qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa mablag‘ tushumlari.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar
(keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) chet el valutasidagi tushumni
majburiy tartibda sotadilar. Korxonalar majburiy sotishni tovarlar va
xizmatlar eksportidan olingan chet el valutasidagi tushumdan amalga
oshiradi.
Bunda eksport qilingan
tovarlar va xizmatlar uchun
chet el valutasidagi
tushum
deganda, korxonalarning vakolatli banklardagi hisob raqamlariga
va kassalariga tovarlar va xizmatlarni eksport qilishdan tushgan chet el
valutasidagi pul mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda tushum deb ataladi)
tushuniladi. Bunda:
—
vositachilik faoliyatidan daromad oluvchi korxonalar uchun majburiy
sotish maqsadlari uchun chet el valutasidagi tushum deganda, bajarilgan
bitishuvlar bo‘yicha olingan vositachilik haqi (foizlar) miqdori
tushuniladi;
—
banklar bo‘yicha chet el valutasidagi tushum deganda, vositachilik
haqi ko‘rinishida olingan mablag‘lar, vakolatli banklarning xorijiy
banklardagi hisob raqamlari bo‘yicha qo‘shilgan foizlar, shuningdek,
banklar tomonidan norezidentlardan olingan xorijiy valutadagi boshqa
daromadlar (maslahat xizmatlari ko‘rsatishdan olingan daromadlar,
olingan jarimalar, penya va hokazolar) tushuniladi;
—
chet elda loyiha-qidiruv, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash va
otaliq-montaj ishlarini, shuningdek, qurilgan obyektlarni mukammal
tuzatish,
rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik tekshirish
ishlarini amalga oshiruvchi, qurilgan obyektlardan foydalanish va kadrlar
tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar bo‘yicha chet el
valutasida
ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish loyiha qiymati
miqdorining mazkur kontraktlar bo‘yicha valuta xarajatlaridan ortiq
bo‘lishi tushuniladi. Bunda chet el valutasidagi tushumni majburiy sotish
bo‘yicha hisobkitoblar kontraktlar bo‘yicha ishlar (ishlarning bosqichlari)
tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi, bu tegishli hujjatlar va to‘lov
hujjatlari bilan tasdiqlanadi;
—
sug‘urtalovchilar bo‘yicha chet
el valutasidagi tushum deganda,
sug‘urta (qayta sug‘urta) muddati tamom bo‘lgandan keyin sug‘urta tovoni
119
to‘lovi, vositachilik va agentlik to‘lovlari chiqarib tashlangan holda
hisoblab chiqilgan sug‘urtalanuvchilar (qayta sug‘urtalanuvchilar)ning
to‘lovlarini sug‘urta qilish sifatida olingan mablag‘lar, shuningdek,
faoliyatning boshqa turlaridan olingan xorijiy valutadagi boshqa tushumlar
tushuniladi. Xorijiy sug‘urta kompaniyalari bilan operatsiyalar amalga
oshirilgan taq- dirda chet el valutasidagi tushum deganda, sug‘urta (qayta
sug‘urta) muddati tamom bo‘lgandan keyin xorijiy qayta sug‘urtalovchiga
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mablag‘; sug‘urta tovoni to‘lovi; vositachilik va
agentlik to‘lovlari chiqarib tashlangan holda hisoblab chiqilgan
sug‘urtalanuvchilarning sug‘urta to‘lovlari sifatida olingan mablag‘lar
tushuniladi;
—
O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududida olib kelinadigan xom
ashyoni qayta ishlash yoxud bojxona nazorati
ostida qayta ishlash
yuzasidan kontraktlar bo‘yicha xorijiy valutadagi tushum deganda,
rezidentlar tomonidan xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha norezidentlarga
ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati tushuniladi
1
.
Ichki valuta bozorida sotib olingan chet el valutasi
— bu
O‘zbekiston
Respublikasi valuta birjasida sotib olingan chet el valutasidagi pul
mablag‘laridir. Qonunchilikka muvofiq, sotib olingan valuta ushbu
mablag‘larni sotib olgan shaxsning vakil bankidagi maxsus hisob raqamiga
o‘tkazilishi kerak. Ushbu mablag‘lar chet
el valutasini sotib olishda
ko‘rsatilgan maqsadlarga ishlatiladi.
Birjadan tashkari valuta bozorida operatsiyalar o‘tkazish uchun kafolatli
banklar o‘z mijozlariga maxsus valuta hisob raqamlari ochadi, ushbu hisob
raqamlariga valuta bozorida sotib olingan xorijiy valuta o‘tkaziladi.
Maxsus valuta hisob raqami ochmasdan bank mijozi tomonidan chet el
valutasi xarid qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Maxsus valuta hisob raqamiga,
shuningdek, mazkur hisob raqamidan
ilgari chiqarilgan va
1
Қаранг
:
Хўжалик юритувчи субъектлар томонидан хорижий валютадаги тушумни мажбурий сотиш тартиби
(Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2000 йил 29 июндаги «Биржадан ташқари валюта
бозорини янада ривожлан- тириш ва мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 245-сон қарорига 1-илова),
2-
банд // Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати қарорлари тўплами, й., 6-сон, 33-модда; Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, й., 6-сон, 31-модда, 12-сон, 78-модда, 13-сон, 90-модда; 2002 й., 1-
сон, 7-модда, 19-сон, 150-модда, 22-сон, 180-модда; 2003 й., 1-2-сон, 11-модда, 12-сон, 95-модда, 14-сон, 115-
модда, 15-16-сон, 129-модда, 19-сон, 178-модда, 19-сон, 181-модда; 2004 й., 3-сон, 31-модда; 2005 й., 32-33-сон,
246-
модда, 32-33-сон, 252-модда; 2006 й., 46-47-сон, 458-модда; 2007 й., 37-38-сон, 385-мод- да; 2008 й., 52-сон,
515-
модда; 2009 й., 7-сон, 69-модда, 10-11-сон, 115-модда.
120
foydalanilmagan yoki qaytarilgan valuta ham o‘tkaziladi.
Maxsus valuta hisob raqamlariga qo‘shib qo‘yilgan mablag‘lar
korxonalar va tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalarga muvofiq
qat’iyan maqsadli ravishda sarflanadi
1
.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, quyidagi hollarda
Do'stlaringiz bilan baham: