Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

© Mualliflar jamoasi. 
© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2019.



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasining milliy oliy ta’lim tizimi bugun jiddiy 
islohotlar pallasidadir. Jumladan, talabalarning mehnat bozori talablariga 
mos 
kasbiy 
ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishini 
rag‘batlantiradigan 
o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy etish va takomillashtirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, bugungi ish beruvchi oliy 
ta’lim bitiruvchisi siymosida mustahkam bilimlar bilan birga, qator 
kompetensiya hamda ko‘nikmalarni ko‘rishni istayotgani hech kimga sir 
emas. 
Biroq barcha oliy ta’lim muassasalari ham o‘z talabalarida ana 
shunday kompetensiya va ko‘nikmalarni to‘laqonli shakllantira olyapti, 
deyish juda qiyin. Chunki amaldagi o‘quv dasturlari aksariyat holda 
talabaga nazariy bilimlar berishga yo‘naltirilgan. Natijada, ko‘p hollarda 
xorijiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining milliy ta’lim tizimimiz 
bitiruvchilariga nisbatan ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, 
bugungi mehnat bozori yosh mutaxassisda ham “hard skills” (“qattiq 
ko‘nikmalar”), ham “soft skills” (“yumshoq ko‘nikmalar”) birday 
mujassam bo‘lishini talab qiladi. 
Qattiq ko‘nikmalar bu – mutaxassisning u yoki bu vazifani 
bajarishda qo‘llaydigan kasbiy bilim va ko‘nikmalaridir. Bu, masalan, 
muayyan dasturiy mahsulotga, texnika yoxud bilimga egalik bo‘lishi 
mumkin. 
Yumshoq ko‘nikmalar esa – kasblar tarkibiga kirmagan qator 
ko‘nikmalar majmui hisoblanib, kishining lavozim vazifalariga bog‘liq 
bo‘lmagan, kasbiy ko‘nikmalarga yangi quvvat baxsh etadigan bu 



malakalar ish jarayonida nihoyatda qo‘l keladi. Bular shunday bilim va 
malakalarki, ularni nedir formulalarga solib ham, hammaga moslab 
dasturlashtirib ham bo‘lmaydi. Biroq kishining jamoada ishlab ketishi 
ularsiz nihoyatda qiyin kechadi. 
Bugun biznesning aksariyat qismi komanda – jamoa bo‘lib 
ishlashga moslashgan. Zamonaviy biznesda yakka holda muvaffaqiyatga 
erishish amalda mumkin emas. Hamfikrlar bilan birgalikdagina ulkan 
natijalar va katta foydaga erishib bo‘ladi. Dunyo bozorining 
peshqadamlari – Facebook, Apple, Google – jamoaviy mehnat 
samaralaridir. Shaxslararo munosabatlarning ijobiy ko‘nikmalari (savol 
berishni uddalash, o‘zgalarni tinglash va tushuna bilish, o‘z qarashini 
asoslay olish)ni o‘zlashtirmagan odamning esa jamoaga kirishib ketishi 
juda mushkul ish. Qolaversa, jamoa a’zosi o‘zaro yozishmalar, 
ko‘pchilik oldida o‘zini yo‘qotmay nutq so‘zlash, muhokama va 
muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish malakasiga ham ega bo‘lmog‘i 
lozim. Hamkasblar bilan til topishib ishlash hamda birgalikda samarali 
natijalarni qo‘lga kiritish uchun mutaxassisdan zamonaviy biznesning 
muomala qoidalarini puxta egallash talab etiladi. 
Mamlakatimiz 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish borasidagi faol siyosati yaqin kelajakda milliy 
bozorimizda ko‘pgina transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishiga 
olib keladi. Bu kompaniyalar esa, zimmasidagi ko‘plab vazifalarni sifatli 
bajarish barobarida, loyihalar doirasidagi jarayonlarni uquvli boshqara 
oladigan yuqori malakali kadrlarni talab qiladi. Bunday mutaxassislarni 
tayyorlash, o‘z-o‘zidan, zarur bilimlardan tashqari, kadrlarning bozor 
sharoitida 
unumli 
ishlashini 
ta’minlaydigan 
ko‘nikmalarini 



shakllantiradigan yangi fanlarni o‘quv jarayoniga joriy qilishni taqozo 
etmoqda.
Ma’lumki, inson hayotida ko‘nikma va malakalar g‘oyat muhim 
o‘rin tutadi. Odam ayni malakalarni butun umri davomida o‘zlashtirib, 
shakllantirib boradi. U yoxud bu malaka hamda ko‘nikmalarning 
bo‘lmasligi kishining muayyan guruhlardan ajralib qolishiga, 
jamiyatning ham unga nisbatan befarqligiga olib keladi. Bu yerda gap 
jamoada ishlash, muloqot va yozuv madaniyati, vaqtni boshqarish, 
o‘zlikni namoyon qila olish singari muhim insoniy sifatlar haqida 
bormoqda.
Bugungi taraqqiyotning ayni talablaridan kelib chiqib, Toshkent 
davlat yuridik universitetida 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab “Shaxsiy 
rivojlanish” nomli yangi fan joriy qilindi.
Talabalar o‘qishni bitirganidan keyin, ayni malaka va ko‘nikmalar 
yordamida, odamlar bilan kelishib ishlash, ish beruvchilar tomonidan 
qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish orqali yuqori ish 
unumdorligiga erishishlari tayin.
Darslik bakalavriat talabalari, magistrlar, o‘qituvchilar, shuningdek, 
o‘zining professional faoliyatida muvaffaqiyatli karyerasini yaratmoqchi 
bo‘lgan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 




Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish