95
- o`rmonchilik, baliqchilik, ovchilik xo`ja
liklariga;
- ilmiy tadqiqot tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, ekspe-rimental
va o`quv-tajriba xo`jaliklariga;
- mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan yordamchi qishloq xo`ja^ liklariga;
- dehqon xo`jaliklariga, ular uchun O`zbekiston Respublikasining "Dehqon
xo`jaligi to'g`risida"gi qonuni bilan nazarda tutilgan soliq solish shartlari saqlanib
qolinadi.
Yagona yer solig`ini to`lovchilar quyidagilar hisoblanadi:
1) qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer xo`jaliklari,
agrofirmalar, shuningdek, boshqa qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab
chiqaruvchilar, bu yuridik shaxslar qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish
bilan birga boshqa xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanishdan qafi nazar, yagona yer
solig`ini to`lovchilar hisoblanadilar;
2) qishloq xo`jalik tovar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar o`z ixtiyoriga
ko`ra budjetga kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliqni yoki qishloq
xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan yagona yer solig`ini
to`laydilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`ining to`lovchilari mulkchilik
shaklidan qat'i nazar, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari bo`yicha
quyidagi
guruhlarga bo`linadi:
sanoat korxonalari;
qurilish tashkilotlari;
qishloq xo`jaligi korxonalari;
ta'minot sotish, vositachilik tashkilotlari;
transport;
banklar;
sug`urta tashkilotlari;
savdo korxonalari;
umutniy ovqatlanish korxonalari;
maishiy va kommunal xizmat korxonalari;
madaniy-ma'rifiy, tomosha-ko`ngilochar muassasalar;
meditsina muassasalari birjalar;
aksionerlik jamiyatlari va sherikchiliklari;
mas'uliyati cheklangan jamiyatlar;
jamoat tashkilotlari;
xorijiy firmalar, yuridik shaxs va jismoniy shaxslar ishtirokidagi qo`shma
korxonalar;
kichik korxonalar;
kooperativlar;
xo`jalik yuritishning boshqa shaklidagi korxonalar.
Yerni ijaraga olgan yuridik shaxslar 0'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining, mahalliy hokimiyat idoralarining qarori bilan ijaraga olin-gan
yerlar uchun yer solig`i o`rniga budjetga ijara haqi to`laydilar.
Yuridik shaxslarga ajratib berilgan yerlar uchun yer solig`i erdan foydalanish
va foydalanilmaganidan qa'tiy nazar soliq to`laydilar.
96
Soliq kodeksini 97-moddasiga, asosan, yuridik shaxslar uchun quyi-dagi yer
uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
2) qishloq yoki o`rmon xo`jaligini yuritish uchun egalik qilishga beril-gan yer
uchastkalari;
3) korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoki qishloq xo`ja-ligiga
taalluqli bo`lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer
uchastkalari;
4) korxonalar, binolar eki inshootlarga bo`lgan mulk huquqi utishi bilan birga
egalik qilish va foydalanish huquqli ham utgan yer uchastkalari.
Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun egalik qilishga,
foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer maydoni yagona yer solig`iga
tortish
obyekti hisoblanadi.
Qishloq xo`jaligi erlarining maydoni va ularning sifati va joylashgan joyi
bo`yicha yer balansi, tuproq xaritalari, tekshiruv materiallari boshqa yer kodastr
hujjatlari bo 'yicha qabul qilinadi.
Ixtisoslashgan loyihalash yoki ilmiy tadqiqotchilik institutlari tomo-nidan
tuproq haritalariga tuzatish kiritish va erlar sifatini (ball-bonitet-larini)
o`zgartirishga doir ishlar olib borilganida bunday ma'lumotlar te-gishli ravishda
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va vilo-
yatlar hokimliklari tomonidan yer solig`ini hisoblash uchun ushbu ma'-
lumotlarni qo`llanish muddatini ko`rsatgan holda tasdiqlanishi lozim.
Yer solig`i stavkalari har yili O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi
tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpoq'iston Respublikasi va viloyatlar bo`yicha qishloq xo`jalik
yerlariga yagona yer solig`ining muvaqqat bazaviy stavkalari, ma'muriy
tumanlar
va shaharlar bo`yicha sug`oriladigan qishloq xo`jaligi yerlari uchun yagona yer
solig`ining bazaviy stavkalari, shuningdek, yagona yer solig`i muvakkat bazaviy
stavkalarning tuzatish koeffitsiyentlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yerlardan
noqishloq
xo`jalik
maqsadlarida
foydalanadigan
yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari quyidagicha guruhlangan:
1) yagona yer solig`ini to`lashga o`tmagan korxona,
tashkilot va
muassasalardan olinadigan yer solig`i stavkalari;
2) lalmikor ekinzorlar, bo`z yerlar va kup yillik kuchatzorlar uchun olinadigan
yer solig`i stavkalari;
3) cug`orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlardan olinadigan yer solig`i
stavkalari;
4) o`rmon va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmaydi-gan
boshqa yerlardan olinadigan yer solig`i stavkalari.
5) shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer so-lig`i
stavkalari;
6) qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun
korxona, tashkilot va muassasalardan olinadigan yer solig`i stav-kalari.
Qishloq xo`jaligi yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori,
yer egasi yoki
97
yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan)
taqdirda, yer solig`i erning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar
bo`yicha undiriladi.
Shaharlar va shahar posyolkalarining ma'muriy chegaralarida joylash-gan
qishloq xo`jalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig`i qishloq xo`jalik
yerlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undi-riladi.
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxs-lardan
yer solig`i uch baravar miqdorda undiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat
hokimiyati
organlarining, fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining qaroriga
muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig`i
o`rniga budjetga ijara haqi tolaydilar.
Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun
hujjatlarida belgilangan yer solig`ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan
ko'p bo`lmasligi, yerlardan qishloq xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan
taqdirda esa-bir stavkasi miqdorida bo`lishi lozim.
Yerni ijaraga olganlar hisobi, ijara to`lovi hisobini taqdim qilish, ijra to`lovini
hisoblash va to`lash yer solig`i bo`yicha belgilangan tartib bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: