Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

177-moddasi 4-qismi
da rag‘batlantiruvchi norma nazarda 
tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2000 йил 28 апрел- даги «Валюта 
қимматликларини қонунга хилоф равишда олиш ёки ўтказишга доир ишлар юзасидан суд амалиёти 
тўғрисида»ги 8-сонли қарори (Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-
сонли қарорига асосан киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар билан) // Тўплам, 2-жилд. — 21-б.
116 


etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va jinoyatni 
ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. 
4-§. Chet el valutasini yashirish
 (JK 178-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita obyekti
iqtisodiy resurslarni shakllantirishning 
respublikada belgilab qo‘yilgan tartibidir. Ya’ni, O‘zbekiston 
Respublikasida vakolatli banklar hisobvaraqlaridan ro‘yxatdan o‘tishi 
kerak bo‘lgan chet el valutasini belgilangan subyektlar tomonidan 
o‘tkazish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar va iqtisodiy resurslarni 
shakllantirishning respublikada belgilab qo‘yilgan tartibidir. 
Jinoyat predmeti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ko‘ra, 
vakolatli banklar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi shart bo‘lgan chet el 
valutasi, ya’ni: 

chet el davlatida erkin muomalada bo‘lgan va to‘lov vositasi sifatida 
qabul qilinadigan banknot shaklidagi chet el valutasi; 

chet eldagi hisob raqamida turgan chet el valutasi yoki xalq- aro pul 
birliklari hisoblanadi. 
Vakolatli banklar 
deganda, chet el valutasida operatsiyalarni amalga 
oshirish uchun belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining bosh, ichki litsenziyasini olgan holda bank faoliyatini 
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, xorijiy banklar vakolatxonalari yoki 
filiallari tushuniladi
1

Valuta qimmatliklarini ushbu jinoyat predmeti deb topish uchun yana bir 
asos — bu ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvarag‘iga 
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklari tomonidan o‘tkazilishi 
shartligidir. 
O‘zbekiston Respublikasi «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi 
1
Қаранг:
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги «Валютани тартибга солиш тўғрисида»ги 841-
ХП-сон Қонуни (Янги таҳрири) (Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 11 декабрдаги 556-11-сон «Валютани 
тартибга солиш тўғри- сида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартишлар ва қўшимчалар киритиш 
ҳақида»ги Қонуни билан тасдиқланган), 11-модда; Тижорат банкларига чет эл валютасида операцияларни 
амалга ошириш учун лицензиялар бериш қоидалари (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 
1998 йил 3 августда 463- сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган, Ўзбекистон Республикаси Марказий банки 
томонидан 1998 йил 28 мартда 31-сон билан тасдиқланган), 2-банд // Ўзбе- кистон Республикаси вазирликлари, 
давлат қўмиталари ва идораларининг меъёрий ҳужжатлари ахборотномаси, 2001 й., 16-сон, Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 13-сон, 162-модда.
117 


Qonunining 16-moddasiga muvofiq, «Rezident yuridik shaxslar tomonidan 
olinadigan chet el valutasi, shu jumladan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
eksportidan olingan valuta tushumi, agar O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqacha qoida belgilagan bo‘lmasa, ularning vakolatli 
banklardagi hisobvaraqlariga o‘tkazilishi shart. 
Rezident yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi 
banklarda 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
belgilangan tartibda milliy valutada va chet el valutasida hisobvaraqlar 
ochishga hamda ulardan foydalanishga haqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslari, diplomatiya 
va boshqa vakolatxonalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
tashkilotlarining chet eldagi, xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan 
shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasidan 
tashqarida hisobvaraqlar ochishiga hamda bu hisobvaraqlardan 
foydalanishiga ularning faqat xorijda bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi 
davrida yo‘l qo‘yiladi. Ularning chet elda bo‘lishi yoki faoliyat ko‘rsatishi 
tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim, hisobvaraqlardagi mablag‘larning 
qoldiqlari esa O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkaziladi». 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish