544
ФИО автора:
Almanov Begali Mamatqulovich
– Jizzax davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) yo‘nalishi 1-bosqich
magistranti
Название публикации:
«TURKISTONDA
F.GIRS
BOSHCHILIGIDAGI
TAFTISH ISHI KOMISSIYASINING FAOLIYATI»
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘rta Osiyo va Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish
ishlarini olib borishga rahbar etib Ichki ishlar vazirligi kengashi a’zosi, Dasht
komissiyasining sobiq raisi, maxfiy maslahatchi Fyodor Karlovich Girs rahbarligida
taftish qilinishi, taftish komissiyasi raisi sifatida to‘plagan ma’lumotlarini Podsho
hukumatiga taqdim etilishi hamda O‘rta Osiyo va Turkiston general-gubernatorligi
haqidagi statistik ma’lumotlari qisqacha bayon etilgan.
Kalit so‘zlar.
“Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi” Nizom, Aleksandr III, general-
leytenant Chernyayev, imperatorning maxfiy maslahatchisi F.Girs, “O‘rta Osiyodagi
mulklarni o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus Qo‘mita”, Dasht komissiyasi, general-
adyutant graf D.Milyutin, maxfiy maslahatchi graf D.Tolstoy.
1882-1884-yillarda o‘lkani tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi
F.Girs Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ulardan 1200000 kishi erkak
ekanligini yozgan. Xuddi shu erkak aholiga harbiy xizmat majburiyatini yuklash
masalasiga to‘xtalgan podsho amaldori (F. Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga
ishora qilib, Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi.
Podsho hukumati mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar
harbiy malakalarini oshirishidan, qo‘shinlarni yevropachasiga takomillashtirishga
o‘rgatishdan va zamonaviy qurol-yarog‘lardan foydalanish mahoratini egallab
olishlaridan cho‘chir edi. Shuning uchun mahalliy aholi qulay fursat kelganda ana
shunday harbiy mahorat va zamonaviy qurollardan podsho hukumati o‘ziga qarshi
545
foydalanishidan hadiksirar edi. Mahalliy aholini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash
uchun har qanday umidni yo‘qotish, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy
jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish – Turkiston o‘lkasidagi podsho hukumati
harbiy siyosatining asosini tashkil etar edi.
49
F.Girs rahbarligidagi taftish-tekshirish ma’lumotlariga binoan, 1868-
1881-yillar mobaynida Turkiston o‘lkasi bo‘yicha kamomad, qarz 100 million so‘mni
tashkil qilgan, 1881-1891-yillarda esa bu raqam go‘yoki yana 30 million so‘mga
ko‘paygan. Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lkamizning rus davlati
oldidagi qarzi 130 million so‘mni tashkil qilgan ekan.
50
Turkiston
general-gubernatori
etib
tayinlangan
general-leytenant
M.G.Chernyayev (1882-1884) taklifi bilan 1882-yil 8-mayda imperatorning Turkiston
general-gubernatorligini taftish qilish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Taftish
ishlarini olib borishga rahbar etib Ichki ishlar vazirligi kengashi a’zosi, Dasht
komissiyasining sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F.K.Girs tayinlanadi. F.Girs 1883-
yilda taftish ishlarini tugallab, imperatorga general-gubernatorlik va unga qarashli
tashkilotlarining ahvoli to‘g‘risidagi hisobotini, “O‘lkani boshqarish to‘g‘risida”gi
nizom loyihasini tushuntirish xati bilan birga taqdim etdi. 1884-yil 21-yanvarda
imperator Aleksandr III ning ko‘rsatmasi bilan Davlat Kengashi a’zosi, general-
adyutant, graf N.Ignatev raisligida “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida”gi
Nizomning qayta ishlangan so‘nggi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya
tashkil etildi. Graf Ignatev komissiyasi tarkibiga F.Girs boshchiligidagi hay’at a’zolari,
1881-yilgi loyihani tuzganlar, Osiyo departamenti maxfiy maslahatchisi Kobeko, Bosh
shtabning Osiyo bo‘limi boshlig‘i polkovnik Ivanov, general-mayor A.N.Kuropatkin
(bo‘lajak harbiy vazir) va boshqa yuqori martabali shaxslar a’zo bo‘ldilar. Komissiya
kengashida general-leytenant Chernyayev o‘rniga tayinlangan Turkiston general-
gubernatori, general-adyutant N.O.Rozenbax (1884-1889) ham ishtirok etadi.
49
Soyibjon Tillaboyev, Akbar Zamonov O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi –XX asr
boshlari) Sharq. T.2019
50
Razzoqov A. O‘zbekiston paxtachiligi tarixi. T.: O‘zbekiston,1994. B.44
546
Chorizmning oliy doiralari tomonidan tuzilgan komissiyaning asosiy vazifasi “O‘lkani
Rossiyaga qat’iy qaram qilib qo‘yish maqsadlari va uni boshqarishda harajatlarni
kamaytirish, daromadlarni esa oshirishga, shuning bilan birga, fuqarolarni boshqarish
talablariga va joylarning shart-sharoitlariga to‘g‘ri keladigan nizom” tuzilishini amalga
oshirishdan iborat edi. Komissiya o‘z ishiga F.Girs tomonidan ishlab chiqilgan
Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi va general-leytenant Kolpakovskiy
rahbarligidagi Toshkent komissiyasiga taqdim etilgan 1881-yilgi Nizom loyihasini
hamda Turkiston ma’muriyatining oldingi barcha loyihalarining xulosalarini asos
sifatida qabul qiladi. Graf Ignatev komissiyasining “Turkiston o‘lkasini boshqarish
to‘g‘risidagi nizom loyihasi” o‘lkani boshqarish bo‘yicha tuzilgan oltinchi loyiha edi.
51
1882-1884-yillarda Turkiston o‘lkasidagi boshqaruvni atroflicha taftish qilgan
markaz vakili - imperatorning maxfiy maslahatchisi F.Girs general-gubernatorning
Rossiyadagi kasbdoshlaridan farqli o‘laroq, Turkistonda mustabid hokim ekanligi,
imperiya qonunchiligiga mutlaqo rioya qilmay, o‘zicha qonunlar chiqargani va o‘z
maylicha hukm yuritganini e’tirof qilgan edi. Harbiy gubernatorlar, sud palatasi raisi,
prokuror, okrug shtabi boshlig‘i, general-gubernator yordamchisi, general-gubernator
Kengashi o‘lka boshqaruvining muhim masalalarini o‘zlaricha hal qilgan.
52
Maxfiy maslahatchi aslzoda rus zodagonlari, harbiylari va mustamlaka
apparatida ishlab boy tajriba orttirgan amaldorlardan iborat Dasht komissiyasiga
(1865-1867) rahbarlik qilib, Turkiston o‘lkasida qanday mustamlaka tuzumini
o‘rnatish haqida imperatorga o‘z mulohazalari bitilgan loyihani yo‘llagan va rus
imperatori Aleksandr II (1856-1881) bu loyihani “O‘rta Osiyodagi mulklarni
o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus Qo‘mita” diqqatiga havola qilgan edi. Maxsus
qo‘mitadagi mo‘tabar zotlar Dasht komissiyasining Turkiston xalqlariga bergan
ta’rifiga to‘la-to‘kis qo‘shilib, uni qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar. Dasht komissiyasi
jahonga Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Yassaviy, Buxoriy, Termiziy, Amir
51
Hamdam Sodiqov, Narzulla Jo‘rayev “O‘zbekiston tarixi” Turkiston Chorizm mustamlakachiligi
davrida (1- kitоb) T.: 2011 232-b
52
O‘sha asar. 238-b
547
Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi jahon tan olgan buyuk siymolarni bergan ahli
Turkistonni “juda quyi aqliy taraqqiyot bosqichida”, bu xalqlar “huquq, ma’muriyat,
qonun nimaligini bilmaydi, uning zarariga xizmat qiladi”, degan xulosaga kelgan
edilar.
53
Turkiston aholisining Rossiya bosqinidan keyingi nufuzi va umumiy soni haqida
aniq ma’lumotlar yo‘q. Imperator Aleksandr III ning topshirig‘iga ko‘ra Turkiston
o‘lkasini taftish qilgan (1882-1884) F.Girsning aniqlashicha, Turkistonda hammasi
(erkak va ayol) bo‘lib 2406000 kishi istiqomat qilgan va shundan erkaklar soni
taxminan 1200000 kishini tashkil etgan. Manbalarning guvohlik berishicha, XX asr
boshida o‘lkada 7464100 kishi, Buxoro amirligida 2236437, Xiva xonligida esa 640
mingdan ko‘proq kishi yashagan.
54
“Umuman olganda, - deb yozgan edi Girs, - Turkiston o‘lkasining aholisi
imperiyaning boshqa qismlarida istiqomat qiluvchi musulmon aholi singari rus
hukumatiga nisbatan yaxshi munosabatda emasligini payqamaslikning iloji yo‘q.
Shubha yo‘qki, o‘zining siyosiy mustaqilligini yo‘qotib qo‘ygan xalqda o‘tmishini
eslash uning g‘olibga nisbatan bo‘lgan munosabatida yoqimsiz ta’sirini o‘tkazmay
qolmaydi. Biroq hukumatimiz bu tuyg‘uni yumshatish uchun mag‘lub xalqning
iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida ko‘p ishlarni amalga oshirdi”
55
. Imperiya Davlat
kengashida Turkiston aholisining ruslar bilan birga ta’lim olishlariga yo‘l qo‘yish
masalasi muhokama etilganda, Rossiya imperiyasi harbiy vaziri general-adyutant graf
D.Milyutin ham, xalq maorifi vaziri, haqiqiy maxfiy maslahatchi graf D.Tolstoy ham
Girsning yuqoridagi gaplariga hamohang fikrlar bildirishgan edi. Har ikki vazir ham
mahalliy aholi, xususan, o‘zbeklardan tashkil topgan hamda savdo va dehqonchilik
bilan shug‘ullanayotgan muloyim tabiati bilan ajralib turgan musulmon aholini
yoppasiga mutaassib deb atash adolatdan bo‘lmasligini qayd etishgan. Vazirlar
53
O‘zRM DA, 1-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 89-ish, 156-varaq.
54
O‘zRM DA, 1-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 26-ish, 18-varaq.
55
O‘zRM DA, 1-jamg‘arma, 12-ro‘yxat, 923-ish, 8-varaq
548
“ularning ruslar bilan birga ta’lim olishlariga ruxsat berish” mumkinligini e’tirof
etishgan.
56
1882-1884 yillarda o‘lkada taftish o‘tkazgan imperatorning haqiqiy maxfiy
maslahatchisi F.Girs o‘z hisoboti va podshohga taqdim etgan qonun loyihasida rus
burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan edi. U Turkiston dehqonlari o‘z yerlarining to‘la
xo‘jayinlari bo‘lgan holda imperiya sanoatiga xomashyo yetishtirish uchun shart-
sharoitga ega bo‘lishlarini yoqlab chiqdi. Girs tayyorlagan qonun loyihasida barcha
yerlar, yaylovlar dehqonlarga, qishloq ahliga mavjud “odat bo‘yicha har biriga alohida
ravishda va to‘la xususiy mulk sifatida biriktirilishi zarur”
57
ekanligini ta’kidladi.
Maxfiy maslahatchi F.Girs o‘zining taftish yakunlarini ifodalagan
taqdimnomasida yer-suv munosabatlariga to‘xtalib, Turkiston o‘lkasidagi har bir
qishloq uchastkalarga bo‘linadi, ularning egalari undan odat va meros yoki hujjatlarga
ko‘ra to‘la xo‘jayin sifatida foydalanadilar. Ana shu yerga egalik shaklidan xalq
mamnun ekan, bu shaklni saqlab, uni qonunan tasdiqlash kerakligini ta’kidlab o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |