Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish


Hozirgi sharoitda O‘zbekiston yuridik kadrlarida “soft skills”ni



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

 
Hozirgi sharoitda O‘zbekiston yuridik kadrlarida “soft skills”ni 
rivojlantirishning ahamiyati nimada? 
 
Bugun O‘zbekiston ochiq davlatga aylanmoqda. Davlat siyosati 
qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yanada yaxshilash, olis davlatlar 
bilan esa yangicha munosabatlarni kuchaytirishga qaratilmoqda. Eng 
muhimi – mamlakatda investitsiyaviy muhit yaxshilanmoqda, shu tufayli 
jahon hamjamiyati O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy fikrlar bildirmoqda.
Demak, mamlakatga kirib kelayotgan chet el investorlari bilan 
samarali shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qodir kadrlar, 
jumladan, yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib boradi.
Buning uchun esa yuridik kadrlarda biznes sub’ektlari, xususan, 
xorijiy investorlar bilan samarali muloqot qila olish, jamoada ishlay 


20 
bilish, stressga chidamli bo‘lish, taqdimotlar bilan chiqish, mijozlarning 
huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muzokaralar olib bora 
olish ko‘nikma va malakalari bo‘lishi zarur. 
Aytilganidek, yurtimizda iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlar bilan 
olib borilyapti. Ijtimoiy infrastrukturalar investitsiya uchun qulay muhit 
yaratish va turizmni rivojlantirishga mos tarzda qayta ko‘rib 
chiqilmoqda. Bu jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Zero, 
mamlakatning iqtisodiy kelajagi va xalq farovonligi ham bevosita 
biznesning 
rivojlanishiga 
bog‘liq. 
Shunday 
ekan, 
biznes 
kompaniyalariga ishga joylashish va muvaffaqiyatli ishlab ketish uchun 
bo‘lajak yuristlar, albatta, “soft skills”ga ega bo‘lishlari kerak. 
Qayd etish joizki, “soft skills” davlat xizmatchilari uchun ham 
zarur. Davlat xizmatchilari tom ma’noda xalqqa xizmat qilishlari uchun 
shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etishni yaxshi bilishlari kerak. 
Ular fuqarolar bilan suhbatlashish jarayonida ularga hurmat bilan 
muomalada bo‘lishlari, fuqarolar tomonidan aytilayotgan muammolarni 
diqqat bilan tinglashlari hamda vakolatlari doirasida qo‘ldan kelgancha 
ularga yordam berishlari zarur. Fuqarolar bilan munosabatlarga shunday 
ijobiy yondashuv odamlar ongida davlatga bo‘lgan ishonchni vujudga 
keltiradi, uni yanada kuchaytiradi. 
Yuristning mijozi, shifokorning bemori singari, uning kasbiga sodiq 
ekaniga umid qiladi. Bunda mijoz va yurist o‘rtasidagi muloqot juda 
shaxsiydir. Ular o‘rtasidagi muloqotning tabiati mijoz va yurist 
o‘rtasidagi munosabat shaxsiy sir kabi saqlanib qolishi kerakligini 
yuristlar anglab yetishlarini talab etadi.


21 
2015-yilda Buyuk Britaniyada 2 yil davomida 
advokatlarini 
o‘zgartirmay 
kelayotgan 
500 
nafardan ortiq mijoz orasida so‘rov o‘tkazilgan. 
Ularga quyidagi savol berilgan: “Siz yuristlardan kutadigan eng muhim 
narsalar nimalardan iborat?” Ko‘p takrorlangan javoblar esa quyidagilar 
bo‘ldi: ko‘rsatiladigan yuridik maslahatning taxminiy narxini oldindan 
aytish; ish qanday ketayotganidan muntazam xabardor qilib turish; 
mijozning ehtiyojlari va umidlarini to‘la hurmat qilish; elektron xatlarga 
o‘z vaqtida javob berish; mijozni diqqat bilan tinglash; vaqtga e’tiborli 
bo‘lish, ya’ni ishni hal qilishni paysalga solib yurishdan tiyilish; huquqiy 
muammoning yechimi haqida savol berilganda uni oson tilda tushuntirib 
bera olish; tajribaga tayanib ishdan kutilayotgan ehtimoliy natijalarni 
tushuntirib bera olish va mijozning holatiga e’tibor qaratish.
2016-yilda Amerika huquq tizimini takomillashtirish bo‘yicha 
institut tomonidan AQSHning 37 shtatidan 24 137 nafar advokat 
o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Ulardan yuristlar uchun 147 ta malaka va 
ko‘nikmalar orasida eng muhimlari qaysilari ekani so‘raldi. Natijalar 
quyidagi 10 ta malaka va ko‘nikmalarni ko‘rsatdi: 
1.
Ma’lumotni sir saqlay olish.
2.
Majlislar va yig‘ilishlarga o‘z vaqtida kelish.
3.
O‘z kasbiga sodiq bo‘lish.
4.
Rostgo‘y va ishonsa bo‘ladigan inson bo‘lish.
5.
Xushmuomalalik va hurmat bilan munosabatda bo‘lish. 
6.
Iltimos va savollarga tezda javob qaytarish. 
7.
Diqqat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish. 
8.
Ishtiyoqi baland bo‘lish. 


22 
9.
Yuqori kasbiy etikaga ega bo‘lish va bor imkoniyatni jalb etgan 
holda ishlash.
10.
Detallarga e’tiborli bo‘lish.
2013-yilda huquq maktabini tamomlagan bitiruvchilar borasida ham 
muhim tadqiqot olib borilgan. Advokatura va turli tashkilotlarning 
yuristlaridan “Huquq maktabini tamomlagan bitiruvchining qanday 
bo‘lishini istar edingiz?” degan savolga quyidagicha javob olindi. 
1.
Yuqori darajada kasbiy etika. 
2.
Tashabbus bildirishga nisbatan xohishning mavjud bo‘lishi. 
3.
Hamkasblar va mijozlar bilan samarali muloqot qila olish. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bo‘lajak yuristlar 
nafaqat kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi, balki shu bilan birga, karyerani 
bardavom olib borish uchun zarur bo‘lgan shaxslararo munosabatlarni 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga qaratilgan malaka va ko‘nikmalarga ham ega 
bo‘lishlari bugungi zamon talabidir. Shaxsiy rivojlanish (“Soft skills”) 
modulining asosiy maqsadi esa talabalarda ertadan boshlab mana shu 
jihatlarni shakllantirish va rivojlantirishdir.

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish