Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

ESLAB QOLING! 
Orzu, niyat, reja, maqsad tushunchalarining farqlari mavjud. Shaxs 
o‘z oldiga qat’iy rejalashtirilgan maqsadni qo‘yishi uning amalga 
oshishini kafolatlaydi.
Avvalo, maqsadni to‘g‘ri qo‘yib olish talab etiladi. 
Maqsad va orzuning farqli jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
1.
Aniqlilik darajasi.
2.
Rejaga asoslanganligi. 
3.
Shaxsning qobiliyati va imkoniyatlari 
darajasiga muvofiq kelishi. 
4.
Aniq 
sa’y-harakatlar 
va 
chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi. 
5.
Erishish imkoniyatining mavjudligi. 
6.
O‘lchovga yoki miqdorga egaligi.
7.
Vaqt birligi asosida jadvallashtirilgani.
8.
Oqilonalik darajasi.
Inson oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun, avvalo, 
quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur. 
Shunday orzu-umidlar bo‘ladiki, ularga erishish imkoni mavjud 
emas. 
Rok-yulduzga 
aylanish, 
bir 
oyda 
dunyoning 
barcha 
mamlakatlarini kezib chiqish yoki boshqa shunga o‘xshash 
orzular. Bularning barini haqiqiy hayotda boshdan kechirishdan ko‘ra 
tasavvur etish ancha yoqimli. Bundan tashqari, bir necha oyda 
dunyoning eng boy insoniga aylanish, eng mukammal, komil shaxs 
MAQSAD 
ORZU 


26 
sifatida bir necha daqiqada tan olinish kabilarni maqsad deb nomlash 
noto‘g‘ri hisoblanadi.
Huquqshunoslik 
sohasida 
yetuk 
mutaxassis bo‘lish va “Superman” bo‘lish 
orzusini bir o‘ylab ko‘ring, qay birini amalga 
oshirish imkoniyati yuqori bo‘lishi mumkin?
Ba’zida esa istaklar aslida sizniki bo‘lmaydi. Masalan, otangiz siz 
bilan faxrlanishi uchun muvaffaqiyatli advokat bo‘lishingizni istaydi. 
Lekin uni o‘zingiz chin dildan xohlamasangiz, biror narsaga erishish 
juda qiyin kechadi.
Ko‘pincha maqsadga erishish siz kutgan qoniqishni ta’minlamaydi. 
U amalga oshgach, siz orzu qilgan darajadagi xursandchilikni his 
etmaysiz. Chunki biz baxt miqdori va davomiyligi bo‘yicha 
tasavvurlarni bo‘rttirishga moyilmiz. Shu tufayli ham, o‘z maqsadingiz 
sari kurashga kirishishdan avval bu haqda chuqur o‘ylab olish shart. Aks 
holda, bir necha yillarni va hatto hayotning yarmini besamar o‘tkazish 
hech gap emas. 
Quyidagilarni esa maqsadlarga erishishning eng asosiy talablari 
sifatida sanab o‘tish mumkin. 
Inson aslida nimani istashini aniq belgilab olishi lozim! 
Ba’zan maqsadning avvaldan to‘g‘ri shakllantirilmagani tufayli 
ularga erishishning imkoni mavjud emasdek tuyuladi. Buning uchun 
inson o‘zi nima istayotganini aniq bilishi, uni batafsil tasavvur etishi 
zarur.
Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish baxtli hayot 
garovidir. Biroq har doim ham intilayotgan narsalarimizni to‘g‘ri 


27 
ifodalay olmaslik ham kuzatiladi. Bu esa orzularning orzuligicha qolib 
ketishi, hayotda yetarlicha muvaffaqiyatga erisha olmaslikni keltirib 
chiqaradi.
Avvalo, maqsadni to‘g‘ri shakllantirish zarur! 
Maqsadlarni xuddi g‘oyalar kabi qog‘ozga (yon daftarga, 
kundalikka) yozib qo‘yish kerak. Batafsil yozib chiqilgan maqsadning 
amalga oshish ehtimoli yuqoridir. Agar maqsadlaringizni qog‘ozga 
yozmasdan ham xotirangizda saqlashga ishonsangiz, ularga erishishga 
ham katta umid qilmang. Ularni orzular safiga kiritib qo‘yishingiz 
mumkin. 
Shuning uchun ham bir necha G‘arb olimlari tomonidan maqsadni 
to‘g‘ri qo‘yish texnikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uni quyida batafsil 
namoyish etamiz. 
 

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish