92
bilan aslo bogiiq bo`lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin
qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi.
Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o`rtacha daromad-liligi
uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farklanishi mumkin, shuning uchun bunday
usul ko`p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo`lishi mumkinki, undan soliq apparati
uncha rivojlanmagan holatda qo`Uaniladi.
Ikkinchi usulda
soliqni soliq subyektiga daromadni to`laydigan yuridik shaxs
hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan
daromad solig`i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodim-ning daromadni
olishigacha ushlab qolinadi, bu soliqni to`lashdan bo`ym
tovlashni istisno qiladi,
chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-
kitob qilib chiqadi.
Soliqning daromad manbayida to`lanishi shuni anglatadiki, soliq uni
deklaratsiyalar bo`yicha to`lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisob-lanib
ushlab qolinmaydi, balki uni subyektlar jismoniy shaxs foydasiga to`lovni amalga
oshiradigan to`lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish
beruvchilar) hisoblaydilar va ushlab qoladilar.
Uchinchi usul soliq to`lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya'ni
ularning oladigan daromadlari va o`zlariga tegishli bo`lgan soliq imtiyozlari
haqidagi rasmiy bayonotni berishini nazarda tutadi.
Soliq ido-ralari soliq
deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to`-lanishi lozim
bo`lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda,
tadbirkorlik faoliyatidan, dehkon (fermer) xo`jaligini yuri-tishdan olinadigan
daromadlar, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shu-g`ullanadigan shaxslar (fan,
adabiyot, san'at asarlarining mualliflari, kash-fiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat
namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.
O`zbekiston Respublikasida yer solig`i kadastrli usulda undiriladi.
Bunda
yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er
solig`ini stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masi tomonidan har
yili yangidan tasdiqlanadi.
Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo`rqonlarida yer soligi stav-kalarini
ishlab chiqishga ular xududini shahar ayrim tumanlari yerlari ham-da
infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo`yicha kompleks tarzda baholash
asos qilib olingan.
Ma'lumki, shahar hududining qimmati markazdan chekka joylarga qarab
nafaqat hududning infratuzilma bilan ta'minlashdagi tafovutlar, balki boshqa
omillar ta'siri tufayli ham kamayib boradi.
Shu sababli, yer solig`i stavkalarini
tabaqalashtirish uchun shahar va q'orq'onlar hududi zonalarga bo`linadi, bunda
yerlarni kompleks baholashning qiymati umum tomoni-dan qabul qilingan,
zonaning shahar hosil qiluvchilik rolini, transport bilan ta'minlangani, muhitning
jozibadorligi, ekologik holati, yer tebranishlari-ning bo`lish-bo`lmasligi, shahar
ayrim tumanlarining funksional vazifalarini hisobga oladigan, yer uchastkalarining
iste'mol qiymatiga ta'sir ko`rsatadi-gan koeffitsintlarni qo`llagan holda belgilanadi,
yordamchi qishloq xo`jali-gini yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer
uchastkalariga ega bo`lgan jismoniy
shaxslarga stavkalar miqdori, ijtimoiy
93
omillarni e'tiborga olgan holda, yuridik shaxslar uchun mo`ljallanganidan
taxminan o`n ba-ravar kam qilib belgilangan.
Qishloq xo`jaligida yerdan ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida
foydalaniladi, shuning uchun qishloq xo'jalik ahamiyatidagi yerlar uchun soliq
stavkalari yer sifatidan, ya'ni tuproq xosildorligi va yer unumdor-ligidan kelib
chiqib belgilangan.
Yer solig`i stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek yer qiy-matidan
kelib chiqib belgilangan. Respublikada yerning bozor
qiymati shakllanmagani
sababli, 1 gektar sug`oriladigan yerdan olinadigan deh-qonchilik yalpi
mahsulotining o`rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga
oshirildi. Jahon amaliyotida yer solig`i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha
belgilanadi, lekin o`rtacha yer qiymatining salkam 5 % tashkil etadi. Respublika
sharoiti uchun qishloq xo`jaligida shakllan-gan iqtisodiy holatni hisobga olib va
uni rivojlantirishni rag`batlantirish maqsadida soliq stavkalari 3 % miqdorida qabul
qilingan.
Soliq miqdorlarini yerlar sifati, tabiiy iqlim zonalari bo`yicha taba-
qalashtirish maqsadida sug`oriladigan yeriar uchun soliq stavkalari ma'-muriy
tumanlar bo`yicha, ularni tuproq ball-bonitetlari bo`yicha 10 da-rajaga bo`lgan
holda belgilangan. Tuproq boniteti dehqonchilikning hozirgi darajasida qiyoslama
tabiiy hosildorlikning shartli ko`rsatkichi hisoblanadi.
Bonitetni aniqlashda
tuproqning genetik kelib chiqishi, sug`orishning qancha muddat davom etayotgani,
ekin eqilishi, agro-iqlimiy resurslar bilan ta'minlangani, mexanik tarkibi,
tuproqning xosil bulish genezisi, tuproq qoplamining suv o`tkaza olishi,
sho`rlanganlik darajasi, eroziyaga uchraganligi, toshloqligi, zichligi hamda
tuprokning boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim
bo`yicha aniqlanadi.
Lalmi yerlar va yaylovlar zonalar yoki vertikal mintaqalarga bo`lingan, bu
yerda yog`inlar bilan turlicha ta'minlanganlik shakllanadiki,
ularning unumdorligi
shu holatlar bilan bog`liqdir.
Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalarining joylashgan joyi bo`yi-cha
soliq miqdorlarini tabaqalashtirish maqsadida ma'muriy va sanoat markazlari
atrofidagi stavkalarga 1,1 dan 1,3 ga qadar oshiruvchi koeffi-tsientlar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: