549
ФИО автора:
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik yo’nalishi talabasi
Tursunaliyev Muhammadrizo
Название публикации:
«ABULHASAN JULLABIY ALI HUJVIRIYNING
«KASHFU-L-MAHJUB»
ASARIDA
“FAQIRLIK”
MASALASINING
YORITILISHI»
Annotasiya
Muallif mazkur maqolada tasavvufning asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan
“faqirlik” haqida so’z yuritgan. Ushbu masalani yoritishda Abulhasan Jullabiy Ali
Hujviriyning «Kashfu-l-mahjub» asaridan keng foydalangan. Maqola “faqirlik”
tushunchasini notog’ri talqin qilinishi hamda biryoqlama tushunishning oldini olishga
xizmat qiladi. Muallifning maqolani yoritishda ishinchli va mumtoz manbaga murojaat
qilishi maqolaning o’ziga xosligini belgilagan.
Kalit soz’lar:
Kashfu-l-mahjub
,
faqirlik, tasavvuf, tariqat, sufiy, maqom,
zohiriy, botiniy, haqiqat, rizo, qanoat.
Alloh Taolo faqirlarga eng ulug' darajalarni beradi. Bunday yuqori martaba
darajalar bilan faqatgina faqirlarni siylaydi. Hattoki, faqirlar zohiriy va botiniy
sabablarni tark qilishni aytadilar va hammasini to'laligicha sabab qiluvchilarga
qaytarishadi. Faqirlik ular uchun faxrga aylanadi. Shu darajada-ki, hatto qachon
ulardan faqirlik uzoqlashsa, buning uchun yig'laydilar, qachon ularga faqirlik kelsa
xursand va shod bo'ladilar. Bu holni quchoq ochib kutib oladilar.
Kunlardan bir kuni Ibrohim Adham bir kishiga ming dirham berishni buyurdilar,
shunda u kishi olishni rad etadi va shunday deydi:- Meni ismimni ming dirham bilan
faqirlar beriladigan ulug' darajalar devonidan o'chirmoqchimisiz? Aslo qabul
qilmayman!
Faqirlikda rasm ya'ni, tashqi ko'rinishning faqir bo'lishi va haqiqiy faqirlik
mavjud. Va bu ikkisini bir-birdan farqli jihatlari mavjud.
Rasmiy faqirlik bu majburiy ravishda bechora hol bo'lishlikdir.
Faqirlikning haqiqatiga keladigan bo'lsak, u ixtiyoriy ravishda shu yo'lni
tanlashlikdir. Bas kimki rasmiy faqirlikni ko'rsa, tushunsa u faqirlik ismigagina
550
suyanadi. Faqirlikni asli haqiqatini, muhtojlikdan qo'rqmaslikni anglab yetmaydi.
Kimki faqirlik haqiqatini anglab yetsa bas, u mavjudotlardan yuz buradi va foniylikdan
boqiylik tomon shoshiladi.
Aytiladiki: Kim rasmdan boshqasini ko'rmasa, ismdan o’zgasini eshitmaydi.
Haqiqiy faqir hech narsaga egalik qilmaydi. Unda vaqt oʻtishi bilan aynib
qoladigan narsa boʻlmaydi. Haqiqiy faqir sabablar mavjudligiga qaramasdan boyga
aylanmaydi va aynan sabablar bor-yoʻqligiga ham muhtoj boʻlmaydi. Haqiqiy faqir
saodatning ko'payishligida bo’lib, uning qoʻlida boy boʻlish sabablarining mavjudligi
yoki yo’qligi bir xildir. Mashoyixlar aytadilar "Faqirning holati qanday toraygani
sayin, qo'li shuncha ochiladi, saxiyligi ortadi”.
Haqiqiy faqirlik kishini mulk egalaridan hojat soʻrab murojat etishini rad etadi.
Aytiladi: Podsho bir faqirga qarata aytdi: Mendan o'z xojatingni so'ra. Faqir kishi:
o'zimning ikki qulim uchun quldan hojat so'ramayman. Podishoh: Senda qanday qilib
qul bo'lsin? Faqir: Mening ikki qulim bor, ularning ikkisi ham sizning sayyidingiz! Biri
hirs, ikkinchisi uzundan uzun orzular!
Nabiy alayhissalom aytadilar: "Faqirlik o'z ahli uchun buyukdir". O'z ahli uchun
buyuklik kasb etgan narsalar boshqalar uchun xorlik bo'ladi. Albatta faqir kishining
xorlikdan unga yetadigan jarohatlardan saqlangan bo'lishligi, xar hil narsalar unga
shikast yetkazishidan muhofazada bo'lishi, xorlik va ma’siyatni uning jasadida
bo'lmasligi, shikast va ofatlar uning holatiga ta'sir qilmasligi, haqiqatda faqirlik
buyukligining isbotidir. Chunki uning zohiriy ko'rinishi zohiriy ne'matlarga
ko'milgandir. Botini esa botiniy ne'matlar uchun oquvchi daryodir. Modomiki,
faqirning nafsi ruhoniy nafs, qalbi rabboniy nafs bo'lar ekan, unga hech qanday
maxluqot ta'sir o'tkaza olmaydi. U dunyo moli bilan boyga aylanmaydi.
Faqirlikda yana bir jihat mavjudki, u ixtiyoriy bo’lmog’I lozim. Ixtiyoriy faqirlik
inson nafsini to‘qlik va xotirjamlikka yetkazadi deb hisoblanadi. Moddiyatni birlamchi
maqsad qilmaslik, shunchaki tiriklik manbai deb bilish zarurligi uqtiriladi.
Darveshlarning nazdida faqirlik deganda qalbni moddiylikdan uzish, dunyo
ichida bo‘lsa ham dunyo uning ichida bo‘lmasligi, kambag‘allik esa haqiqiy ma’nodagi
ko‘ngilning boyligi ekani e’tirof etilgan.
551
Tasavvufda yetakchi g‘oyalardan biri hisoblangan “al-faqr” – faqirlikda hayot
kechirish tushunchasi ham aslida ilk islom davriga borib taqaladi. Qur’oni karimda ikki
marta “Allohning yuzini istab ertayu kech duo qiluvchilar” zikr qilinadi. Xususan
An’om surasi 52-oyatda “Parvardigorlariga Uning yuzini istab ertayu kech duo
qilayotganlarni haydama. Sening zimmangda ularning hisobidan biror narsa yo‘q,
sening hisobingdan ham ularning zimmasida biror narsa yo‘q. Ularni haydab
zolimlardan bo‘lib qolma!” deyilgan bo‘lsa, Kahf surasining 28-oyatida ular bilan
birga bo‘lish buyuriladi: “O‘zingni Parvardigorlariga Uning yuzini istab ertayu kech
duo qilayotganlar birga sabr ila tut. Dunyo hayoti ziynatini istab ulardan ko‘zlaringni
burma. Zikrimizdan qalbini g‘aflatda qoldirganiz va havoi nafsiga ergashib, ishi
pachava bo‘lganlarga itoat etma!” deyiladi. Imom Nasafiy “Madorik”da “ertayu kech”
iborasi bardavomlikni ifoda etishini keltirib, oyatlarda vasfi kelgan zotlar Bilol
Habashiy, Suhayb Rumiy, Ammor ibn Yosir kabi kambag‘al sahobiylar ekanini qayd
etadi. Mushriklarning boylari da’vat tinglash uchun kelganlarida kambag‘allar bilan
birga o‘tirishdan or qilib, Payg‘ambardan ulardan yuz o‘girishni so‘rashdi, u zot
mo‘minlardan yuz o‘girmasliklarini aytganlarida, bir kun ular bilan, bir kun esa
kambag‘allar bilan suhbat o‘tkazishni taklif qilishgach, ushbu oyat nozil bo‘lgani
rivoyat qilinadi . Ya’ni oyatda ochiqchasiga bu insonlar faqir ekani aytilmasa ham,
jumlaning siyoqidan va moʻtabar tafsirlardan ham ularning kambag‘allikda hayot
kechirganlari ma’lum. Bundan tashqari “Faqirlik faxrimdir, u bilan faxrlanaman”
(Tabaroniy va Daylamiy rivoyati) mazmunidagi hadis ham rivoyat qilingan. Ushbu
hadisning sanadi zaif deb topilgan bo‘lsada, tasavvuf ahli uni ko‘p bor dalil sifatida
keltirganlar. Aslida ham, ayrim sahobiylarni istisno qilganda, ularning aksari doimiy
faqirlikda kun kechirmaganlar. Bu nochorlikdan kelib chiqqan holat bo‘lib,
hadislardagi “faqr” atamasini “Allohga muhtojlik izhori” deb qabul qilmoq to‘g‘ri
bo‘ladi. Zero, Muhammad (a.s.) surasi 38-oyatdagi jumlani “Alloh boy, sizlar
kambag‘alsiz” emas, “Alloh behojatdir, sizlar esa muhtojsizlar”, deb tushunish to‘g‘ri
bo‘ladi. Payg‘ambarimiz esa ixtiyoriy “faqr”ni nazarda tutganlar deyish to‘g‘ri. U zot
bir kun och, bir kun to‘q bo‘lishni, och kunlari Allohdan yolvorib rizq tilash, to‘q
kunlari Allohga hamd va shukr qilishga qulay ekanini ta’kidlaganlari mashhur. Bu esa
552
nafs tarbiyasida o‘ta kuchli vosita hisoblanadi. Nochorlikdan emas, o‘z ixtiyori bilan
dunyodan voz kecholgan banda boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham ahamiyatsiz
holga keladi. Dunyo uning qalbiga kirib borishdan to‘siladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |