush ko‘radigan kompetentlik savollari orasida
nizo masalasi eng yaxshi ko‘radigan mavzularidan sanaladi. Nima uchun
intervyuer “nizolarni hal qila olish” ko‘nikmasi haqida savol beradi?
Huqushunos sifatidagi faoliyatingizda sizdan turli tipdagi insonlar
bilan ishlashni bilishingiz talab etiladi. Nega deganda, ba’zi
hamkasblaringiz, rahbar yoki mijozlaringiz o‘zlarining nobop fe’l-atvori
bilan sizning g‘ashingizni keltirishi mumkin.
Bu esa kelishmovchilikka olib kelishi muqarrar. Ish faoliyatingizda
muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, nizoni hal qilish ishiga
professional nuqtai nazaridan yondashishingiz zarur.
Nizoni hal qila olish ko‘nikmasi haqidagi kompetentli savolga qanday
javob berish kerak?
STAR texnikasini qo‘llagan holda oldindan misol tayyorlab qo‘yish
muhim. Maqsadingiz matnni so‘zma-so‘z yodlashdan iborat emas.
STAR texnikasi sizga javobingizni tuzib olish va unga marker bilan
belgilangan ro‘yxat yordamida shakl berishga yordam beradi.
Nizoni hal qilish hiqoyasini tuzish uchun STAR texnikasini
qo‘llashning qisqacha sharhi:
S/T (Situation – vaziyat / Task – vazifa)
–
Yuzaga kelgan nizoni qisqa tarzda ta’riflab bering. Kontekstni
tushunib olish uchun kerakli ma’lumotni bering.
223
A (Actions – harakatlar)
–
Amalga oshirgan muhim hatti-xarakatlaringiz haqida gapirib
bering. Nizo yuzaga kelgan paytda kelishmovchiliklarni professional
yo‘l bilan hal qilishga urg‘u berish kerak.
R (Results – natijalar) – Har bir hikoyaning oxiri yaxshi tugashi
kerak. Javobingizni hatti-xarakatlaringizning ijobiy natijalarini ta’riflash
bilan yakunlang.
Linda Spenser maslahatiga ko‘ra, muvaffaqiyatli suhbatning 5
qoidasi:
1.
Rezyumengiz, o‘zingizning potensial ish beruvchingiz, talabgor
bo‘layotgan lavozimingiz haqida tadqiqot qiling.
2.
Hikoyalar tayyorlab qo‘ying (“STAR” texnikasi bo‘yicha) –
o‘zingiz, ishlagan loyihalaringiz va h. haqidagi mini-hikoyalar. Bunda
ko‘nikmalaringiz haqida gapirish emas, ularni javoblaringiz bilan
namoyon qilishingiz kerak bo‘ladi.
3.
Javoblaringizni amalda sinab ko‘ring – oynaga qarab gapiring,
do‘stingiz bilan intervyu modelini ishlang, javoblaringizni video tasvirga
oling.
4.
Dastlabki yaxshi taassurotni qoldiring – belgilangan vaqtdan
avvalroq keling, kuchli qo‘l berib ko‘rishing, ko‘z bilan aloqa o‘rnating,
ozoda va munosib kiyimda bo‘ling. Yodda tuting: suhbatdagi odamlarga
yoqishingiz, hayrihoh inson ekanligingiz va hokazolarni aniqlashga atigi
8 soniya vaqt ketadi.
5.
Qiziqish uyg‘oting – so‘zlar va harakatlaringiz bilan
g‘ayratingizni namoyon qiling, to‘g‘ri savollar bering va javoblarni
224
diqqat bilan eshiting, intervyuerlarga suhbatga ajratgan vaqtlari uchun
minnatdorlik bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |