Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet381/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
Preobrajenskiy V. S. i dr., Geografiya v menyayushemsya mire. Vek XX. M., 1997, 
274 s; Hasanov H., Oʻrtaosiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriyev M., Oʻrta 
Osiyo tabiiy geografiney, 2-nashr, T., 1968.
 


996 
ФИО авторов:
Boymatov Said Boboqulovich 
Chirchiq Davlat pedagogika instituti talabasi 
Rejabov Muxriddin Yuldosh o’g’li
Chirchiq Davlat pedagogika instituti talabasi 
Vapayev Utkir Alisher o’g’li
Chirchiq Davlat pedagogika instituti talabasi 
Ergashev Xasan Bobomurodovich 
Chirchiq Davlat pedagogika instituti talabasi 
Название публикации:
«TABIIY GEOGRAFIYA» 
Annotatsiya: 
Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan yaratilgan. 
Ilmfan, maʼrifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, yaʼni gʻarbda Oʻrta dengiz 
boʻylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shim.da Orol dengizi kengliklaridan 
jan.da Arabiston dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan Sharq 
olamida rivojlana boshladi. 
KALIT SO’ZLAR: 
Tabiiy geografiya, umumiy tabiiy geografiya, tarixi, nazariy 
asoslari, geografik qobiq, aylanma harakatlar, zonallik va azonallik, va boshqalar.
KIRISH 
Tabiiy geografiya
- Yerning geografik kobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy 
kismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini 
ham) oʻrganuvchi fan; tabiatshunoslik fanlarining muhim tarmoklaridan biri. Tabiiy 
geografik majmualarnkng makon va zamonda obʼyektiv mavjudligini eʼtirof etish T.g 
.ni eng muhim metodologik tamoyillaridan biri. Geografik qobiqning murakkab 
tuzilishi va xususiyatlari uni har tomonlama tadHiq qilishni, yaʼni bir butun hamda 
alohida komponentlar boʻyicha ham va undagi kattakichik tabiiy geografik majmualar 
boʻyicha ham tadqiq qilishni taqozo etadi. Bu, oʻz navbatida, T.g .ning tarmoqlanishiga 
olib keladi. Hozirgi kunda T.g .ning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy yer 
bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy geografiya 
(iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va h.k.). 
Tarixi.
Dastlabki geografik 


997 
tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—547 yillar), Anaksimandr (mil. av. 
610—347 yillar), Miletlik Gekatey (mil. av. 546—480 yillar), Gerodot (mil. av. 486—
425 yillar), Platon (mil. av. 427—347 yillar), Aristotel (mil. av. 384—322 yillar)ning 
tabiat falsafasi yoki tarixga oid asarlarida uchraydi. "Geografiya" nomli birinchi ilmiy 
asar Eratosfen (276—194 yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar oʻz davrigacha 
toʻplangan geografik maʼlumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki 
namunasi boʻlgan. Yunon olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud boʻlgan 
matematik geogr., mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geogr. kabi 
yoʻnalishlarga asos solingan edi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda fan va madaniyat 
tez surʼatlarda rivojlandi, yuzlab ilmfan namoyandalari, olimlar yetishib chikdi. 
Ulardan Movarounnahr va Xuroson olimlari yetakchi oʻrinlarni egallagan. Oʻsha 
davrda yashab, ijod qilgan va jahon fanida oʻchmas iz qoldirgan Muhammad ibn Muso 
alXorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Jayhoniy, Abu Zayd va Abu Maʼshar Jaʼfarlar, Abu 
Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy kabilar shunday olimlardan. Ular Yer meridiani 
uzunligini aniklash, joylarning geografik koordinatalari jadvallarini tuzish, geofafik 
xaritalar tuzish, ayrim geografik hodisa va jarayonlarning sabablarini izohlash, turli 
mamlakatlar tabiatini tasvirlab yozish ishlarini davom ettirdilar. Koʻpgina tarixiy 
geografik va astronomikgeofizik asarlar yoziddi. Oʻrta asrlardagi Sharq olimlarining 
geografik merosi I.Yu.Krachkovskip, gʻ.Hasanovl&r tomonidan taxlil qilingan. T.g 
.ning rivojlanishi tarixida 15—16-asrlarda Yevropadagi Uygonish davri bilan bogʻliq 
boʻlgan Buyuk geografik kashfiyotlar muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻsha vaqtda 
yangi yerlarning yevropaliklar uchun maʼpum boʻlishi tabiatshunoslikning , shu 
jumladan, T.g .ning taraqkiyoti uchun ham turtki boʻldi. Insonlarning geografik 
tasavvur doirasi ancha kengaydi. Oʻsha davrda Movarounnahrda Hofizi Abroʻ, 
Gʻiyosiddin Naqqosh,Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulugʻbek, Bobur, Muhammad 
Haydar Mirzo kabilar oʻz asarlari bilan tasviriy geografiyaning rivojiga munosib hissa 
qoʻshdilar. T.g .ning tarixidagi yana bir muhim bosqich 19-asrning 1yarmidan 20-
asrning 60y.larigacha davom etib, yangi ilmiy T.g .ning shakllanishi bilan tavsiflanadi. 
Bu davrning boshlanishi nemis tabiatshunosi A. Gumboldt asarlariga borib taqaladi. 
Uning buyuk xizmati tabiat komponentlari orasidagi oʻzaro aloqadorlikning taxlili 


998 
geogr. fani uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini ochib berishda edi. T.g .dagi bu 
gʻoya keyinchalik V. Dokuchayev, L.S.Berg , A. Grigoryev, SV.Kalesnik va boshqa 
tomonidan rivojlantirildi. Natijada Yerning geografik qobigʻi, tabiiy geografik 
kompleks va landshaft haqidagi taʼlimotlar yuzaga keldi. Bir qancha tabiiy geografik 
qonuniyatlar aniqlandi, yangi izlanish metodlari yaratildi, ilmiy ekspeditsiyalar 
uyushtirildi. Joylarning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarini oʻrganish ishlari 
jadallashdi. Sharqiy Yevropa tekisligi, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Sibir va Uzok, Sharq 
regionlarining tabiati va tabiiy resurslari haqida yirik ilmiy asarlar yuzaga keldi. Shular 
qatorida Oʻrta Osiyoda izlanishlar olib borgan tabiatshunos olimlar N.A.Dimo, R.I. 
Abolin, 
D. 
N. 
Kashkarov, 
Ye.P.Korovin, 
KZ.Zokirov, 
I.A.Raykova, 
N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkinlarning ishlari ahamiyatli boʻldi. 20-asrning 
oʻrtalaridan boshlab T.g . tadqiqotlarining , geografik muassasa va ilmiy markazlarning 
koʻlami yanada ortdi. Geograflar soni ham oshdi, yangiyangi ilmiy yoʻnalishlar 
shakllandi. Jumladan, geofizika, geokimyo, ekologik yoʻnalishlar rivojlandi. Yangi 
ilmiy tushunchalar (geografik fazo, Yerning landshaft qobigʻi, landshaftlar 
morfologiyasi, antropogen landshaft va h.k.) hamda geografik krnuniyatlar (landshaft 
qobigʻining mozaikligi, diskretligi, geografik zonallikning davriylik qonuniyatlari, 
qutbiy asimmetriya) vujudga keldi. 7abiiy geografik rayonlashtirish ishlari yangi 
bosqichga koʻtarildi. Uning nazariy asoslari, metodlari takomillashdi. T.g . konstruktiv 
bosqichga oʻtdi. Tabiiy komponentlarni amaliy maqsadlarda baholash, ularning 
taraqqiyot yoʻnalishlarini aniklab, kelajakdagi oʻzgarishlarini bashoratlash tamoyillari 
va metodlari ishlab chiqildi. Oʻzbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha 
kengaydi. Tanikli olimlar L.S.Babushkin, O.Yu.Poslavskaya, N.A.Kogay, M. Qoriyev, 
N.D.Dolimov, H. Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.Gʻulomov, 
A.Saidov, Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, 
Sh.Ergashev, I.Hasanov, I.Abdugʻaniyev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qoʻshildi. Ular 
Oʻzbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini tadqiq 
qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy geografik 
majmualarning rivojlanish yoʻnalishlarini aniklash va bashoratlash ishlarida samarali 
mehnat qidsilar. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish