554
Favqulodda vaziyatlar taʼsirida psixologik jarohatni
boshdan kechirganlarga
yordam berishning asosiy tamoyillari:
kechiktirib bo’lmaslik tamoyili jarohatlanuvchiga yordam iloji boricha tezroq
koʻrsatilishi kerakligini bildiradi;
hodisa joyiga yaqinlashish tamoyilini mazmuni shundaki, odatiy sharoitda va ijtimoiy
qurshovda o’tkazishdan iborat;
normal holat tiklanishini kutish: stress vaziyatini boshdan kechirgan shaxs bilan
normal odam bilan munosabatda bo’lgandek
gaplashish kerak, bemor kabi emas.
Normal hayot qaytishiga ishonchni qo’llab quvvatlash zarur;
psixologik taʼsir birligi tamoyili ostida shu tushuniladiki, uning manbai yo bir shaxs,
yo psixologik yordam protsedurasi hamma uchun birdek bo’lishi kerak;
psixologik taʼsir oddiyligi shuki, shikastlanuvchini jarohat joyidan olib ketishni,
yegulik, dam, xavfsiz muhit va unga tinchlanish imkonini berish kerak.
Tezkor psixologik yordam quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
-amaliy: aholiga bevosita tezkor psixologik va tibbiy yordam (zarur boʻlganda)
koʻrsatish;
-koordinatsion: maxsuslashtirilgan psixologik xizmat aloqalarini va oʻzaro
hamkorlikni ta’minlash.
Psixoterapiya va psixoprofilaktikani oʻtkazish 2 yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi
aholini sog’lom qismi bilan profilaktika ko’rinishida. Ikkinchi yo’nalish nerv psixik
buzilishlari rivojlangan shaxslar bilan psixoterapiya va psixoprofilatika
ishlarini olib
borish.
Favqulodda-ekstrimal vaziyatlarda insonda quyidagi simptomlar paydo boʻlishi
mumkin:
Alahsirash;
Gallyutsinatsiya;
Apatiya;
Harakat qoʻzgʻaluvchanligi;
Stupor;
Agressiya;
555
Qoʻrquv;
Isterika;
Nerv titrogʻi
Yigʻi.
Ushbu vaziyatda psixolog yordami birinchi navbatda nerv "razryadka"si uchun
sharoit yaratishdan iborat. Alahsirash va gallyutsinatsiya
.
Inqirozli
vaziyat insonda
kuchli stressga, kuchli nerv zoʻriqishiga, organizmda muvozanatni buzilishiga, nafaqat
jismoniy, balki psixik sogʻligʻiga ham taʼsir qiladi. Bu mavjud psixik kasallikni
zo’raytirishi
mumkin.
Alahsirashni
asosiy
belgisiga
jarohatlantiruvchini
notoʻgʻriligiga ishontirib bo’lmaydigan yolg’on tasavvurlar yoki xulosa chiqarishlar
kiradi. Gallyutsinatsiyada esa ayni damda sezgi organlariga taʼsir etmayotgan xayoliy
obyektlar mavjudligi hissini boshdan kechirish kuzatiladi (ovozlar
eshitish, yoʻq
odamlarni kp’rish, hid sezish…). Bunday holda
1)
Tezkor psixologik yordamni kutish, tibbiyot xodimlariga murojaat qiling;
2)
Soha xodimlari kelgunigacha jarohatlanuvchi oʻziga atrofdagilarga zarar
yetkazmasligini kuzatib turing. Undagi xavf tug’diruvchi predmetlarni olib
qo’ying;
3)
Jarohatlanuvchini izolyatsiyalang va bir oʻzini qoldirmang;
4)
Jarohatlanuvchi bilan tinch ovozda gaplashing. Uni gapini maʼqullang,
ishontirishga harakat qilmang.
Apatiya uzoq zo’riqishdan, samarasiz
ishdan yuzaga keladi; yoki jiddiy
omadsizlikdan, o’z faoliyati mazmunini ko’ra olish to’xtaganidan; yoki falokatga
uchragan yaqin odamini qutqarib qololmay halok bo’lganidan kelib chiqadi.
Charchoq hissi paydo bo’ladi harakat qilgisi ham, gapirgisi ham kelmaydi. Harakat va
so’z juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Qalbida bo’shlik, befarqlik,
hissiyotni
ham namoyon qilishiga kuch yo’qligi kuzatiladi. Agar insonni bu holatida yordamsiz,
ko’maksiz qoldirsa apatiya depressiya (qiynoqli og’ir) emotsiya, xulqdagi
passivlik, aybdorlik hissi, hayotdagi qiyinchilik oldida ojizlikka o’tib ketadi. Apatiya
bir
necha
soatdan
bir
necha
haftagacha
cho’zilishi
mumkin.
556
Asosiy belgilari: atrofdagilarga
befarq munosabat; tormozlanish, lanjlik; sekin, uzoq
pauzali nutq. Ushbu vaziytada:
a)
Jarohatlanuvchi bilan gaplashib ko’ring. Unga bir qancha oddiy savollar bering:
“Isming nima?”, “Oʻzingni qanday his qilyapsan?”, "Biror narsa yeysanmi?".
b)
Jarohatlanuvchini dam olish joyiga kuzatib qoʻying, qulay joylashishiga yordam
bering (oyoq kiyimini albatta yeching).
c)
Jarohatlanuvchini qo’lini ushlang yoki o’z qo’lingizni peshonasiga qo’ying.
d)
Jarohatlanuvchiga uxlab olish yoki shunchaki dam olish imkonini bering.
e)
Dam olishga imkon bo’lmasa, jarohatlanuvchi bilan koʻproq gaplashing, uni
istalgan hamkorlikdagi faoliyatga jalb qiling (aylanish, choy yoki kofe ichishga
borish, atrofdagilarga, yordamga muhtojlarga yordamlashish).
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, har qanday vaziyatda inson hayoti va qadri
birinchi darajali vazifadir. Yuzaga keladigan turli favqulodda vaziyatlar chog’ida
ularning psixologik jihatdan tayyorligi, va psixologik yordamning
kerakli vaqtda
berilishi ko’ngilsiz va ayanchli hodisalarning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: