Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



549 
ФИО автора:
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
Islomshunoslik yo’nalishi talabasi 
Tursunaliyev Muhammadrizo 
Название публикации:
«ABULHASAN JULLABIY ALI HUJVIRIYNING 
«KASHFU-L-MAHJUB» 
ASARIDA 
“FAQIRLIK” 
MASALASINING 
YORITILISHI» 
Annotasiya 
Muallif mazkur maqolada tasavvufning asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan 
“faqirlik” haqida so’z yuritgan. Ushbu masalani yoritishda Abulhasan Jullabiy Ali 
Hujviriyning «Kashfu-l-mahjub» asaridan keng foydalangan. Maqola “faqirlik” 
tushunchasini notog’ri talqin qilinishi hamda biryoqlama tushunishning oldini olishga 
xizmat qiladi. Muallifning maqolani yoritishda ishinchli va mumtoz manbaga murojaat 
qilishi maqolaning o’ziga xosligini belgilagan. 
Kalit soz’lar:
Kashfu-l-mahjub
,
faqirlik, tasavvuf, tariqat, sufiy, maqom, 
zohiriy, botiniy, haqiqat, rizo, qanoat.
Alloh Taolo faqirlarga eng ulug' darajalarni beradi. Bunday yuqori martaba
darajalar bilan faqatgina faqirlarni siylaydi. Hattoki, faqirlar zohiriy va botiniy 
sabablarni tark qilishni aytadilar va hammasini to'laligicha sabab qiluvchilarga 
qaytarishadi. Faqirlik ular uchun faxrga aylanadi. Shu darajada-ki, hatto qachon 
ulardan faqirlik uzoqlashsa, buning uchun yig'laydilar, qachon ularga faqirlik kelsa 
xursand va shod bo'ladilar. Bu holni quchoq ochib kutib oladilar. 
Kunlardan bir kuni Ibrohim Adham bir kishiga ming dirham berishni buyurdilar, 
shunda u kishi olishni rad etadi va shunday deydi:- Meni ismimni ming dirham bilan 
faqirlar beriladigan ulug' darajalar devonidan o'chirmoqchimisiz? Aslo qabul 
qilmayman!
Faqirlikda rasm ya'ni, tashqi ko'rinishning faqir bo'lishi va haqiqiy faqirlik 
mavjud. Va bu ikkisini bir-birdan farqli jihatlari mavjud.
Rasmiy faqirlik bu majburiy ravishda bechora hol bo'lishlikdir. 
Faqirlikning haqiqatiga keladigan bo'lsak, u ixtiyoriy ravishda shu yo'lni 
tanlashlikdir. Bas kimki rasmiy faqirlikni ko'rsa, tushunsa u faqirlik ismigagina 


550 
suyanadi. Faqirlikni asli haqiqatini, muhtojlikdan qo'rqmaslikni anglab yetmaydi. 
Kimki faqirlik haqiqatini anglab yetsa bas, u mavjudotlardan yuz buradi va foniylikdan 
boqiylik tomon shoshiladi. 
Aytiladiki: Kim rasmdan boshqasini ko'rmasa, ismdan o’zgasini eshitmaydi. 
Haqiqiy faqir hech narsaga egalik qilmaydi. Unda vaqt oʻtishi bilan aynib 
qoladigan narsa boʻlmaydi. Haqiqiy faqir sabablar mavjudligiga qaramasdan boyga 
aylanmaydi va aynan sabablar bor-yoʻqligiga ham muhtoj boʻlmaydi. Haqiqiy faqir 
saodatning ko'payishligida bo’lib, uning qoʻlida boy boʻlish sabablarining mavjudligi 
yoki yo’qligi bir xildir. Mashoyixlar aytadilar "Faqirning holati qanday toraygani 
sayin, qo'li shuncha ochiladi, saxiyligi ortadi”. 
Haqiqiy faqirlik kishini mulk egalaridan hojat soʻrab murojat etishini rad etadi. 
Aytiladi: Podsho bir faqirga qarata aytdi: Mendan o'z xojatingni so'ra. Faqir kishi: 
o'zimning ikki qulim uchun quldan hojat so'ramayman. Podishoh: Senda qanday qilib 
qul bo'lsin? Faqir: Mening ikki qulim bor, ularning ikkisi ham sizning sayyidingiz! Biri 
hirs, ikkinchisi uzundan uzun orzular! 
Nabiy alayhissalom aytadilar: "Faqirlik o'z ahli uchun buyukdir". O'z ahli uchun 
buyuklik kasb etgan narsalar boshqalar uchun xorlik bo'ladi. Albatta faqir kishining 
xorlikdan unga yetadigan jarohatlardan saqlangan bo'lishligi, xar hil narsalar unga 
shikast yetkazishidan muhofazada bo'lishi, xorlik va ma’siyatni uning jasadida 
bo'lmasligi, shikast va ofatlar uning holatiga ta'sir qilmasligi, haqiqatda faqirlik 
buyukligining isbotidir. Chunki uning zohiriy ko'rinishi zohiriy ne'matlarga 
ko'milgandir. Botini esa botiniy ne'matlar uchun oquvchi daryodir. Modomiki, 
faqirning nafsi ruhoniy nafs, qalbi rabboniy nafs bo'lar ekan, unga hech qanday 
maxluqot ta'sir o'tkaza olmaydi. U dunyo moli bilan boyga aylanmaydi. 
Faqirlikda yana bir jihat mavjudki, u ixtiyoriy bo’lmog’I lozim. Ixtiyoriy faqirlik 
inson nafsini to‘qlik va xotirjamlikka yetkazadi deb hisoblanadi. Moddiyatni birlamchi 
maqsad qilmaslik, shunchaki tiriklik manbai deb bilish zarurligi uqtiriladi. 
Darveshlarning nazdida faqirlik deganda qalbni moddiylikdan uzish, dunyo 
ichida bo‘lsa ham dunyo uning ichida bo‘lmasligi, kambag‘allik esa haqiqiy ma’nodagi 
ko‘ngilning boyligi ekani e’tirof etilgan. 


551 
Tasavvufda yetakchi g‘oyalardan biri hisoblangan “al-faqr” – faqirlikda hayot 
kechirish tushunchasi ham aslida ilk islom davriga borib taqaladi. Qur’oni karimda ikki 
marta “Allohning yuzini istab ertayu kech duo qiluvchilar” zikr qilinadi. Xususan 
An’om surasi 52-oyatda “Parvardigorlariga Uning yuzini istab ertayu kech duo 
qilayotganlarni haydama. Sening zimmangda ularning hisobidan biror narsa yo‘q, 
sening hisobingdan ham ularning zimmasida biror narsa yo‘q. Ularni haydab 
zolimlardan bo‘lib qolma!” deyilgan bo‘lsa, Kahf surasining 28-oyatida ular bilan 
birga bo‘lish buyuriladi: “O‘zingni Parvardigorlariga Uning yuzini istab ertayu kech 
duo qilayotganlar birga sabr ila tut. Dunyo hayoti ziynatini istab ulardan ko‘zlaringni 
burma. Zikrimizdan qalbini g‘aflatda qoldirganiz va havoi nafsiga ergashib, ishi 
pachava bo‘lganlarga itoat etma!” deyiladi. Imom Nasafiy “Madorik”da “ertayu kech” 
iborasi bardavomlikni ifoda etishini keltirib, oyatlarda vasfi kelgan zotlar Bilol 
Habashiy, Suhayb Rumiy, Ammor ibn Yosir kabi kambag‘al sahobiylar ekanini qayd 
etadi. Mushriklarning boylari da’vat tinglash uchun kelganlarida kambag‘allar bilan 
birga o‘tirishdan or qilib, Payg‘ambardan ulardan yuz o‘girishni so‘rashdi, u zot 
mo‘minlardan yuz o‘girmasliklarini aytganlarida, bir kun ular bilan, bir kun esa 
kambag‘allar bilan suhbat o‘tkazishni taklif qilishgach, ushbu oyat nozil bo‘lgani 
rivoyat qilinadi . Ya’ni oyatda ochiqchasiga bu insonlar faqir ekani aytilmasa ham, 
jumlaning siyoqidan va moʻtabar tafsirlardan ham ularning kambag‘allikda hayot 
kechirganlari ma’lum. Bundan tashqari “Faqirlik faxrimdir, u bilan faxrlanaman” 
(Tabaroniy va Daylamiy rivoyati) mazmunidagi hadis ham rivoyat qilingan. Ushbu 
hadisning sanadi zaif deb topilgan bo‘lsada, tasavvuf ahli uni ko‘p bor dalil sifatida 
keltirganlar. Aslida ham, ayrim sahobiylarni istisno qilganda, ularning aksari doimiy 
faqirlikda kun kechirmaganlar. Bu nochorlikdan kelib chiqqan holat bo‘lib, 
hadislardagi “faqr” atamasini “Allohga muhtojlik izhori” deb qabul qilmoq to‘g‘ri 
bo‘ladi. Zero, Muhammad (a.s.) surasi 38-oyatdagi jumlani “Alloh boy, sizlar 
kambag‘alsiz” emas, “Alloh behojatdir, sizlar esa muhtojsizlar”, deb tushunish to‘g‘ri 
bo‘ladi. Payg‘ambarimiz esa ixtiyoriy “faqr”ni nazarda tutganlar deyish to‘g‘ri. U zot 
bir kun och, bir kun to‘q bo‘lishni, och kunlari Allohdan yolvorib rizq tilash, to‘q 
kunlari Allohga hamd va shukr qilishga qulay ekanini ta’kidlaganlari mashhur. Bu esa 


552 
nafs tarbiyasida o‘ta kuchli vosita hisoblanadi. Nochorlikdan emas, o‘z ixtiyori bilan 
dunyodan voz kecholgan banda boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham ahamiyatsiz 
holga keladi. Dunyo uning qalbiga kirib borishdan to‘siladi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish