532
milliardga yetgan. Shuningdek tahlillar davomida 184 mamlakatda 30-79 yoshdagi 100
milliondan ortiq odamni qamrab olgan qon bosimini va davolash ma'lumotlari tahlillari
o'tkazildi. Shunday qilib, bu hozirgi kunga qadar gipertoniya global dinamikasining
eng katta sharhidir. Shuningdek keying yillarda o’tkazilgan tahlillarga ko’ra, 1990 va
Bugungi kungacha davr oralig'ida dunyoda gipertoniya bilan kasallanishning umumiy
darajasi deyarli o'zgarmaganligini, ammo bu kasalliklar kasallanishlar yuqori
daromadli mamlakatlardan past va o'rta daromadli mamlakatlarga o'tganini aniqladilar.
Yuqori daromadli mamlakatlarda gipertoniya bilan kasallanish darajasi pasaygan va
hozirda eng past darajaga tushgan bo'lsada, ko'plab kam va o'rta daromadli
mamlakatlarda bu ko'rsatkichlar soni oshgan. [4]
Bizning mamlakatimizda ham inson qadri va uning manfatlari xatto
qonunchilikda ham belgilab qo’yilgan hisoblanadi. Bu Konistitutsiyamizning 40-
moddasida o’z ifodasini topgan hisoblanadi. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish huquqiga ega. [1]
Mamlakatimizda bu kasallikka chalinish holatlariga koʼra, 30−70 yoshdagi
aholi oʼrtasida oʼlim holatlarining 53 foizi xanuzgacha yurak-qon tomir kasalliklariga
toʼgʼri kelmoqda. Soʼnggi besh yilda yurak-qon tomir kasalliklari 20 foizga, hatto
yoshlar orasida ham koʼpaygan. 40 yoshdan yuqori aholining 20−25 foizida
gipertoniya alomatlari mavjud.Yurak qon tomir kasalliklari ichida ko’p uchraydigan
gipertoniya qon bosimi oshishi bo’lib,bu kasallikning kelib chiqish sabablariga
quyidagilarni misol qilish mumkin.
Kasallik rivojlanishiga ta’sir o’tkazuvchi omillardan asosiysi — bu kamharakat
turmush tarzidir. Yosh o’tib borgani sari insonlarda ateroskleroz rivojlanishi mumkin,
bu o’zgarish fonida qon bosimining oshishi esa vaziyatni yanada jiddiylashtirib
yuboradi. Bu hayot uchun o’ta xavfli hisoblanadi, chunki toraygan qon tomirlar orqali
miya, yurak, buyraklarning bir qismiga qonning bormay qolishi yoki yetarli bormasligi
kuzatiladi. Agar qon tomir devorlarida tromb va xolesterin to’planmalari bo’lsa, ular
kuchli bosim vaqtida ajralib, kapillyar qon tomirlarda tiqilib, qon o’tishiga to’sqinlik
533
qilishi mumkin. Gipertoniya kasalligi oqibatida miokard infarkti yoki insult yuzaga
keladi. [5]
Yana bir qancha sabablar ham bu kasalliklar rivojlanishiga sabab bo’ladi,masalan ish
faolyatidagi doimiy stress charchoq ,ruhiy zo’riqishlar noto’g’ri ovqatlanish ratsioni
yoki vaqtida ovqatlanmaslik. Organizmning imkoniyatlarini hisobga olmay vaqtida
uhlamaslik oiladagi har hil vaziyatlar kelishmovchiliklar ham bu kasallikning yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.Insonga to’satdan sodir bo’ladigan har xil voqealar ,iqtisodiy
va ijtimoiy yo’qotishlar va boshqa sabablar ham ta’sir ko’rsatadi. Kasallikning
rivojlanish sababi uzoq vaqt davomida stress va tushkunlik holatida yurish, tez-tez
psixologik zo’riqshlardir. Ko’pincha bularni doimiy emotsional taranglikni talab
etadigan ish faoliyati keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, miya chayqalishiga uchragan
bemorlarda ham kasallik rivojlanishi xavfi yuqori bo’ladi. Irsiy moyillik ham sabablar
qatorida agar kishining avlodida bu kasallik uchragan bo’lsa, unda ham ushbu kasallik
rivojlanishi xavfi bir necha barobarga ortadi.
SHuningdek, onkologiya kasalligida
ham gipertoniya kabi bemorlarning emotsional sohasiga psixologik ta’sir o’tkazish
muammolari yoritilgan.Onkologiya sohasida psixoterapiyani qo’llash,psixologiya
sohasidagi emotsiyalar haqidagi tadqiqotlarning chuqur nazariy tahlilini talab
qilmoqda.CHunki kasallikni davolashda psixologik yordam ko’rsatilar ekan,u
mustahkam nazariy asosga ega bo’lishi lozim.Emotsiya psixologiyasiga oid har bir
tadqiqot muayyan ilmiy muammolarni,amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan
bo’lib,o’z o’rnida qimmatlidir.Garchi emotsiyalar inson ruhiyatini boshqarish bilan
birga fiziologik holatga ta’sir ko’rsatib,salomatlik va kasallik chegarasida turadi.[3]
Umumiy olganda, gipertoniya rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan
iborat:
Ortiqcha vazn, metabolik kasalliklar, endokrin kasalliklar, kamharakat turmush tarzi;
Muntazam emotsional stresslar, ruhiy tushkunlik, fojeali voqealarni boshdan o’tkazish,
yaqin insonlarni yo’qotish;
534
Biznesdagi, ishdagi muammolar tufayli kuchli asabiy taranglik;
Bosh miya jarohatlari (avtohalokat, yiqilish, gipotermiya);
Yurak-tomir
tizimiga
salbiy ta’siri bor surunkali kasalliklari (qandli
diabet, podagra, revmatoid artrit);
Irsiy moyillik;
Virusli va yuqumli kasalliklar (meningit, sinusit, gaymorit);
Qon tomirlarida yosh bilan bog’liq o’zgarishlar;
Qonda xolesterin miqdorining yuqori bo’lishi, natijada qon tomir devorlarida
to’planmalar hosil bo’ladi;
Menopauza davrida bo’lgan, 40 yoshdan o’tgan ayollar (organizmning muhim
gormonal o’zgarishlari paytida ko’pincha yashirin kasalliklar rivojlana boshlaydi va
ular gipertoniya rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin);
Zararli odatlar (chekish, alkogolli ichimliklar ichish, me’yordan ortiq qahva iste’mol
qilish);
Kun davomida ko’p miqdorda tuz iste’mol qilish;
Qonda adrenalinning oshishi;
Kompyuter qarshisida uzoq vaqt o’tirish;
Ochiq havoda kam yurish va hokazlar. [5]
Sekin-asta boshlanadigan va odatda hech qanday qo'rqinchli alomatlar bilan
birga kelmaydigan arterial gipertenziya og'ir asoratlarning rivojlanishiga olib keladi va
hayot muddatini muqarrar ravishda qisqartiradi. Arterial gipertenziya hayotning
doimiy o'zgaruvchan sharoitlariga javob berishning psixologik tarkibiy qismiga ishora
qilib, "barcha kasalliklarning eng insoniysi" psixosomatik deb ataladi. Bundan
535
tashqari, gipertenziya bilan og'rigan bemorlarda individual farqlar mavjudligi aniq
bo'ladi. Yurak-qon tomir tizimi patologiyasining o'ziga xos shaklini shakllantirishda
bemorlarning shaxsiyati bilan belgilanadigan ruhiy reaktsiyalarning shaxsiy, o'ziga xos
ko'rinishlari va ruhiy reaktsiyaning umumiy, o'ziga xos bo'lmagan shakllari mavjud
bo'lib, ular asosan yurak-qon tomir tizimida namoyon bo'ladi.
Psixologlar bir qator shaxsiy xususiyatlarning (mas'uliyat, faol hayot
pozitsiyasi, hissiy beqarorlik, tajovuzkorlik yoki his-tuyg'ularni bostirish va
boshqalar), oiladagi va ishdagi nizolar bilan bog'liqligini ta'kidlaydilar. Bu muqarrar
ravishda gipertoniya bo'lgan odamlarning psixologik holatiga, xatti-harakatlariga va
tajovuzkorlik xususiyatlariga ta'sir qiladi, oilada, yaqin atrofda va jamiyatda odamning
hayotida tashvish, nizolar, ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin bo'lgan ko'plab
muammolar paydo bo'ladi. Shu bilan birga, 2 va 3 bosqichli gipertoniya bilan og'rigan
bemorlarning psixologik holatini, xatti-harakatini (mojaroli vaziyatlarda xatti-
harakatlar strategiyasini baholash) va tajovuzkorlikni har tomonlama baholashga
bag'ishlangan tizimli tadqiqotlar hozirgacha psixologlar tomonidan o'tkazilmagan.
Shunday qilib, kasallik bemorning reaktiv va shaxsiy tashvishlarini
shakllantirishga ta'sir qiladi va past stressga chidamlilik va ijtimoiy moslashuvchanlik
nizo va tajovuzkor xatti-harakatlarga yordam beradigan muhim psixologik
ko'rsatkichlardir. Bemorda bilvosita tajovuzkorlikning yuqori ko'rsatkichi tajovuzkor
reaktsiyalarning ehtiyotkorlik bilan namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Shuningdek,
tajovuzkor xatti-harakatlarning shakllanishiga oiladagi va yaqin qarindoshlar bilan
bo'lgan nizolar kabi ijtimoiy omillar ta'sir ko'rsatdi. [2]
Mazkur kasallikda bemor psixologiyasi o’ziga xos xususiyatlarda namoyon bo’ladi
.Ayniqsa bemor emotsional soxasida o’zgarishlar kuzatiladi.A.Kubekova
tadqiqotlarida gipertoniya kasalligiga chalingan bemorlar psixologiyasidagi
emotsional holatlar o’rganilgan.Bemorlarda reaktiv va shaxsiy xavotir darajasini
aniqlash uchun Spielberger-Xanin shkalasi ishlatilgan.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,yurak qon tomir
kasalliklari nafaqat tibbiyot sohasida balki psixologiyada ham keng o’rganilmoqda.
536
Yurak qon tomir tizimi kasalligi bilan og’rigan bemorlar,nafaqat tibbiy balki
psixologik yordamga ham muhtojdir. Bemor bilan yaxshi aloqa o'rnatish, bemorda
uning kasalligiga to'g'ri, adekvat munosabatni shakllantirish zarur.Bemorni
tinchlantirish stressni yengillashtirish, rag'batlantirish, tiklanishga ishonchni
ilhomlantirish zarur hisoblanadi.Bunda psixologik treninglar va metodikalar orqali
yordam ko’rsatish bilan bemorning psixologik holatini yaxshilashga xizmat qilish
maqsadga muofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |