Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Chet el valutasini yashirish 
— bu chet el valutasidagi mablag‘larni 
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankida yoki boshqa vakolatli 
subyektida
1
saqlash majburiyatini bajarmaslikdan iborat bo‘lib, oddiy 
harakatsizlik, chet el valutasini xorijdan O‘zbekiston Respublikasining 
vakolatli bankiga o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma bermaslik, bank 
hujjatlarini imzolamaslik, xorij valutasini xorijiy bankdagi hisob raqamida 
saqlash kabi yo‘llar bilan sodir etiladi
2

Shuningdek, xorijiy valutani yashirish faol harakatlar, masalan, uni 
boshqaga o‘tkazish, kelib tushgan foydani pasaytirib ko‘rsatish, 
mablag‘larni boshqa hisob raqamga o‘tkazish, yashirish kabilar orqali 
sodir etilishi mumkin
3

Naqd chet el valutasini 
yashirish 
deganda, olingan naqd mablag‘larni 
belgilangan muddatda xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirmaslik, tovar va 
mahsulot sotish joylarida tegishli tarzda buxgalterlik va boshqa hujjatlar 
bilan rasmiylashtirilmagan mablag‘lar mavjudligi tushuniladi. 
Xorijiy valutani yashirish mablag‘larni bankdagi hisob raqamiga o‘z 
vaqtida o‘tkazmaslik yoki to‘liq o‘tkazmaslikda ifodalanishi mumkin. 
Bankdagi hisob raqamiga o‘z vaqtida o‘tkazmaslik 
deganda, amalga 
oshirilgan operatsiyalar natijasida olingan chet el valutasini O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilmagan 
holda o‘tkazilishi tushuniladi. 
Bankdagi hisob raqamiga to‘liq o‘tkazmaslik 
deganda, amalga 
oshirilgan xo‘jalik faoliyati va boshqa operatsiyalar natijasida kelib 
tushgan xorijiy valutaning foizlar, dividendlar va boshqa daromad 
ko‘rinishida amalda olingan valuta mablag‘lariga muvofiq bo‘lmagan 
1
Масалан, хорижий банкда — Ўзбекистон Республикаси Марказий банки томонидан чет элда ҳисобварақлар 
очиш учун рухсатнома берилган ҳолда.
2
Чет элда ҳисобварақлар очиш учун рухсатнома йўқлигида.
3
Қаранг
:
Хўжалик юритувчи субъектлар томонидан хорижий валютадаги тушумни мажбурий сотиш тартиби 
(Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2000 йил 29 июндаги 245-сон қарорига 1-илова), 20-банд 
// Ўзбекистон Республикаси ҳукумати қарорлари тўплами, 2000 й., 6-сон, 33-модда; Ўзбекистон Республикаси 
қонун ҳужжатлари тўплами, 2001 й., 6-сон, 31-модда, 12-сон, 78-модда, 13-сон, 90-модда; 2002 й., 1-сон, 7-
модда, 19-сон, 150-модда, 22-сон, 180-модда; 2003 й., 1-2-сон, 11-модда, 12-сон, 95-модда, 14-сон, 115-модда, 
15-16-
сон, 129-модда, 19-сон, 178-модда, 19-сон, 181-модда; 2004 й., 3-сон, 31-модда; 2005 й., 32-33-сон, 246-
модда, 32-33-сон, 252-модда; 2006 й., 46-47-сон, 458-модда; 2007 й., 37-38-сон, 385-модда; 2008 й., 52-сон, 515-
модда; 2009 й., 7-сон, 69-модда, 10-11-сон, 115-модда.
122 


hajmda o‘tkazilishi tushuniladi. 
Jinoyatni baholash uchun aybdor valuta mablag‘larini vakolatli bankdagi 
hisob raqamiga o‘tkazish majburiyatini qaysi yo‘l bilan bajarmaganligi 
ahamiyatga ega. 
Chet el valutasini yashirish jinoyati soliq va boshqa to‘lovlarni 
to‘lashdan bosh tortish bilan amalga oshirilsa, shaxsning xattharakatlari 
Jinoyat kodeksining 
178
- va 184-moddalari bilan jinoyatlar jami tariqasida 
kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoyat chet el valutasi yashirib qolingan, ya’ni uni vakolat berilgan 
banklardagi hisobvaraqlarga o‘tkazish uchun belgilangan muddat tugagan 
yoxud chet el valutasi qisman o‘tkazilgan va qolgan summa yashirib 
qolingan paytdan e’tiboran 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish